Kontent qismiga oʻtish

Boriy Alixanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alixanov Boriy
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Mansab davri
2020-yil
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 8-iyun 1961-yil (1961-06-08) (63 yosh)
Toshkent Oʻzbekiston SSR, SSSR
Maʼlumoti Toshkent Politexnika institutini

Alixanov Boriy Batirovich (1961-yil, 8-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) ― Oʻzbek siyosatchisi, 2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Ekologik partiyasining rahbari, 4-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputati boʻlgan. 2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi[1]. Iqtisod fanlari nomzodi [2].

1983-yilda Toshkent Politexnika institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. U oʻzining siyosiy faoliyatini 90-yillarda boshlagan, 2005-yil maygacha u Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, 2005-yil mayidan ushbu davlat tuzilmasining raisi boʻlgan. 2009-yil avgustda u Oʻzbekiston Ekologik harakati markaziy kengashi (etakchisi) ijroiya qoʻmitasi raisi etib saylandi. 2009/2010 va 2014/2015-yillardagi parlament saylovlaridan keyin harakat rahbari sifatida qoldi. 2010-yil 22-yanvardan buyon Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining beshta oʻrinbosaridan biri. 2019-yil yanvar oyida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tashkil etilgandan soʻng, u uning rahbariga aylandi va Oʻzbekistonning yangi parlamentiga saylandi[3][4]. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20-oktabrdagi farmoni bilan Boriy Batirovich Alixanov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib tayinlandi.

2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan[5].

  1. „Boriy Alixonov va Narimon Umarov senator bo‘ldi Qaralgan sana=3.09.2024“ (kun.uz).
  2. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-aprel.
  3. https://uz.sputniknews.ru/20201021/Shavkat-Mirziev-naznachil-dvukh-novykh-senatorov-15227102.html
  4. arxiv nusxasi, 2021-04-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-24
  5. „"O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni“ (2024-yil 24-avgust).