Kontent qismiga oʻtish

Budjet

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Budjet (qadimiy Fransuzcha „baguete“-karmon, sumka) – bu davlat va mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish vazifalari va funksiyalarini moliyaviy taʼminlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari jamgʻarmalarini toʻplash va sarflash shakli hisoblanadi.

  • davlat budjeti – moliyaviy rejalar tizimida yetakchi oʻrinda turadi va davlatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi:
  • davlat budjeti – moliya tizimining barcha asosiy moliya institutlari – daromadlar, xarajatlar, davlat qarzlari birlashadigan va oʻzaro bogʻlanadigan markaziy boʻgʻini hisoblanadi;
  • davlat budjeti – davlatning soliqlar yordamida jamlanadigan eng yirik markazlashtirilgan pul jamgʻarmasidir. Davlat budjeti davlat tomonidan oʻz funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish yoʻlida sarflanadi. Tasdiqlangan budjet qonun kuchiga ega.

Davlat budjetining mohiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. davlat budjeti – davlat pul mablagʻlarining (shu jumladan davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining) markazlashtirilgan jamgʻarmasi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi;
  2. budjet iqtisodiy kategoriya sifatida oʻzining tegishli moddiy ifodasiga ega boʻladi.

Budjet munosabatlari davlatning markazlashtirilgan pul mablagʻlari jamgʻarmasida moddiylashadi. Bu jamgʻarma taqsim qilinishi sababli uning shakllanishi va sarflanishi qiymat xarakati orqali ifoda etiladi. Bu jarayon davlat tomonidan yigʻiladigan va sarflanadigan pul resurslari oqimlari koʻrinishiga ega boʻladi.

Oʻz iqtisodiy mohiyatiga koʻra davlat budjeti – bu iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, mudofaa va davlat boshqaruvi extiyojlarini moliyalashga moʻljallangan budjet jamgʻarmasini shakllantirish hamda, undan foydalanish masalalarida milliy daromadni qisman milliy boylikni ham qayta taqsimlash borasida davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida yuzaga keladigan pul munosabatlaridir.

Byudjet (ing. budget – hamyon, mablagʻ) – belgilangan muddat (yil, kvartal) uchun ishlab chiqilgan, meʼyorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan daromadlar va harajatlar yigʻindisi. Budjet davlat darajasida (qarang Davlat byudjeti), shuningdek viloyat, tuman (mahalliy hokimiyat), xoʻjalik subʼyektlari, oila yoki shaxs darajasida tuzilishi mumkin. Budjetni tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlash oʻz navbatida uning amal qilishi hamda bajarilishi ustidan nazorat yuritishni talab qiladi. Budjetda harajatlarning daromadlardan ortib ketishi budjet taqchilligi muammosini keltirib chiqaradi (qarang budjet taqchilligi), shu bois doimiy ravishda ularning muvofiqligi taʼminlab boriladi. Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslari, davlat byudjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, ijro etish tartibi va boshqa masalalar Oʻzbekiston Respublikasining „Byudjet tizimi toʻgʻrisida“ qonuni (2000-yil 14 dekabr) bilan tartibga solinadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil