Boris Kamenev
Boris Dmitriyevich Kamenev (1912.7.7, Orenburg – 1957.2.10, Nukus) – teatr rassomi. Oʻzbekistonda (1957) va Qoraqalpogʻistonda (1944) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. 20-yillardan Toʻrtkoʻl shahrida yashagan. 1933-yildan Qoraqalpoq davlat teatrida rassom, 1943-yildan bosh rassom. Kamenev qoraqalpoq teatrining shakllanishiga hissa qoʻshgan. U teatr spektakli ruhiga mos muhitni yorqin va aniq, maishiy hayotni real aks ettirgan dekoratsiyalar yaratishga intilgan. „Suymaganga suykanma“ (1945, yangi varianti – 1956), „Amudaryo sohilida“ (1949), „Amerika ovozi“ (1950), „Berdaq“ (1951), „Oʻgʻirlangan baxt“ (1954), „Oshiq Gʻarib“ (1955) va b. spektakllarni bezadi; portretlar (akademik Sh. Musayev, 1950; baxshi J. Shomuratov, 1953; shoir Berdaq, 1957) yaratgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1967).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |