Kontent qismiga oʻtish

Buyuk Britaniya qirg'oqlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buyuk Britaniya qirgʻoqlari orollar, koʻrfazlar, boʻgʻozlar va yarim orollarni oʻz ichiga olgan tabiiy hududdan iborat. U, asosan, Buyuk Britaniya oroli qirgʻoqlari va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qirgʻoq boʻylari hamda koʻplab kichik orollardan tashkil topgan. Sohillarning koʻpgina qismiga borish imkoniyati mavjud hamda geografik va tabiiy imkoniyatlari jihatidan juda xilma-xil hisoblanadi. Katta hududlari tabiiy goʻzallik zonalari sifatida belgilangan, jumladan, Yura sohillari va „meros qirgʻoqlari“ deb ataladigan turli xil hududlarni oʻz ichiga oladi. Ularning ikkalasining ham uzunligi materikning juda katta qismini qamrab olgan.

Xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Uels daryosidagi video lavha

Har qanday qirgʻoq uzunligini oʻlchash ishlatilgan xarita masshtabi va oʻlchovning aniqligiga bogʻliq. Katta xarita masshtabi va kichik oʻlchov birligi koʻproq tafsilotlarni aniqlashga va oʻlchashga imkon beradi[1]. Natijada olingan uzunlik oʻlchov masshtabining oʻsishiga qaraganda tez sur’atlar bilan oʻsib borishi sababli, bu savolga „taxminiy javob“ degan soʻzga oʻrin qolmaydi. Bu qirgʻoq uzunligi paradoksi deb ataladi. Sohil chegarasi fraktalga oʻxshaydi — fraktalning har bir qismi oʻziga oʻxshash xususiyatlarga ega boʻladi. Har bir masshtabdagi bir xillik tufayli kuzatuvchi qanchalik yaqinroq kuzatuv olib borsa, shunchalik koʻp tafsilotlar ochiladi va bu umumiy uzunlikka olib keladi[2].

CIA Factbook maʼlumotlariga koʻra, Buyuk Britaniya sohillarining uzunligi taxminan 12,429 km yoki 7723 milya deb belgilangan[3]. Jahon Resurslari Instituti maʼlumotlariga koʻra esa, uzunligi 19,717 km atrofida hisoblangan[4].

Buyuk Britaniya qirgʻoq boʻylari boshqa koʻplab mamlakatlarning qirgʻoqlariga qaraganda koʻpgina burilishlarga ega. U fraktal yoki Hausdorff oʻlchamiga ega, yaʼni ogʻish darajasi 1,25 ga teng, bu nisbatan yuqori hisoblanadi. Masalan, Avstraliya qirgʻoq chegarasining fraktal oʻlchami 1,13, Janubiy Afrikaniki esa 1,02 ni tashkil etadi[5].

Ushbu shakl va orollar soni Buyuk Britaniya qirgʻoqlari oʻxshash oʻlchamdagi mamlakatlarnikidan uzunroq boʻlishiga sabab boʻlgan. Bu Buyuk Britaniyaning qirgʻoq hududi nisbati yuqori ekanligini anglatadi[6].

Buyuk Britaniyaning hech bir joyi qirgʻoqdan 113 kilometr (70 mil) uzoqlikda emas. Taxminan 3 millionga yaqin odam (60 milliondan) Buyuk Britaniya qirgʻoq boʻylarida istiqomat qiladi. Sohildan eng uzoqda joylashgan joy — Derbyshireda Elmsdagi Coton, u Lincolnshiredagi Fosdyke Washdan bir xil masofada joylashgan; Cheshiredagi Neston va Flint hamda Uelsdagi Flintshire oʻrtasidagi White Sands; va Westbury-on-Severn Gloucestershire[7][8].

Xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk Britaniyada 1000 dan ortiq orollar mavjud boʻlib, 2001 yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, taxminan 130 tasida doimiy ravishda aholi istiqomat qiladi. Qolgan orollarning baʼzilari dehqonchilik uchun ishlatiladi va faqatgina mavsum davomida yashash hududiga aylantiriladi. Yana bir qanchasi kirish cheklangan tabiat qoʻriqxonalariga aylantirilgan va qolganlari esa dengiz bilan oʻralgan tosh qoyalardan iborat. Buyuk Britaniyadagi asosiy egallangan orollar va orol guruhlari quyidagilardan iborat:

Kanal orollari (jumladan, Jersey, Guernsey, Alderney va Sark) va Man oroli Buyuk Britaniya tarkibiga kirmaydi. Ular oʻzini-oʻzi boshqaradigan „Toj yerlari“ hisoblanadi. Shuning uchun ularning qirgʻoqlari Buyuk Britaniyaning qirgʻoqlari qatoriga kiritilmaydi.

Yarim orollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk Britaniya qirgʻoqlari atrofidagi yarim orollarga quyidagilar kiradi:

Koʻrfazlar, dengiz koʻllari va yirik mansab(daryoning quyilish joyi)lariga quyidagilar kiradi:

  1. „How Long Is Great Britain's Coastline? Well, It Depends…“. Brilliant Maps. Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
  2. Weisstein, Eric W. „Coastline Paradox“. MathWorld. Wolfram Research. Qaraldi: 2015-yil 21-mart.
  3. „United Kingdom“. CIA World Fact Book. Qaraldi: 2015-yil 21-mart.
  4. „Coastal and Marine Ecosystems — Marine Jurisdictions: Coastline length“. World Resources Institute. 2012-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
  5. Shelberg, Moellering and Lam (1982)
  6. „Coastal Guide Country File - England“. EUCC - Coastal Guide (2007). 2015-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-mart.
  7. „The farm furthest from the sea“. BBC (2003-yil 23-iyul). Qaraldi: 2015-yil 21-mart.
  8. „Ordnance Survey - MapZone“. Ordnance Survey. Qaraldi: 2015-yil 21-mart.