Kontent qismiga oʻtish

Bovilla koʻli

Koordinatalari: 41°26′43″N 19°52′0″E / 41.44528°N 19.86667°E / 41.44528; 19.86667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bovilla koʻli
albancha: Ujëmbledhësi i Bovillës

Bavilla suv ombori
Morfometriya
Uzunligi 130 metr
Maydoni 4.6 square kilometre (1.8 kv mi)
Sigʻimi 98 square kilometre (38 kv mi)
Maksimal chuqurligi 45 metr
Xarakteristikasi
Toʻldirilgan yili 1996—1998
Toʻgʻon balandligi 91 metr
Joylashuvi
Mamlakat Albaniya
Koordinatalar 41°26′43″N 19°52′0″E / 41.44528°N 19.86667°E / 41.44528; 19.86667

Bovilla suv ombori (albancha: Ujëmbledhësi i Bovillës) — 4.6 square kilometre (1.8 kv mi) lik maydonga ega boʻlgan, Albaniyadagi suv ombori boʻlib, Tirananing shimoli-sharqida taxminan 9 milya (14 km) uzoqlikda va Krujaning janubi-sharqida, Dajt togʻi milliy bogʻi hududida qurilgan. U Tiranani ichimlik suvi bilan taʼminlaydigan asosiy suv inshootidir[1].

Suv ombori Ishëm daryosining irmogʻi boʻlgan Terkuzening toʻgʻoni asnosida hosil boʻlgan. Terkuzëning boshlanish joyi shu hududdagi togʻ tizmasining tashqi zanjiridan sharqda joylashgan boʻlib, Maja e Gomtitit togʻi (1268 m) va Mali i Bjeshit (1239 m) oʻrtasidagi chuqurlik Shkallë e Bovillës kanyoni orqali oʻtadi. Toʻgʻon bu kanyonga kiraverishda joylashgan boʻlib, mahalliy konglomerat, shagʻal va qumdan barpo etilgan. Uning balandligi 91 m, uzunligi esa 130 m ni tashkil etadi[2].

Qurilish ishlari dastlab 1988-yilda boshlangan, ammo kommunistik hukumatning qulashi sababli toʻxtatilgan. 1993-yil oktyabr oyida Italiya davlatining koʻmagi bilan qurilish ishlari qayta boshlangan. 1996-yilda qurilish yakuniga yetganidan soʻng, koʻlni toʻldirish va doimiy ish faoliyatini boshlash uchun birmuncha vaqt ketgani sababli, suv ombori faoliyati 1998-yilda rasman boshlangan[2].

Suv sathi yil davomida 7-10 metrga oʻzgarib turadi, suvning yuqori darajasi yogʻingarchilik miqdori yuqori boʻlgan qish oylarida kuzatiladi. 2006-yildan 2008-yilgacha olingan oʻlchov natijalari eng yuqori chuqurlik taxminan 45 metr boʻlganligini koʻrsatdi. Dastlabki kuzatilgan 53 metrlik oʻlchovi daryoning yuqori oqimidan tushgan choʻkindilar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin[2].

Terkuzë taxminan 98 km2 (38 kv mi) ga yaqin suv havzasiga ega boʻlib, yiliga 105 000 000 m 3 hajmdagi suvni yetkazib beradi. Yillik suv isteʼmoli 78 000 000 m 3 atrofida boʻlib, bu koʻrsatkich suv omborining taxminiy oʻlchamiga toʻgʻri keladi[2]. Qayta ishlash zavodiga suv omboridan sekundiga taxminan 1800 litr suv poʻlat quvur orqali (yiliga taxminan 50 dan 57 million m 3 gacha) yetkazib beriladi[2][3]. Ushbu yer usti suviga qoʻshimcha ravishda, Bovilla koʻli Tirananing sekundiga 2,8 m 3 (2009-yil hisobi) boʻlgan ichimlik suv taʼminotiga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun, tabiiy yer osti suvlari va artezian quduqlari suvi bilan ham toʻldiriladi[2]. Suv omborini Tirana shimolidagi Kodra Kuqe shahridagi qayta ishlash zavodiga bogʻlaydigan poʻlat quvurining diametri taxminan 90 sm ga teng[2]. Suv omboridagi suvning bir qismidan sugʻorish maqsadlarida ham foydalaniladi[4].

Tabiatni muhofaza qilish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suv ombori Dajt togʻi milliy bogʻida, Shtamë Pass milliy bogʻidan biroz janubda joylashgan. Kanyon atrofidagi jarlik va toʻgʻon toqqa chiqish imkoniyatini yengillashtiradi[5]. Suv omborida suzish taqiqlanadi[5]. Koʻlda faqat bir nechta baliq turlarini uchratish mumkin, bular: Schneider (Alburnoides bipunctatus) va Barbus sazanlari boʻlib, ular bu hududdagi eng keng tarqalgan turlardir. Amur baliqlari miqdorining koʻpligi sababli, odatda baliqchilar tomonidan ovlanadi. Kumush sazan (Hypophthalmichthys molitrix) suv sifatini yaxshilash uchun mazkur suv havzasiga qayta-qayta kiritilgan[6].

Suv ombori atrofidagi adirlarda besh mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan toʻqqizta qishloq mavjud. Qishloq aholisi asosan dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Suv omborini qurish uchun 400 ga yaqin oilani koʻchirilishga toʻgʻri kelgan[2]. Ular oʻz yerlari uchun tovon pulini olganlar, lekin bu harakatga qarshilik koʻrsatilish, zoʻravonlik qilish holatlari ham yuz bergan[7].

2001-yil sentyabr oyida suv omboridagi suvda birinchi marta yomon hid va taʼm borligi aniqlangan. Keyinchalik, chuqur tekshiruvlar natijasida suv sifati yaxshi ekanligi aniqlangan. Hidning manbai kislorodga bogʻliq boʻlgan aktinobakteriyalar va streptomitslar ekanligi taxmin qilingan. Mutaxassislar suvning loyqaligini kamaytirish choralarini taklif qilishgan. Jumladan, eroziyani kamaytirish uchun oʻrmonlarni qayta tiklash, suv ombori qirgʻoqlari boʻylab qoʻriqlanadigan hudud, atrofdagi aholi punktlari va fermer xoʻjaliklari oqava suvlarini qayta ishlash kabi loyihalar taqdim etilgan[3].

  1. Heppner, Harald. Hauptstädte in Südosteuropa: Geschichte, Funktion, nationale Symbolkraft. Böhlau Verlag Wien, 1994 — 146-bet. ISBN 978-3-205-98255-5. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 Aleko Miho „Environmental Analyses of Bovilla Watershed (Albania) – An Overview“, . Bovilla (Albania) – Limnological Study Aleko Miho: . Tirana: Julvin 2, 2009. ISBN 978-99956-14-29-4.  (Wayback Machine saytida 2011-12-25 sanasida arxivlangan)
  3. 3,0 3,1 „Parathënie/Preface“, Bovilla (Albania) – Limnological Study Aleko Miho: . Tirana: Julvin 2, 2009. ISBN 978-99956-14-29-4. Qaraldi: 2016-yil 20-noyabr.  (Wayback Machine saytida 2016-08-02 sanasida arxivlangan)
  4. Migena Zagonjolli. Dam Break Modelling, Risk Assessment and Uncertainty Analysis for Flood Mitigation. London: Taylor & Francis Group, 2007. ISBN 978-0-415-45594-7. Qaraldi: 2016-yil 20-noyabr.  (Wayback Machine saytida 2018-12-11 sanasida arxivlangan)
  5. 5,0 5,1 „Albanien Geoquest-Kletterführer“ (PDF; 2,4 MB). Qaraldi: 2016-yil 3-avgust.
  6. Spase Shumka „Considerations about Fishes of the Bovilla Lake – An Overview“, . Bovilla (Albania) – Limnological Study Aleko Miho: . Tirana: Julvin 2, 2009. ISBN 978-99956-14-29-4.  (Wayback Machine saytida 2011-12-25 sanasida arxivlangan)
  7. Steve Iatrou. „28 Albanians arrested in fight over dam“. OMRI Daily Digest II, No. 151 (1995-yil 4-avgust). Qaraldi: 2012-yil 22-aprel.
  • Aleko Miho, Alqiviadh Chullaj, Reynhard Bachofen (Tahr.), Bovilla (Albaniya) — Limnologik tadqiqot / Studim Limnologjik . Julvin 2, Tirana 2009-yil, ISBN 978-99956-14-29-4 (Researchgate.net).