Kontent qismiga oʻtish

Bryansk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BryanskRossiyadagi shahar, Bryansk viloyatining maʼmuriy markazi. Desna sohilida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 460,5 ming kishi (1997). Bryanskda stlab 1146-yilgi solnomada tilga olinadi. Bryansk yirik industrial va madaniy markaz. Bryanskda mashinasozlik, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjalygi mashinasozligi zavodlari va metallsozlik yetakchi oʻrinda. Qurilish materiallari (silikat gʻisht, temirbeton buyumlari zavodlari, gʻishtohak kombinati va boshqalar), yengil (kamvol kombinati, kanoptola fabrikalari va boshqalar), oziq-ovqat (un va goʻsht kombinatlari, sut zavodi va boshqalar), kimyo sanoati korxonalari ishlab turibdi. Bryanskda 4 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, 2 muzey bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil