Botirbek Toʻrazoda
Botirbek Bekturdi oʻgʻli Toʻrazoda (1976-yil 18-yanvar, Oʻzbekiston SSR, Xorazm viloyati, Bogʻot tumani) — oʻzbek agronomi va siyosatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997-yil Botirbek Toʻrazoda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutining agronom fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1992-yilda Bog‘ot shahridagi to‘qimachilik fabrikasining taʼminot bo‘limida yuk tashuvchi sifatida boshlagan. 1998-2001-yillarda — „Tuproqqala Avtoxizmat“ OAJda hisobchi boʻlib ishlagan, 2001-2003-yillarda esa xususiy tadbirkor. 2003-yilda yana „Tuproqqala Avtoxizmat“ OAJda hisobchi lavozimida ishlay boshladi. 2004-yildan — „To‘razoda Botirbek“ xususiy korxonasiga rahbarlik qilib keladi[1].
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis IV-chaqiriq Qonunchilik palatasiga saylangan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi etib tayinlangan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ТУРАЗОДА Батирбек Бектурди угли | TsentrAziya“. centrasia.org. 2022-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-yanvar.
- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2022-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-yanvar.