Kontent qismiga oʻtish

Boshqird

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Boshqird — 1) boshqirdlar millatiga mansub kishi; 2) oʻzbeklarning qipchoq, jaloyir qabilalari tarkibiga kirgan bir urugʻning nomi. Fargʻona vodiysi va Surxondaryo viloyatida "Boshqird qishloq" deb ataladigan qishloqlar ham uchraydi. Hasan Ato Abushiyning "Turkiy qavmlar tarixi" asari (1909)da keltirilishicha, Boshqoʻrd atamasi "Bosh uygʻur" yoxud "Boshqutir" soʻzidan olingan. Kamoliddin Binoiy "Shayboniynoma" asarida 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida Sirdaryoning oʻrta havzasida yashagan turkiy qabilalar orasida bachkirdlarni ham sanab oʻtgan. 92 oʻzbek urugʻi toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi "Asomiyi navodu du firqayi oʻzbek"da bachqirlar nomi ham keltirilgan. Fargʻona viloyatida Bochqir nomli qishloq boʻlib, K. Shoniyozovning fikricha, 18-asrda shu qishloqda B.lar yashaganlar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil