Kontent qismiga oʻtish

Bidʼat

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Bud'atdan yoʻnaltirildi)

Bidʼat (arabcha — yangilik kiritmoq, yangitdan yaratmoq) — nomaʼqul yangilik; din aqidalariga xilof yangilik. Dastlab xalifa Usmon (hukmronlik yillari 644—656)dan norozi odamlar, asosan shialar va xorijiylar uni Muhammad(s.a.v) soʻzlari va amallariga zid yangiliklar kiritganlikda, Bidʼatda ayblaganlar. Keyinroq islom dunyosida diniygʻoyaviy ixtiloflar va bahslar avj olgan paytda Bidʼat tushunchasi "notoʻgʻri yoki xato tasavvur", "yanglish fikr" degan maʼnolarni kasb etdi. Bidʼatga nimani kiritishning aniq chegarasi boʻlmagan. Muayyan amal bir fiqhiy mazhab vakillari tomonidan "nojoyiz yangilik", yaʼni islom ahkomlariga xilof ish deb baholansa, boshqa mazhab tarafdorlari uni Qurʼon va sunnaga muvofiq keladigan "haq yoʻl" deb bilganlar. Bu xildagi bahslar hamon uchrab turadi. Aytaylik, Imom Aʼzam mazhabiga koʻra, otabobolar mozorlarini ziyorat kilish, olamdan oʻtgan ajdodlar ruhi poklariga duoi fotiha savob ish sanaladi va shunga rioya qilib kelinadi. Ammo^nbaliyamazhabining vaxxobiypik oqimi vakillari bularni asossiz ravishda Bidʼat deb hisoblaydilar. Shundan foydalanib odamlarni yoʻldan urmoqchi, jamiyatda beqarorlik vujudga keltirmoqchi boʻladilar.

Bidʼat bemaʼni ran, safsata maʼnolarini ham anglatgan. Adabiyotda Bidʼat — xurofot, uydirma maʼnolarida keng ishlatiladi.

Umar ibn al-Xattob bid'atni muhokama qila boshladi va unga jamoat uchun tavsiya etilgan tarovih namozini o'qishni buyurdi, shundan so'ng: "Bu qanday yaxshilik bid'ati", dedi. Vahhobiylik va takfiriylar shialarni bid'atchi deb bilishadi. Muhammad Baqir Majlisi bid'at ta'rifida shunday deydi: "Payg'ambarimizdan keyin diniy e'tiqod yoki urf -odatlar sifatida taqdim etilgan narsa, lekin bu haqda hech qanday aniq bayonot berilmagan va bu umumiy qoidaga misol sifatida qaralmagan yoki bu amaliyot aniq taqiqlangan." Bu ta'rif bid'at deb hisoblanishi uchun yangilikni din nomidan qilish kerakligini bildiradi.[1]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  1. https://www.noormags.ir/view/fa/articlepage/1033465/%d9%85%d9%81%d9%87%d9%88%d9%85-%d8%b4%d9%86%d8%a7%d8%b3%db%8c-%d8%a8%d8%af%d8%b9%d8%aa-%d9%88-%d8%a8%d8%af%d8%b9%d8%aa-%da%af%d8%b0%d8%a7%d8%b1%d8%a7%d9%86-%d9%86%d8%b2%d8%af-%d8%b9%d8%a7%d9%84%d9%85%d8%a7%d9%86-%d8%b4%db%8c%d8%b9%db%8c-%d9%88-%d8%b3%d9%86%db%8c