Kontent qismiga oʻtish

Boshqizilsoy rasmlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Boshqizilsoy rasmlari — qadimiy va ilk oʻrta asrlarga mansub qoyatosh rasmlari. Chatqol tizmasi (Oʻzbekiston)ning jan.gʻarbiy yon bagʻridagi Boshqizilsoy dara qoyatoshlariga ishlangan. Toshkent shahridan 70-80 km sharqda, Toshkent viloyati Parkent tumani hududida. 1934-yilda A. Mirmuhamedov topgan, A. Kabirov oʻrgangan (1966, 1971—72). 400 dan ortiq rasmlarning asosiy qismi miloddan avvalgi 61-asrlarga mansub; 18-asrlarga oid rasmlar ham uch^ raydi. Boshqizilsoy rasmlari sharpa va soya usulida oʻyib ishlangan boʻlib, unda chorvachilik, ovchilik, diniy marosim koʻrinishlari, qoplonning togʻ echkilariga hujumi, yilqilarni qoʻraga qamash kabi manzaralar aks ettirilgan. Shuningdek odamlar, hayvonlar (ot, qoplon, togʻ echkisi, arhar, bugʻu, toʻngʻiz, it, boʻri), gardish shaklidagi quyosh ramzi va boshqa oʻziga xos tarzda tasvirlangan.