Kontent qismiga oʻtish

Buyuk fashistik kengash

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Buyuk fashistik kengash
Ishga tushgan sanasi 15-dekabr 1922-yil
Tugatilgan 5-avgust 1943-yil
Joylashuvi Venetsiya/Rim, Italiya
Prezidenti Victor Emmanuel III[1]
Direktori Benito Mussolini
Kengash yigʻilishi. 1936-yil.

Buyuk fashistik kengash (italyancha: Gran Consiglio del Fascismo) — Italiyadagi davlat tuzilmasi. 1922-yildan 1943-yilgacha Italiya Bosh vaziri Benito Mussolinining fashistik diktaturasi davrida mavjud boʻlgan[2].

Buyuk fashistik kengash1922-yil dekabrida fashistik toʻntarish va Mussolinining mamlakat bosh vaziri etib tayinlanishidan keyin tashkil topgan. Kengash aʼzolari Mussolini tomonidan shaxsan tayinlangan. Mussolini esa uning doimiy raisi boʻlgan. Kengash tarkibiga hukumat vazirlari va fashistik partiya yetakchilari kirgan.

Kengash, ayniqsa, 1928-yildan keyin davlat organi maqomini olgandan keyin keng vakolatlarga ega bo‘ldi. Xususan, Kengash fashistik partiyadan deputatlarni saylash boʻyicha roʻyxatlarni tuzdi, partiya kotibini koʻrsatdi, partiya siyosatini ishlab chiqish bilan shugʻullandi, hukumat faoliyatini nazorat qildi va qonun loyihalarini parlamentga kirishdan oldin koʻrib chiqdi.

Kengash yigʻilishlari koʻpincha Mussolini qarorlarini maʼqullashdan iborat boʻlishiga qaramay, 1943-yilda u Mussolinini hukumat boshligʻi lavozimidan chetlashtirishga qaror qildi[3][4]. Ushbu qarordan bir necha kun oʻtgach, partiya tarqatib yuborildi va kengash oʻz faoliyatini toʻxtatdi.

Bosh vazir Benito Mussolini (1928-yil 9-dekabr — 1943-yil 25-iyul)

Kuadrumvirs (Rimga yurishni boshqargan) — Mishel Bianki, Emilio De Bono, Chezare Mariya De Vekki va Italo Balbo.

Senat raisi va Italiya deputatlar palatasi prezidenti, 1939-yildan Fass va korporatsiyalar palatasining prezidenti.

Adliya, tashqi ishlar, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, taʼlim, korporatsiyalar vazirlari (Tullio Cianetti) va ommaviy madaniyat vaziri (Galeazzo Ciano, Dino Alfieri).

Italiya Qirollik akademiyasi prezidentlari

Milliy fashistik partiya kotibi (u ham Kengash kotibi).

Mussolini tomonidan shaxsan tanlab olingan va Kengashda 3 yil oʻrin egallagan turli shaxslar.

  1. Shirer, William L.. The Rise and Fall of the Third Reich, 2011, New York: Simon & Schuster, 1959 — 997-bet. ISBN 9781451642599. Qaraldi: 2017-yil 23-avgust. 
  2. „Gran consiglio del fascismo“ (IT). Enciclopedia on line. Istituto della Enciclopedia Italiana fondata da Giovanni Treccani S.p.A.. Qaraldi: 2017-yil 23-avgust.
  3. Bosworth, Richard J. B.. Mussolini, New, London: Bloomsbury Publishing, 2010 — 16-bet. ISBN 9780340981733. Qaraldi: 2017-yil 23-avgust. 
  4. De Grand, Alexander J.. Italian Fascism: Its Origins & Development, Third, Lincoln, NV: University of Nebraska Press, 2000 — 136-bet. ISBN 0803266227. Qaraldi: 2017-yil 23-avgust.