Kontent qismiga oʻtish

Burunduq Xoʻjandiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Burunduq Xoʻjandiy, Mavlono Burunduq, Amir Bahouddin (757–835 h.q./1356 Xoʻjand –1402 m. Samarqand) – temuriylar davrida yashab, ijod qilgan shoirlardan biri. Davlatshoh Samarqandiy uni “Buxoriy” taxallusi bilan tilga olgan. U garchi Xoʻjandda tugʻilgan boʻlsa-da, hayoti va ijodiy faoliyati asosan Samarqand va Hirotda kechgan. “Ibni Nusrat” va “Burunduq” taxalluslari bilan sheʼr yozgan. Mironshoh, Umarshayx Mirzo va uning oʻgʻli Boyqaro saroyida xizmat qilgan. Asosan qasida janrida ijod qilgan. Qadimgi ibriy va suryoniy tillarini bilgan. Tib ilmidan ham yaxshi xabardor boʻlgan. Alisher Navoiyning guvohlik berishicha, tabʼi hazil va mutoyibaga moyil boʻlganligi sababli, zamondoshlari uning achchiq va zaharli tilidan qoʻrqib, “ustoz” deb murojaat qilishgan. Devoni bizgacha yetib kelmagan. “Xulosat ul-ashʼor” tazkirasida 1800 bayt­dan iborat qasida, gʻazal va qitʼalaridan namunalar keltirilgan.

Alisher Navoiy Burunduq Xoʻjandiy haqida “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida maʼlumot berib, sheʼridan bir bayt namuna kiritgan[1][2].

  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. “Majolis un-nafois”.