Bureya
Qiyofa
Bureya | |
---|---|
ruscha: Бурея, evenkcha: Ниман-бирра | |
Tavsif | |
Uzunligi | 623 |
Maydoni | 70 700 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Suv oqimi | |
Quyilishi | Amur (daryo) |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Bureya |
Bureya (ruscha: Бурея; evenkcha: Ниман-бирра, evenklar tilida birra — daryo) — Rossiya Federatsiyasi Xabarovsk oʻlkasi va Amur viloyatidagi daryo. Amur daryosining chap irmogʻi. Oʻng Bureya va Chap Bureya daryolarining koʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi 623 km, havzasining maydoni 70,7 ming km². Bureya yuqori oqimida togʻ daryosi boʻlib, quyi qismida ZeyaBureya tekisligiga chiqadi. Asosan yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bureya oktabrda muzlab, aprelda muzdan boʻshaydi. Eng yirik irmoqlari — chapda Urgal, Tirma. oʻngda — Tuyun, Niman. Bureya da quyilish joyidan 197 km masofada kema qatnaydi. Oʻrtacha suv sarfi 940 m³/sek., eng yuqori darajadagisi 18100 m³/sek. Yogʻoch oqiziladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |