Bulungʻur
Qiyofa
(Bulung‘urdan yoʻnaltirildi)
Bulungʻur (moʻgʻulcha bulugar — loyqa suv) — Zarafshon vodiysidagi eng qadimiy kanallardan biri. Uzunligi 90 km, suv sarfi 21 m³/s. Miloddan avvalgi qazilgan. Zarafshon daryosidan suv oladi. Ulugʻ qishlogʻi yonidan boshlanadi. Bulungʻur va Poyariq tumanlaridagi yerlarni suv bilan taʼminlaydi, Oqdaryota quyiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |