Brewster Hopkinson Shaw
Brewster Shaw | |
---|---|
Tavalludi |
Brewster Hopkinson Shaw Jr. 16-may 1945-yil Cass City, Michigan, U. S. |
Fuqaroligi | AQSh |
Otasi | Brewster Hopkinson Shaw Sr. |
Kosmik karyera | |
Daraja | polkovnik, |
Tanlash | NASA Astronavt guruhi 8 |
Missiyalar |
STS-9 STS-61-B STS-28 |
Missiya belgisi |
Brewster Hopkinson Shaw Jr (1945-yil 16-mayda tugʻilgan) – NASAning nafaqadagi astronavti, AQSH Harbiy-havo kuchlari polkovnigi va Boeing kompaniyasining sobiq rahbarlaridan biri. 2006-yilning 6-mayida AQSH astronavtlari shon-sharaf zaliga Shawning nomi ham kiritilgan[1].
Shaw 533 soatlik kosmik parvozni amalga oshirgan uchta Kosmik kema missiyasining faxriy. U 1983-yilning noyabr oyida Columbia kosmik kemasining uchuvchisi, 1985-yilning noyabrida esa Atlantis kosmik kemasining qoʻmondoni va 1989-yilning avgust oyida Kolumbiya qoʻmondoni sifatida ishlagan.
1986-yilda Challenger kosmik kemasi halokatga uchraganidan soʻng, u Rogers Presidental komissiyasini tergov oʻtkazishi uchun xayrixohlik bildirgan[2]. Soʻngra Shaw transport vositalari bilan bogʻliq loyihalarning xavfsizligini taʼminlash darajasini oshirish maqsadida ijaraga olingan Shuttle Orbiter fazo kemasining parvozga qaytish guruhiga rahbarlik qilgan.
Shaw 1996-yilgacha NASAda menejer boʻlib ishlagan. U agentlikni tark etgach, havo kuchlaridan nafaqaga chiqqan va xususiy sektorda aerokosmik rahbar sifatida ishlagan.
Yoshlik yillari va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaw janob va xonim Brewster H. Shawning oʻgʻli. U 1945-yilning 16-mayida tugʻilib, Michiganda voyaga yetgan. 1963-yilda Michigan shtatining Cass City shahridagi Cass City yuqori maktabini tamomlagan. Shaw 1968-yilda Wisconsin-Madison universitetida muhandislik mexanikasi boʻyicha bakalavr darajasini olgan. 1969-yilda esa xuddi shu universitetda muhandislik mexanikasi boʻyicha magistrlik darajasini qoʻlga kiritgan[3]. Shaw UW-Madisonda tahsil olayotgan paytida Delta Upsilon ittifoqiga aʼzo boʻlgan[4].
Kollejda oʻqiyotganda Shaw The Gentlemen guruhning aʼzosi boʻlgan. Shaw karyerasi guruh aʼzolaridgi doʻsti bilan chambarchas bogʻliq deb hisoblaydi. „Bizning barabanchimiz Steve Schimming shaxsiy uchuvchilik litsenziyasiga ega boʻlgan. Bir kuni u meni samolyotida uchirgan. Oʻsha vaqtdan boshlab men uchuvchi boʻlishni xohlaganman“―, deydi Shaw[5].
AQSh havo kuchlari uchuvchisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaw 1969-yilda ofitserlarni tayyorlash maktabini tugatgandan soʻng, havo kuchlariga ishga kirgan va Alabama shtatidagi Craig havo kuchlari bazasida bakalavr uchuvchilar tayyorlash kursida oʻqigan. U 1970-yilda uchuvchi diplomini olganidan soʻng Arizona shtatidagi Luke havo kuchlari bazasidagi F-100 zaxira boʻlimiga ishga tayinlangan[6].
1973-yilning aprel oyida Shaw F- 4 uchuvchi-instruktori vazifasini bajarish uchun Kaliforniya shtatidagi George havo kuchlari bazasiga hisobot toshirgan. Shaw 1975-yil iyul oyidan boshlab Kaliforniyaning Edwards havo kuchlari bazasidagi AQSH Havo kuchlari uchuvchilar maktabida tahsil olgan. Ushbu tayyorgarlikni tugatgach, u Edwardsda operativ koʻngilli uchuvchisi sifatida xizmatini davom ettirgan. Shaw 1977-yilning avgustidan 1978-yilning iyuligacha AQSH Havo kuchlari uchuvchilar maktabida oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritgan[7].
NASAdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaw 1978-yil yanvar oyida NASA tomonidan astronavt sifatida tanlangan.
Kosmik parvoz tajribasi
STS-9
Shaw STS-9 Columbia uchuvchisi sifatida koinotdagi birinchi sayohati 1983-yilning 28-noyabridan 8-dekabrigacha amalga oshirgan[8].
Kema ekipaj aʼzolari qoʻmondon John W. Young, missiya mutaxassislari Owen Garriott va Robert Parker va astronamik jihozlar boʻyicha mutaxassislar Byron Lichtenberg va Ulf Merbolddan iborat boʻlgan. Bu bitta kosmik kemada uchgan eng katta ekipaj, birinchi xalqaro Shuttle ekipaji va astronomik uskunalar boʻyicha mutaxassislarini birinchi boʻlib olib chiqqan edi.
Ekipaj atmosfera fizikasi va yer kuzatuvlari, astronomiya va quyosh fizikasi, kosmik plazma fizikasi va materiallarni qayta ishlash sohalarida yetmishdan ortiq koʻp tarmoqli ilmiy-texnik tadqiqotlarni amalga oshirgan. Oʻn kunlik kosmik laboratoriya uskunalarini tekshirish va 24 soatlik ilmiy operatsiyalardan soʻng, Columbia va uning laboratoriya yuklari (kosmik stansiyadan Yerga qaytarilishi kerak boʻlgan eng ogʻir zarur yuklar) Californiyadagi Edwards havo kuchlari bazasidagi quruq koʻl tubiga qoʻndirilgan.
STS-61B
Brewster Shaw birinchi marta STS-61B Atlantis shuttlida komandiri boʻlib xizmat qilgan[9]. Missiya 26-noyabr kuni tunda uchirilgan va 1985-yilning 3-dekabrida qaytib kelgan.
Ekipaj tarkibida kosmik kema qoʻmondoni Brewster Shaw, uchuvchi Bryan OʻConnor, missiya mutaxassislari Mary Cleave, Jerry Ross va Woody Spring, shuningdek, astronomik uskunalar mutaxassislari Rodolfo Neri Vela (Meksika) va Charles Walker (McDonnell Duglas) boʻlgan.
Missiya davomida ekipaj aloqa sunʼiy yoʻldoshlarini joylashtirgan, EASE/ACCESS tajribalari bilan kosmik stansiyani qurish texnikasini namoyish etish uchun olti soatlik ikkita kosmik parvozni McDonnell Duglas uchun uzluksiz oqim elektroforezi (CRFES) tajribasini amalga oshirgan va Kanadaning Telesat kompaniyasi uchun Getaway Special (GAS) konteynerini boshqargan. Mexico hukumati uchun bir nechta Mexico maxsus astromomik jihozlar boʻyicha tajribalar oʻtkazgan. Bu kosmik kema tomonidan orbitaga olib chiqilgan eng ogʻir boʻlgan astronomik jihozlar edi. 165 soatda Yerning 108 orbitasini bosin oʻtgandan soʻng, Shaw Atlantisni Californiyadagi Edwards havo kuchlari bazasidagi 22-qoʻnish yoʻlagiga qoʻngan.
STS-28
Shaw STS-28 Columbiya (1989-yil 8-13-avgust) qoʻmondoni boʻlgan. Missiyaga uchuvchi Dick Richards va uchta missiya mutaxassisi: Jim Adamson, Dave Leestma va Mark Brown faoliyat yuritgan[10].
NASA boshqaruvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaw 1989-yil oktyabr oyida Johnson kosmik markazini tark etib, NASA shtab-kvartirasida Kennedy kosmik markazida joylashgan Space Shuttle operatsiyalari boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimini egallagan. Operatsiyalar menejeri sifatida Shaw Kosmik Kema Dasturining barcha operatsion jihatlari uchun mas’ul boʻlgan. U uchirish toʻgʻrisidagi yakuniy qaror qabul qiluvchi shaxs boʻlib, jamoaga boshchilik qilgan.
Shaw Kennedy kosmik markazida joylashgan NASA bosh markazi xodimi sifatida Space Shuttle dasturi menejeri oʻrinbosari lavozimida ishlashni davom ettirgan. Qoʻshimchasiga oʻz zimmasidagi vazifalardan tashqari Shaw Space Shuttle dasturini amalga oshirish uchun toʻliq vakolat va javobgarlik olgan holatda kosmik kema dasturi menejeri sifatida ish yuritgan.
U Space Shuttle operatsiyalariga direktor sifatida tayinlangandan soʻng kosmik kemaning barcha elementlarini (Orbiter, tashqi tank, qattiq raketa kuchaytirgichlari, Space Shuttle asosiy dvigatellari) ryaxshilash mas’uliyatini oʻz boʻyniga oladi. Bu uskunalar operatsiyaning muvaffaqiyatli yakunlanishini taminlovchi zarur obyekt sifatida qaralgan.
Rockwell va Boeing
Shaw 1996-yilda AQSH Harbiy-havo kuchlari va NASAdagi 27 yillik faoilyatidan soʻng Rockwellga qoʻshilgan[11]. Boeing kompaniyasi 1996-yilning dekabr oyida Rockwellni sotib olgan.
Dastlab, Shaw Boeing Space va Defense Groupning asosiy dasturlari direktori boʻlib ishlagan. Keyin u Rocketdyne Propulsion and Power kompaniyasida Xalqaro kosmik stansiya (XKS) elektr energetika tizimlari vitse-prezidenti va dastur menejeri lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shawning masuliyatlari bir nechta kosmik kemalarni uchirish paytida kosmosda yigʻiladigan elektr energetika tizimini ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish, baholash va ishlab chiqarishni oʻz ichiga olgan. Shawning keyingi lavozimi Huntsville, Alabama, Canoga Park va Huntington-Beach, Kaliforniyadagi birlashtirilgan Boeing guruhlarini ISS apparat va dasturiy taʼminotini loyihalash, ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish, baholash, va parvozga tayyorlashni boshqarishdan iborat boʻlgan.
Birlashgan Kosmik Ittifoq
2003-yil oʻrtalarida Brewster Shaw Boeing kompaniyasini tark etgan va Birlashgan Kosmik Ittifoq (AQSH) bosh operatsion direktori boʻlgan. Bu lavozimda u AQShning kundalik operatsiyalari va umumiy boshqaruvi boʻlib, Space Shuttle dasturining asosiy shartnoma tuzuvchisi sifatida Florida, Texas, Alabama va Rossiyadagi 10 000 xodimi uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olgan[12].
Boeingga qaytishi
2006-yilning yanvar oyida Shaw Boeing kompaniyasining Houstondagi kampusiga qaytib, Boeing Xalqaro kosmik stansiyasi va Space Shuttle dasturlarini nazorat qiluvchi boʻlinmaning vitse-prezidenti va bosh direktori lavozimida ishlagan[13][14].
Brewster Shaw 2011-yil 26-avgustida Boeing kompaniyasidan nafaqaga chiqqan[15].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaw turmush qurgan va uch farzandning otasi boʻlgan. Uning kenja oʻgʻli Brandon (1976-yilda tugʻilgan) 1997-yil iyul oyida Texasning Austin shahrida mashina oʻgʻrilari tomonidan oʻldirilgan[16]. Shaw Mayflowerlik William Brewsterning avlodidan boʻlgan[17].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaw koʻplab faxriy unvonlar va mukofotlarga sazovor boʻlgan, shu jumladan Vietnamda 28 ta medal bilan taqdirlangan[18].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ U. S. Astronaut Hall of Fame Inductee Biographies Webarxiv andozasida xato:
|url=
qiymatini tekshiring. Boʻsh., retrieved February 10, 2011. - ↑ Pearlman, Robert. „Three Pilots to Join Astronaut Hall of Fame“. Space.com (2005-yil 30-dekabr). 2018-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
- ↑ „Brewster H. Shaw Jr. VICE PRESIDENT & GENERAL MANAGER SPACE EXPLORATION BOEING, HOUSTON, TEXAS“. NASA (2008-yil noyabr). Qaraldi: 5-noyabr.
- ↑ „Go Greek“. Delta Upsilon website. Qaraldi: 5-noyabr.
- ↑ Cassutt, Michael. „Max Q Live: In space no one can hear you sing“. Air & Space Magazine (2009-yil 1-mart). Qaraldi: 5-noyabr.
- ↑ „Brewster H. Shaw, Jr. Biography“ (TXT). NASA (1989-yil noyabr). 2021-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Brewster H. Shaw, Jr. Biography“ (TXT). NASA (1989-yil noyabr). 2021-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Brewster H. Shaw Jr. VICE PRESIDENT & GENERAL MANAGER SPACE EXPLORATION BOEING, HOUSTON, TEXAS“. NASA (2008-yil noyabr). Qaraldi: 5-noyabr.
- ↑ „Brewster H. Shaw Jr. VICE PRESIDENT & GENERAL MANAGER SPACE EXPLORATION BOEING, HOUSTON, TEXAS“. NASA (2008-yil noyabr). Qaraldi: 5-noyabr.
- ↑ „Brewster H. Shaw Jr. VICE PRESIDENT & GENERAL MANAGER SPACE EXPLORATION BOEING, HOUSTON, TEXAS“. NASA (2008-yil noyabr). Qaraldi: 5-noyabr.
- ↑ Pearlman, Robert. „Three Pilots to Join Astronaut Hall of Fame“. Space.com (2005-yil 30-dekabr). 2018-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-fevral.
- ↑ „USA Update“. Unites Space Alliance (2005-yil mart). 2010-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
- ↑ „Brewster Shaw to head Boeing“. Chron (2006-yil 18-yanvar). Qaraldi: 5-noyabr.
- ↑ „Boeing Press Release“. Boeing (2006-yil 11-yanvar). 2011-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr.
- ↑ „Boeing Press Release“. Boeing. Qaraldi: 2022-yil 15-aprel.
- ↑ Some murder victims' kin reject capital punishment, Death Penalty Information Center, December 22, 2003, retrieved February 11, 2011.
- ↑ „Brewster H. Shaw Jr. VICE PRESIDENT & GENERAL MANAGER SPACE EXPLORATION BOEING, HOUSTON, TEXAS“. NASA (2008-yil noyabr). Qaraldi: 5-noyabr.
- ↑ „Brewster H. Shaw Jr. VICE PRESIDENT & GENERAL MANAGER SPACE EXPLORATION BOEING, HOUSTON, TEXAS“. NASA (2008-yil noyabr). Qaraldi: 5-noyabr.