Kontent qismiga oʻtish

Boysun (tuman)

Koordinatalari: 38°12′0″N 67°12′0″E / 38.20000°N 67.20000°E / 38.20000; 67.20000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Boysun tumanidan yoʻnaltirildi)
Boysun tumani
Байсунский район
tuman
Tarkibida Surxondaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Boysun
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 115.807 kishi (30.07.2018)
Dinlar tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Boysun tumani xaritada
38°12′0″N 67°12′0″E / 38.20000°N 67.20000°E / 38.20000; 67.20000

Boysun tumani 1926-yil 29-sentabrda tashkil topgan. Umumiy yer maydon 3,72 ming kv.km. Aholisi 115.8 ming kishi [2018]. Tuman markazi – Boysun shahri Termizdan 145 km shimoliy-gʻarbda joylashgan. Tumanda 7 ta qishloq bor: Avlod, Boysun darvadar, Machay, Rabot, Sayrob, Qoʻrgʻoncha. Yaqin temir yoʻl bekati – Elbayongacha 72 km. Ohongarangsoy, Shoʻrsoy, Qayroqsoy boshqa soylardan suv ichadi.

Boysun tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Sherobod tumani bilan birlashtirilgan. 1965-yil 29-dekabrda qayta tuziddi). Boysun tumani viloyatning gʻarbida joylashgan. Shimoli-sharqda Sariosiyo, sharqda Qumqoʻrgʻon, janubida Qiziriq, Bandixon tumanlari, janubi-gʻarbda Sherobod tumani bilan, shimoli-gʻarbda Qashqadaryo viloyatining Qamashi va gʻarbda Dehqonobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3,72 ming km². Aholisi 79 ming kishi (2000). Boysun tumanida 1 ta tumanga boʻysunuvchi shahar (Boysun), 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Avlod, Boysun, Darband, Machay, Rabot, Sayrob, Qurgʻoncha) bor. Markazi – Boysun shahri Tabiati. Boysun tumani hududining shimoliy va gʻarbiy qismini Hisor togʻ tizmasi tarkibidagi Boysuntogʻ va uning tarmoqlari (Belovti, Xoʻjaboʻzbarak, Chol togʻi, Xoʻjagurgurota, Gaurli, Sariqil, KentalaMachay togʻlari, Ketmonchopti, Sarimas, Suvsiztogʻ, Kulbatogʻ va boshqalar) egallagan. Janubiy va sharqi togʻ oldi va adirlardan iborat. Togʻlar orasidagi soyliklar, togʻ oldilari oʻzlashtirilgan. Ukonit, keramzit, karbid, ohaktosh qazilma boyliklari topilgan. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Oʻzbekistonning boshqa togʻli tumanlaridan issiklik resurslarining ancha balandlikkacha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 850 m balandlikda 2°, 3200 m balandlikda —6°, iyulniki 830 m balandlikda 30°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 500-1200 m balandlikda 150-400 mm, 1200 m dan balandda 450-800 mm. Vegetatsiya davri 230—240 kun. Mahalliy shamollar, fyon shamoli, afgʻon shamoli esadi. Boysun tumani togʻlaridan juda koʻp daryo va soylar boshlanadi. Ularning eng muhimlari: Sheroboddaryo va uning irmoqlari Machaydaryo (Oʻrmoncha, Jakandi, Olchasoy), Shurob, Xoʻjabulgansoy, Panjob, Laylagansoy; Xoʻjaipok daryosi va uning irmoqlari: Qoʻrgʻonchasoy (Xoʻjaboʻzbarak, Qizilsoy, Chindon, Oʻrtanago soylari qoʻshiluvidan hosil boʻlgan), Halqajar (Olachopon va Qayroqsoy). Bulardan tashqari Ohangaronsoy (Boysun), Pulhakimsoy va boshqa bor.

Boysun tumanida qadimiy qalʼashaharlar koʻplab topilgan. Eng yiriklari: Poykoʻrgʻon, Qozimullatepa, Saribandtepa, Yalangtoʻshtepa, Darband, Munchoqtepa, Boʻyrachi, Qiziljartepa, Mullatepa, Kallaqoʻrgʻon. Ibtidoiy odamlar yashagan gʻorlar, manzillar: Teshiktosh, Machay, Katta Suluvkamar, Doʻkonxona, Amir Temur, Iskandarxon va boshqa Sayrob chinori (Sayrob qishlogʻida), Temir darvoza (Darband qishlogʻida), Teshiktosh gori (Machay qishlogʻida), Dinozavr izlari, Bibishox shotisi, Boybuloq gʻori (Qoʻrgʻoncha qishlogʻida), Poyonqoʻrgʻon (Rabot qishlogʻida) kabi tarixiy obidalar bor.

Boysun jome masjidi

Tuproqlari boʻz tuproq, chimli, qoʻngʻir va och qoʻngʻir togʻ tuproqlari, shurxok tuprok/iap. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra, yantoq, jinchak, qizgʻaldoq. boychechak, yaltirbosh, noʻxatak, togʻrayxon, kiyikoʻt, gulxayri, shuvoq; dorivor oʻsimliklardan alkor, hartol, zanjovul, oʻlmasoʻt, qontepar, oqshair; archa, yovvoyi mevali daraxtlar va boshqa usadi. Jayron, togʻ echkisi, yovvoyi choʻchka, silovsin, sugʻur, boʻri, tulki, chiyaboʻri, qoʻngʻir ayiq, jayra, qushlardan kaklik, kalxat, burgut, lochin, qarchigʻay, boyoʻgʻli, olashaqshak,, chil va boshqa yashaydi.

Aholisi oʻzbeklar va tojiklar. Aholining oʻrtacha zichligi har bir km² ga 20,8 kishi. Shaharliklar 23899 kishi, qishloq aholisi 55099 kishi.

Xoʻjaligi. Boysun tumanida sanoat kam rivojlangan. Tuman Surxondaryo viloyati sanoat mahsulotining 0,8%ini beradi. Muhim foydali qazilmalari: kumir (Boysun), tabiiy gaz (Gajak), polimetall rudalari (Boysuntogʻ), boksit (Qayroq), fosforit, kaliy tuzi (Boysun), oltingugurt, yonuvchi slanes (Boysun), qurilish materiallari va boshqa Asosiy sanoat korxonalari: „Ishonch“ aksiyadorlik jamiyati, Boysun (Tuda) kumir koni, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaradigan kichik korxona va sexlar. 1994-yil Boysunda respublikada karbid ishlab chiqaruvchi birinchi korxona ishga tushirildi. Aholiga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlar uyushmasi, hunarmandlar uyushmasi, 164 kichik korxona, 18 aksiyadorlik jamiyati, „Boysun“, „Boysunqurilish“ va 256 koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, avtokorxonalar, „Boysun“ bozori bor.

Boysun tumanining asosiy tarmoqlari chorvachilik, don xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi, beda urugʻchiligi, bogʻdorchilik va tokchilikdir. Boysun tumanining jami yer maydoni 329,3 ming ga, shu jumladan sugoriladigan yerlar 6,1 ming ga. Ekinzorlar jami (shu jumladan lalmi yerlar) 21,9 ming ga, kup yillik daraxtlar 1,5 ming ga. Tomorqalar, bogʻdorchilik, sabzavotchilik uyushmalarining yerlari 2,2 ming ga (1999). Boysun tumanida 9 jamoa xoʻjaligi (2 donchorvachilik, 3 chorvachilik, 2 beda urugʻchiligi, bogʻdorchiliktokchilik, asalarichilik, qishloq xoʻjaligi shirkat uyushmasi (boʻrdoqichilik), 70 ta fermer va dehqon xoʻjaliklari mavjud. Asosiy ekin maydonlari don, sabzavot, yemxashak ekinlari bilan band. „Qoʻrgʻoncha“ va „Machay“ jamoa xoʻjaliklari beda urugʻchiligiga, „Rabot“ jamoa xujaligi bogʻdorchiliktokchilikka ixtisoslashgan. Boysun tumanida 21,8 ming qoramol, shundan 11,2 mingi sigir, 190,6 ming qoʻy va echki, 41.7 ming parranda, 184 yilqi bor (1999). Chorvachilik asosan goʻsht-yogʻ beruvchi dumbali hisori qoʻychilik, qorakoʻlchilik, yilqichilik, goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilikka (barcha xoʻjaliklarda) ixtisoslashgan. Boysun tumanida 25 ming ga oʻrmon (archazorlar) bor (1999).

Boysun tumanida tuman markazi va togʻ qishloqlarini Surxondaryo viloyatining asosiy avtomobil yoʻli – Katta Oʻzbekiston trakta bilan bogʻlaydigan yoʻllar bor. 1995-yilda qariyb 230 km uzunlikdagi Gʻuzor – Boysun – Qumqoʻrgʻon temir yoʻl kurilishi boshlandi.

1999/2000-oʻquv yilida 54 umumiy taʼlim maktablarida 18869 oʻquvchi, 2 kasb hunartexnika litseyida 944 oʻquvchi, 1 hunartexnika bilim yurtida 466 oʻquvchi oʻqidi. 83 ommaviy kutubxona, 11 klub, madaniyat uyi, sanʼat muzeyi bor. Tumanda 370 oʻrinli 5 kasalxona, „Omonxona“ shifo maskani, 5 ambulatoriya, 30 feldsherakusherlik, 3 qishloq vrachlik shoxobchalarida 138 vrach, 491 oʻrta tibbiy xodim ishlab turibdi. 1932-yildan „Boysun ovozi“ tuman gaz. chiqadi (adadi 2200).[1]

Tuman hududida qazilma boyliklardan koʻmir, yonuvchi silaney, oltingurgut va boshqalar topilgan. Boysun koʻmir koni yopa qatlamlarida joylashgan. 1940-yillardan oʻzlashtirila boshlagan. Boysun togʻida fosfor konlari bor. Uning 95 foizi maʼdanli oʻgit sifatida ishlatiladi.

Tuman asosan chorva, bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligi mahsulotlariga ihtisoslashgan. Boysunda hisor qoʻyi boqiladigan „Boysun“ nasilchilik qoʻy zavodi, „Sayrob“ qorakoʻlchilik, „Darband“ yilqichilik – goʻsht, „Rabod“ bogʻdorchilik – savzovodchilik jamoa xoʻjaliklari bor. Darbandagi qora bayr otlar nasilchilik farmasi mamlakatimizda yagonadir.

Boysunda „Ishonch“ hissadorlik jamiyati, goʻsht – sut savzovodi, non zavodi, gʻisht zavodi, bir necha kishik korhonalar, fermer xoʻjaliklari bor.

Boysun shahri (20,1 ming aholi) Ketmonchopdi togʻining janubiy yonbagʻrida, Ohongarangsoy boʻyida, dengiz sathidan 1200 m balandlikda joylashgan. Bu shahar Surxondaryo viloyatidagi eng qadimiy aholi manzilidir. Shaharga tutash togʻ etaklarida oʻrta paleolit davridayoq aholi yashagan. Boysun shahrining shimoli – gʻarbida joylashgan mashhur teshik tosh gʻori va uning topilmalari haqida muroqaning bosh qismida hikoya qilingan. Boysun shahrining oʻzi miloddan avalgi tahminan 5-mingyillik oxirlarida aholi manzili boʻlgan. Miloddan avvalgi I asr – milodiy I asrda bu yerda Poikalon deb atalgan qudratli qalʼa-shahar mavjud edi. Boysun nomi yozma manbalarda „Basand“ shaklida dastlab 10-asrda Istahri asarlarida, nomaʼlum muallif tomonidan yozilgan „Hudud ul-olam“ („Jahon mamlakatlarining chegaralari“) asarida tilga olingan. Istahrining qayd etishicha, koʻplab bogʻ-rogʻlar boʻlgan bu qishloq Buxoro va Samarqanddan Chagʻaniyonga boradigan yoʻl ustida boʻlib, Chagʻaniyon shahridan ikki kunlik yoʻldir.

1951-yili artellar negizida tuman sanoat kombinati tashkil etildi, 1967-yilda u mahalliy sanoat korxonasiga aylantirildi. 1972-yil mazkur korxona negizida Boysun eksperimental shoyi toʻqish fabrikasi ish boshladi. Unda tikuvchilik, toʻquvchilik va badiiy buyumlar ishlab chiqarish sexlari mavjud edi. 1991-yil fabrika tarkibidan tikuvchilik, trikotaj buyumlari ishlab chiqarish boʻlimlari ajratilib, Boysun „Tong yuluzi“ tikuvchilik fabrikasi tashkil etildi. 1993-yil fabrika „Ishonch“ hissadorlik jamiyatiga aylantirildi. Unda tayorlov, toʻqimachilik ommaviy kiyim tikish va kashtachilik sehlari bor. Asosan abirlik atlas va shoyi, beqasam, trikotaj mahsulotlari, ommaviy kiyimlar, bolalar kiyim kechaklari, toʻn – chaponlar, koʻrpa – koʻrpachalar tayorlanadi.

Boysunda Oʻzbekiston xalq yozivchisi Shukur Xolmirzayev, adiblar – Sattor Tursun va Erkin Aʼzam, shoir Usmon Azim tugʻilgan.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil