Borjomi (shahar)
Qiyofa
Borjomi — Gruziyadagi shahar. Kura va Borjomi daryolari qoʻshiladigan yerda, dengiz sathidan taxminan 800 m balandlikda. Aholisi 10,546 kishi (2014). Yozi issiq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 19°), qishi moʻtadil (yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 3°); yiliga 595 mm yogʻin tushadi. Yirik balneologik va iqlimiy kurort, temir yoʻl tuguni. Borjomida mineral suvni boshqa shaharlarga yuborish uchun butilkalarga quyish zavodi, teatr va oʻlkashunoslik muzeyi bor.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |