Braziliya davlat madhiyasi
Notalar varaqasi | |
Braziliya davlat madhiyasi | |
Soʻz muallif(lar)i | Osório Duque-Estrada, 1909 |
---|---|
Bastakor | Francisco Manuel da Silva |
Qabul qilindi |
1890-yil 20-yanvar (qayta qabul qilingan) 1922-yil 6-sentyabr (qoʻshiq matni qabul qilingan) |
Braziliya milliy madhiyasi (portugalcha: Hino Nacional Brasileiro) — 1831 yilda Francisco Manuel da Silva tomonidan yaratilgan Braziliya madhiyasi. Joaquim Osório Duque-Estrada tomonidan 1909-yilda yozilgan taklifga koʻra bir nechta oʻzgartirishlar kiritilgan.
Madhiya soʻzlari uslub boʻyicha parnassian, mazmuni esa romantik deb taʼriflangan.[1]
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Braziliya milliy madhiyasining ohangi Francisco Manuel da Silva tomonidan yaratilgan va birinchi marta 1831-yilning aprelida ommaga taqdim etilgan. 1831-yil 7-aprelda Braziliyaning birinchi imperatori Pedro I taxtdan voz kechdi va bir necha kundan keyin oʻrniga voris qilib oʻsha paytdagi besh yoshli imperator Pedro II ni qoldirib Yevropaga joʻnab ketdi.
1822-yilda Braziliya mustaqillik eʼlon qilinganidan to 1831-yilgacha qirol taxtdan voz kechgunga qadar, mamlakat mustaqilligini nishonlovchi Pedro I tomonidan yaratilgan madhiya (va hozirda rasmiy vatanparvarlik qoʻshigʻi — Mustaqillik madhiyasi) milliy madhiya sifatida ishlatilgan.
Matn
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻshiq ketma-ket ikkita baytdan iborat.
Braziliya qonunchiligida madhiyaning cholg‘u ijrosida ovoz jo‘rligisiz faqat bir marta ijro etilishi (shuningdek, vokal jo‘rligisiz cholg‘u ijrosida musiqani ikki marta ijro etish ixtiyoriy), lekin vokal ijroda har ikkala bayt ham kuylanishi shartligi belgilangan.
Sport musobaqalarida ijro etilganida ikkinchi bayt koʻpincha tushib qoladi, chunki Braziliya Milliy madhiyasining sport musobaqalari uchun koʻplab ijrolari vokal emas, balki instrumentalda ijro etiladi[2].
Portugal tilida | IPA transkripsiyasi | Inglizcha tarjima |
---|---|---|
I |
1 |
I |
(*) Qoʻshtirnoq ichidagi parchalar Gonçalves Diasning „Canção do exílio“ sheʼridan olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Você entende o Hino Nacional Brasileiro?“. https://www.soportugues.com. Qaraldi: 4-avgust 2022-yil.
- ↑ „nationalanthems.me“. nationalanthems.me.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hinos at the Brazilian Government
- 50,000 sing the anthem at FIFA World Cup 2014, partly a capella