Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Fayl:.jpg | |
Xalqaro nomi |
Samarkand Institute of Veterinary Medicine |
---|---|
Shiori | Tibbiyot insonni, veterinariya insoniyatni davolaydi |
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 2018-yil |
Rektori | Yunusov Xudoynazar Beknazarovich |
Fakultetlar | 6 |
Talabalari | 5272 |
Bakalavriat | 4 yil |
Magistratura | 2 yil |
Doktorantura | 3 yil |
Akademiklari | 1 ta |
Fan doktorlari | 102 ta |
Professorlari | 32 ta |
Manzili |
77-uy, , Samarqand , Oʻzbekiston |
Veb-sayti | ssuv.uz |
Samarqand Davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti — Veterinariya va biotexnologiya sohasida professional kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy ishlarni olib borish boʻyicha respublikaning tashabbuslarini amaliy roʻyobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan oliy taʼlim muassasasi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti agrar soha boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti boʻlib, 1929-yilda Oʻzbekiston davlat paxtachilik instituti va Oʻzbekiston zooveterinariya instituti bazasida tashkil etilgan. 1933-yildan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi instituti, 1961-yildan hozirgi nomda. Institut tarkibida (2004): agronomiya, injenerlik, veterinariya, zootexniya, qorakoʻlchilik, iqtisodiyot, kasbiy taʼlim ftlari va magistratura boʻlimi, 40 ga yaqin kafedra bor. 1995-yildan Respublika litseyinternati faoliyat koʻrsatadi (2004-yilda 222 oʻquvchi taʼlim oldi). Institut krshida maxsus vivariy, dala uchastkalari, oʻquv tajriba xoʻjaligi, parrandachilik boʻyicha mikroferma, veterinariya poliklinikasi, jahon qorakoʻl teri namunalari maxsus muzeyi, institut muzeyi, ilmiy kutubxona (530 mingdan ortik, asar) mavjud. 2003/04 oʻquv-yilida Institutda agronomiya, seleksiya, agrokime va tuproqshunoslik, mevasabzavotchilik, uzumchilik, qorakoʻlchilik, veterinariya, zootexniya, buxgalteriya hisobi, iqtisodiyot, muhandismexanika, teri va moʻyna texnologiyasi va boshqa mutaxassisliklar boʻyicha 3768 talaba oʻqidi, 283 oʻqituvchi, shu jumladan, 31 fan doktori va professor, 155 dotsent va fan nomzodi ishladi. Institut tashkil topgandan beri 30 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi. Aspiranturasi, dissertatsiyalar himoyasi boʻyicha 2 ixtisoslashgan ilmiy kengash bor. Oʻz bosmaxonasiga ega. Darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va „Ilmiy ishlar toʻplamlari“ nashr etadi.[1]
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining „Veterinariya meditsinasi“ institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq 2018-yil 8-mayda tashkil topgan [2]
Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Taʼlimning tegishli yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlarni yaratish, yosh talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, veterinariya sohasida taʼlim tizimiga yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari tajribasini joriy qilish;
- Veterinariya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi taʼlim dasturlarini hamda oʻqitishning innovatsion shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
- istiqbolli yosh bitiruvchilarni chet el oliy taʼlim muassasalariga va ilmiy-tadqiqot markazlariga magistratura hamda doktoranturada oʻqishga muntazam ravishda yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, pedagogik texnologiyalar va oʻqitish uslublarini faol takomillashtirish;
- taʼlim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
- Veterinariya sohasi obyekt va subyektlari mutaxassislarini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
- yetakchi respublika va xorijiy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni, jumladan, ularning mutaxassis hamda ekspertlarini oʻqitish va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish jarayonlariga jalb qilish orqali rivojlantirish, Veterinariya sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar tashkil etish.
Maqomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Institut oliy taʼlim muassasasi — yuridik shaxs shaklidagi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga ega, oʻz majburiyatlari boʻyicha tasarrufidagi pul mablagʻlari va mol-mulk bilan javob beradi;
- Universitetda oʻquv-metodik rahbarlik va taʼlim jarayonini yuritish ilgʻor innovatsion hamda ilmiy-pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya qoʻmitasi tomonidan taʼminlanadi;
- Institut 2019/2020 oʻquv-yilidan Toshkent va Andijon viloyatida filiallar ochishni rejalashtirgan;
- Institutda oʻqish oʻzbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi;
- Institut bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat deb eʼtirof etiladigan, belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Qabul
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Institut bakalavriatiga qabul qilish kvotasi 2019-2020 oʻquv-yili uchun taʼlim yoʻnalishlari yuzasidan, qonun hujjatlariga muvofiq oshirilgan kontrakt stavkalari boʻyicha qoʻshimcha qabul qilish imkoniyati bilan, 1400 kishi, jumladan, davlat grantlariga koʻra 300 kishi etib belgilangan.
- Institut magistraturaga qabul qilish kvotasi 2019-2020 oʻquv-yili uchun taʼlim yoʻnalishlari yuzasidan, qonun hujjatlariga muvofiq, davlat grantlariga koʻra 56 kishi etib belgilangan.
- Institutda abituriyentlarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
- Abituriyentlarni, institut bakalavriatiga qabul qilish (chet el fuqarolari bundan mustasno) test sinovlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
- Chet el fuqarolari Institut bakalavriatiga belgilangan qabul kvotasidan tashqari suhbat oʻtkazish orqali toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
- Institutga talabalarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qabul qilish kvotalari soni veterinariya sohasida mehnat resurslariga boʻlgan talab prognozidan va Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning maqsadli buyurtmalaridan kelib chiqqan holda, institutning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
Fakultet
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti (Wayback Machine saytida 2019-04-17 sanasida arxivlangan)
- Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti (Wayback Machine saytida 2019-04-17 sanasida arxivlangan)
- Zooinjineriya fakulteti (Wayback Machine saytida 2019-04-19 sanasida arxivlangan)
- Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti (Wayback Machine saytida 2019-04-17 sanasida arxivlangan)
- Agronomiya fakulteti (Wayback Machine saytida 2019-04-17 sanasida arxivlangan)
- Agroiqtisodiyot va agroinjeneriya fakulteti (Wayback Machine saytida 2019-04-17 sanasida arxivlangan)
Kafedralar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi
- Ichki yuqimsiz kasalliklar va akusherlik kafedrasi
- Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiya kafedrasi
- Veterinariya jarroxligi kafedrasi
- Parranda, baliq, asalari va moʻynali hayvonlar kasalliklari kafedrasi
- Parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish kafedrasi
- Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya kafedrasi
- Farmakologiya, toksikologiya veterinariya sanitariya ekspertizasi va gigiyenasi kafedrasi
- Epizootologiya, mikrobiologiya va virusologiya kafedrasi
- Parrandachilik, asalarichilik va baliqchilik kafedrasi
- Qoramolchilik,-yilqichilik va korakoʻlchilik kafedrasi
- Hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi kafedrasi
- Biotexnologiya kafedrasi
- Chorvachilik va oʻsimlik maxsulotlarini saqlash, qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi
- Agroinjeneriya kafedrasi
- Agroiqtisodiyot va buxgalteriya hisobi kafedrasi
- Tabiiy va ilmiy fanlar kafedrasi
- Oʻzbek tili va chet tillar kafedrasi
- Gumanitar fanlar kafedrasi
- Oʻsimlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish
- Dehqonchilik va meliorasiya kafedrasi
- Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi
- Agrokimyo, tuproqshunoslik, oʻsimliklar himoyasi va karantini
Taʼlim yoʻnalishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Veterinariya medisinasi (yirik shoxli mollar kasalliklari)
- Veterinariya medisinasi (mayda shoxli mollar kasalliklari)
- Veterinariya medisinasi (yilqi va tuya kasalliklari)
- Veterinariya medisinasi (kinologiya va it kasalliklari)
- Veterinariya medisinasi (parranda kasalliklari)
- Veterinariya medisinasi (baliq kasalliklari)
- Veterinariya medisinasi (asalari kasalliklari)
- Veterinariya farmasevtikasi
- Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari
- Veterinariya sanitariya ekspertizasi
- Zooinjeneriya (qoramolchilik)
- Zooinjeneriya (qoʻychilik-echkichilik)
- Zooinjeneriya (qorakoʻlchilik)
- Zooinjeneriya (yilqichilik va tuyachilik)
- Zooinjeneriya (parrandachilik)
- Zooinjeneriya (asalarichilik)
- Zooinjeneriya (baliqchilik)
- Biotexnologiya
- Oʻsimlikshunoslik (yaylov choʻl oʻsimlikshunosligi)
- Agronomiya (yem-xashak ekinlari)
- Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ https://www.xabar.uz/uz/talim/samarqand-veteri
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]