Kontent qismiga oʻtish

Burji milod

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Burji milod — Tehron teleminorasi. U Eronning eng baland binosi hisoblanadi hamda dunyo teleminoralari ichida 4-oʻrinda turadi. Uning umumiy balandligi 435 metrni tashkil etadi. Teleminoraning ogʻirligi 161000 tonna boʻlib, egallagan maydoni besh yarimta futbol maydoniga teng keladi. Teleminora Tehronning janubi-gʻarbida joylashgan boʻlib, Tehronning deyarli barcha nuqtasidan koʻrinib turadi. Minoraning qurilganiga koʻp boʻlmagan boʻlsada, Tehron shahrining timsoliga aylanib ulgurgan. Mazkur teleminorani qurishdan maqsad simsiz teleuzatishni kengaytirish, teleuzatish sohasida yangicha texnologiyalarni yaratish, radio va televideniye toʻlqinlari doirasini yaxshilash va kengaytirish, meteorologiya izlanishlarini tashkil etish, yoʻl harakatini nazorat qilish, shahar koʻrinishiga zamonaviy tus berish, restoran, galereya, amfiteatr, kinoteatr va boshqa koʻngilochar maskanlarini yaratish va tijorat imkoniyatlaridan foydalanish koʻzda tutilgan[1].

  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 78-bet. ISBN 978-600-9675-31-3.