Kontent qismiga oʻtish

Braziliya-Isroil munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Braziliya–Isroil munosabatlari

Braziliya

Isroil

Isroil-Braziliya munosabatlari – Braziliya va Isroil oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlardir. Braziliya Isroilning Tel-Avivda shahrida elchixonaga va Xayfada faxriy konsulligiga ega. Isroilning Braziliyada elchixonasi va bosh konsulligi San-Pauluda joylashgan. Braziliya va Isroil tarixan siyosiy-harbiy aloqalarga ega davlatlar hisoblanadi. Shuningdek, ikki davlatning qurolli kuchlari yaqindan hamkorlik qiladi. Braziliya isroilparast parlamentariylarni qo'llab-quvvatlovchi siyosiy tashkilot – Isroil ittifoqchilari tashkilotining toʻliq aʼzosi hisoblanadi.

Braziliyaning elchisi Odette de Carvalho e Souza Isroil tashqi ishlar vaziri Golda Meir bilan uchrashuvi (1959-yil)

IBGEning aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Braziliya yahudiylarning soni boʻyicha taxminan 107,329 ta yahudiylar bilan dunyoda 9-chi va Lotin Amerikasida 2-oʻrinda turadi[1]. Braziliya yahudiy konfederatsiyasi (CONIB) Braziliyada 120 000 dan ortiq yahudiylar yashashini ma'lum qilishgan[2]. Isroilda taxminan 20 000 braziliyaliklar istiqomat qiladi, ularning aksariyati braziliyalik yahudiylardir.

Ikkinchi jahon urushi davrida yahudiylarni qoʻllab-quvvatlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi jahon urushining dastlabki yillarida Braziliya Lotin Amerikasi Respublikalari Tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchta maslahat uchrashuvida ishtirok etdi, ularda Berlin-Rim bilan diplomatik munosabatlarni kelishgan holda uzish boʻyicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan[3]. 1942-yilgi Rio-de-Janeyro konferensiyasida Braziliya fashistlar Germaniya davlati bilan barcha diplomatik munosabatlarni toʻxtatganligini va shu tariqa Ittifoqchi kuchlarga qoʻshilganligini eʼlon qilgan. Oxir oqibat, Argentina va Chili davlatlaridan tashqari, Janubiy Amerikaning ko'p davlatlari Ittifoqchi kuchlarga qoʻshilgan.

Osvaldo Arana 1938-yildan 1944-yilgacha tashqi ishlar vaziri boʻlgan vaqtida, koʻplab yahudiylarga Braziliyada yashash uchun vizalar berilgan. 1939-yilda yahudiylarga Braziliyada vaqtinchalik yashash uchun 4601 ta ruxsatnoma berilgan. Oʻsha yili barcha vizalarning 9 foizi va vaqtinchalik vizalarning 14 foizi yahudiylarga berilgan. 1940-yilda 2500 ta yahudiy-muhojir vizalarni qoʻlga kiritgan[4].

Albert Eynshteyn Osvaldo Aranyidan doʻsti, nemis yahudiy Xelen Fabian-Katzga viza olishda yordam soʻragan. Eynshteyn avvalroq Qoʻshma Shtatlar hukumatiga shu masala yuzasidan yordam soʻrab murojaat qilgan edi, ammo AQSh Fabian-Katzga viza bermagan edi. Fabian-Katz Braziliyaga viza olgan va San-Pauluda yashayotgan akasi oldiga borgan[5].

Isroil mustaqilligini eʼlon qilishdagi roli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quddusdagi Arana maydonida Braziliyaning BMTdagi elchisi Osvaldo Arana sharafiga qoʻyilgan lavha.

Braziliya davlati Isroil davlatini tashkil etishda katta rol oʻynagan. 1947-yilda Braziliya Falastinni boʻlish rejasini eʼlon qilgan. Oʻsha paytdagi Braziliya delegatsiyasining BMTdagi rahbari boʻlgan elchi Osvaldo Aranha Falastinning boʻlinishini qoʻllab-quvvatlagan. Bu esa Isroil davlatini tashkil etishga katta turtki boʻlgan. Bugungi kunda Isroilning Bir as-saba, Ramat Gan shaharlaridagi koʻchalar va Quddusdagi maydon Aranya nomi bilan atalgan. 2007-yilda uning qarindoshlari va Braziliyaning Isroildagi elchisi ishtirok etgan marosimda Tel-Avivdagi koʻchaga uning nomi berildi[6].

Braziliya Isroil Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qilganidan bir yil oʻtmay, 1949-yil 7-fevral kuni Isroil davlatini tan olgan birinchi davlatlardan biri boʻlgan. Birinchi Isroil elchixonasi 1955-yilda Braziliyaning oʻsha paytdagi poytaxti Rio-de-Janeyroda ochilgan. Birinchi elchi David Shaltiel edi.

Siyosiy aloqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isroil prezidenti Shimon Peres 2009-yilda Braziliya Deputatlar palatasida.

Braziliya butun dunyo boʻylab isroilparast parlamentariylar bilan hamkorlik qiluvchi siyosiy yuridik tashkilot boʻlgan Isroil Ittifoqchilar tashkilotining toʻliq aʼzosidir. Federal deputat Fátima Pelaez, Amapa shtatining Braziliya parlamentidagi vakili, Braziliya Isroil ittifoqchilarini qoʻllab-quvvatlash guruhi raisi hisoblanadi.

2017-yil 16-iyun kuni Braziliyaning Yahudiy davlatidagi yangi elchisi Meyra de Vaskonselos oʻz lavozimiga kirishdi. Ishonch yorliqlarini topshirish marosimida Isroil prezidenti Rivlin yangi elchini YUNESKOga ovoz berishda Isroilga qarshi rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatlagani uchun jazolagan[7].

2018-yilning noyabr oyida Braziliya prezidenti Jair Bolsonaro AQSh va Gvatemala elchixonalari ortidan Isroildagi Braziliya elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga koʻchirishga vaʼda bergan[8].

2018-yilning 28-dekabr kuni Isroil bosh vaziri Netanyaxu Braziliyaga tashrif buyurdi va ushbu mamlakatning yangi saylangan prezidenti bilan uchrashdi. Netanyaxu Bolsonaro inauguratsiya marosimida ishtirok etdi, shuningdek, Braziliya tashqi ishlar va mudofaa vazirlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Muzokaralar davomida tomonlar iqtisodiyot, xavfsizlik, suv resurslarini boshqarish, qishloq xoʻjaligi, texnologiya va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olganlar. Jair Bolsonaro Bosh vazir Benyamin Netanyaxuga Braziliyaning eng oliy faxriy ordenini topshirdi, shuningdek, Netanyaxuning Isroilga javob tashrifi taklifini ham qabul qilgan.

2019-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasi doirasida ikki davlat tashqi ishlar vazirlari Isroil Kats va Ernesto Arauxo oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tomonlar mamlakatlar oʻrtasida strategik va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar. Bundan tashqari, Braziliya Hizbullohni terrorchi tashkilotlar roʻyxatiga qoʻshish boʻyicha ham muzokaralar olib borgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 2010 Brazilian census Brazilian Institute of Geography and Statistics. Retrieved on 2013-11-13
  2. „U.S. Department of State. Brazil, Retrieved on 2013-12-18“. 2017-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-aprel.
  3. „OSWALDO ARANHA - 2nd Session“. Un.org. 2016-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-sentyabr.
  4. Maria Luiza Tucci Carneiro. O anti-semitismo nas Amжricas: memзria e histзria — 285 bet. 
  5. O anti-semitismo nas Amжricas: memзria e histзria. 
  6. "Tel Aviv Street Named for Brazilian", Dateline World Jewry, World Jewish Congress, September, 2007
  7. „Первый посол Танзании в Израиле вручил верительные грамоты президенту Ривлину“. 2022-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-iyun.
  8. „Новый президент Бразилии перенесет посольство в Израиле в Иерусалим“. Meduza (2018-yil 2-noyabr). 2018-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.