CGP Grey
CGP Grey | ||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Fayl:CGP Grey stick figure.png CGP Grey oʻz videolarida va boshqa joylarda oʻzini koʻrsatish uchun foydalanadigan koʻzoynakli tayoq figurasi | ||||||||||
Shaxsiy maʼlumot | ||||||||||
Tugʻilishi | ||||||||||
Millati | ||||||||||
Vebsayt | cgpgrey.com | |||||||||
YouTube maʼlumoti | ||||||||||
Shuningdek | Grey | |||||||||
Kanallar | ||||||||||
Faoliyat yillari | 2010–hozirga qadar | |||||||||
Janr | Taʼlim | |||||||||
Obunachilar | ||||||||||
Jami koʻrishlar | ||||||||||
Bogʻlangan aktlar | Hello Internet, Brady Haran, Myke Hurley, Relay FM, Cortex | |||||||||
| ||||||||||
Yangilangan 14-mart 2023 |
CGP Grey - Buyuk Britaniyada joylashgan irland-amerikan taʼlim boʻyicha YouTuber, podkast va siyosat, geografiya, iqtisod, sotsiologiya, tarix, falsafa va madaniyat kabi mavzularda videolar ishlaydi. Grey nafaqat bu kabi videolar, balki Brady Haran bilan Hello Internet, Myke Hurley bilan Cortex podkastlarini olib boradi[1].
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Grey Nyu-York shahrining Long-Aylend orolida oʻsgan. U Nyu-York shtatining yuqori qismidagi kollejga borib, ikki mutaxasislikka ega boʻldi: biri fizika, ikkinchisi sotsiologiya[‡ 6]. Grey bolaligida otasi uning nomidan Irlandiya fuqaroligini olish uchun ariza berdi va u ikki tomonlama Amerika-Irlandiya fuqaroligini oldi[‡ 7].
Greyning Irlandiya fuqaroligi unga Buyuk Britaniyaga koʻchib oʻtishga imkon berdi. Grey Londonda iqtisod boʻyicha magistrlik darajasini oʻqigan va u hozirgacha shu yerda yashab kelmoqda[‡ 8][2]. Grey Londonda fizika oʻqituvchisi boʻlgan[3].
Videolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Greyning asosiy YouTube kanali CGP Grey asosan siyosat, geografiya, iqtisod, tarix, samaradorlik, internet, ilm-fan, Amerika madaniyati va Britaniya madaniyati kabi mavzulardagi videolarni namoyish etadi[4][5]. Kanlada asosan keng tarqalgan notoʻgʻri stereotip tushunchalarni yoʻq qiladigan yoki odamlarning kundalik savollariga javob beradigan videolardir[5].
Kanalda animatsiyalar, stok tasvirlari va fotosuratlar haqida hikoya qilingan videolar yuklanadi. Greyning deyarli barcha videolarida uning ovozi aks etgan boʻlsa-da, uning yuzi uning videolarida hech qachon koʻrsatilmagan va Grey boshqa kanallarda chiqqan videolarida ham yuzi hiralashtirib qoʻyiladi[6]; u oʻzini koʻrsatish uchun odatda koʻzoynakli tayoq figurasidan foydalanadi[7]. Greyning taʼkidlashicha, uning videolari hikoya qilib berish uslubi Yahtzee Croshawning Zero Punctuation seriyasi taʼsirida boʻlgan[‡ 9][‡ 10].
Greyning mashhur notoʻgʻri tushunchalarni rad etgan va Britaniya qirollik oilasi tarixi haqidagi videolari CBS telekanalida namoyish etilgan[8][9]. London va London shahri farqlari haqida 2ta video yuklagan[10][11]. Grey tomonidan ishlangan mualliflik huquqi qonuni va saylovchilar uchastkasini tushuntiruvchi yana ikkita video Mashableda namoyish etilgan[4]. Kanalda, shuningdek, AQShning bir sentlik tangalarining iqtisodiy kamchiliklarini „Death to Pennies“ nomli videoda tushuntirib bergan[12][13]. Boshqa videolar, jumladan, qanday qilib Rim papasi boʻlish mumkin nomli videosi ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini tortdi va oʻquv dasturlarida foydalanildi[14][15]. Greyning Amerika qarzi chegarasi haqidagi videosi iqtisodchilar tomonidan olqishlandi[16].
Greyning Humans Need Not Apply videosi Biznes insayder sayti[17] va The Huffington Post tomonidan yoritilgan[18] va uning Nick Bostromning "zolim ajdarho haqidagi ertak nomli animatsion videosi Lifespan Extension Advocacy Foundationtomonidan bir ovozdan maqtovga sazovor boʻlgan[19]. Grey yana bir YouTuber Kurzgesagt bilan hamkorlikda oʻng miya va chap miyani muhokama qiladigan „You Are Two“ deb nomlangan videoni suratga oldi[3][20]. Popular Mechanics Greyning samolyotga chiqish va tirbandlik haqidagi videolarini taqdim etdi[21][22].
Podkastlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hello Internet
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil yanvar oyida Grey boshqa taʼlim yoʻnalishidagi YouTuber va ijtimoi tarmoq kontent yaratuvchisi Bredy Xaran bilan birgalikda Hello Internet podkastini ishga tushirdi. Podkast 2014-yil fevral oyida Buyuk Britaniya, Qoʻshma Shtatlar, Germaniya, Kanada va Avstraliyada iTunesning 1-raqamli podkasti boʻlib chiqdi[23]. The Guardian podkastni 2016-yilning eng yaxshi 50ta podkastlari qatoriga kiritib, 66-epizodni („A Classic Episode“) yilning eng yaxshi podkast epizodi deb atadi[24]. Nashriyot podkastni „chuqur bahs-munozaralar va hazil-mutoyiba boy podkast“ deb taʼriflagan[24]. Grey 2015-yil sentabr holatiga koʻra podkastlarni tinglovchilar soni har bir epizodda taxminan „chorak million“ koʻrilgani haqida xabar bergan[‡ 11].
Podkastda ularning YouTubedagi professional kontent yaratuvchi sifatidagi hayotlari, shuningdek, ularning qiziqishlari va tashvishlari haqidagi munozaralar mavjud. Odatdagi mavzular orasida texnologiya odobi; kino va telekoʻrsatuvlarga sharhlar; samolyot halokati; veksilologiya; futurologiya; Grey va Xaranning shaxsiyati va turmush tarzi oʻrtasidagi farqlar haqida gap boradi[25]. Grey va Xaranning fikr-mulohazalari odatda podkastning ikkinchi qismidan boshlanadi[26].
Cortex
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil 3-iyun kuni Grey oʻzining ikkinchi podkasti Cortexni Relay FMda ishlaydigan podkaster Myke Hurley bilan birga ishga tushirdi[27].
Maqtovlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yilda Caitlin Dewey Greyni „YouTube taʼlim videolari olamidagi mashhur odam“ sifatida koʻrishini yozgan[28]. Iqtisodchi Joshua Gansning soʻzlariga koʻra, „Grey kabi YouTuberlar katta foyda olib kelmasa-da, internetdagi millionlab odamlarga matematika, fizika, siyosiy institutlar va tarixga oid mavzularda tushuntirishlar qilgan“[29]. NPR xodimi Robert Krulwichning yozishicha, „Grey haqiqatni aytish uchun gʻayrioddiy isteʼdodga ega; u yolgʻonni ham maftunkor va jozibali tarzda gapirib bera oladi. Nimanidir oʻrganish qiyin boʻlishiga qaramay, janob Greyda qobiliyat bor“[30].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hackett, Stephen. „Introducing Relay FM's 2015 Summer Pilots“. Relay FM (2-iyun 2015-yil). 24-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2015-yil.
- ↑ „British Numbers confuse Americans – Numberphile“. 28-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr 2019-yil.
- ↑ 3,0 3,1 Romano, Aja „Let these chipper YouTube science vids fill you with existential terror“ (inglizcha). Vox (2-iyun 2016-yil). Qaraldi: 30-iyun 2022-yil.
- ↑ 4,0 4,1 Allegra Tepper. „These 10 Videos Turn Tough Topics into Child's Play, 7. C.G.P. Grey: Copyright: Forever Less One Day“. Mashable (24-iyul 2012-yil). 16-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-avgust 2012-yil.
- ↑ 5,0 5,1 Allocca, Kevin. Videocracy: How YouTube Is Changing the World . . . with Double Rainbows, Singing Foxes, and Other Trends We Can't Stop Watching (inglizcha). Bloomsbury Publishing, 25-yanvar 2018-yil. ISBN 978-1-4088-8029-6.
- ↑ Veritasium. „Science YouTubers Unite! feat. ... CGP Grey“ (28-iyun 2012-yil). 31-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2013-yil.
- ↑ „Numbers confuse Americans – Numberphile“. Numberphile (YouTube) (25-iyul 2013-yil). 17-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2013-yil.
- ↑ Johnson. „Eskimos do not have 100's of words for snow, and other myths debunked“. CBS (24-yanvar 2012-yil). 4-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-fevral 2023-yil.
- ↑ Savage, Lesley. „How to become a British monarch and why it won't be you“. CBS (17-iyul 2013-yil). 18-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2016-yil.
- ↑ Shaw. „Learn about the London inside London“. IT World (23-iyul 2012-yil). 25-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-avgust 2012-yil.
- ↑ Gibbs. „How to Become the Lord Mayor of the (Secret) City of London“. Gizmodo UK (20-sentabr 2012-yil). 23-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-sentabr 2012-yil.
- ↑ Quirk. „The Case Against Pennies Might Make You Want To Send Yours Back To Uncle Sam For Something Useful“. Consumerist (13-yanvar 2012-yil). 1-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-avgust 2012-yil.
- ↑ Johnson. „Death to Pennies“. The Feed Blog. CBS (30-noyabr 2011-yil). 29-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2013-yil.
- ↑ Blake.. „Why is the pope always so old? (Video)“ (25-fevral 2013-yil). 3-mart 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2013-yil.
- ↑ Jolivet. „How to become pope instructional video goes viral“. Yahoo! Canada (21-fevral 2013-yil). 25-fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2013-yil.
- ↑ Usborne, Simon „How to explain absolutely anything: Academics pick apart mysteries of“ (inglizcha). The Independent (31-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 30-iyun 2022-yil.
- ↑ Love, Dylan „Not Even Doctors And Lawyers Are Safe From Machines Taking Their Jobs“. Business Insider (13-avgust 2014-yil). 26-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2014-yil.
- ↑ „Why Robots Will Steal Your Job, In One Brutal 15 Minute Video“. HuffPost (18-avgust 2014-yil). 17-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-oktabr 2017-yil.
- ↑ Bagalà, Nicola „CGP Grey: The Fable of the Dragon-Tyrant | Lifespan.io“ (inglizcha). Lifespan Extension Advocacy Foundation (27-aprel 2018-yil). 26-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-mart 2020-yil.
- ↑ West, Brandon. At the Edge of Existence: Liminality in Horror Cinema Since the 1970s (inglizcha). McFarland & Company, 13-dekabr 2021-yil — 192-bet. ISBN 978-1-4766-4419-6.
- ↑ Limer, Eric. „The One Driving Technique That Could 'Solve' Traffic“. Popular Mechanics (31-avgust 2016-yil). Qaraldi: 6-sentabr 2022-yil.
- ↑ Limer, Eric. „The Beautifully Efficient Airplane Boarding Method That Mere Humans Just Can't Pull Off“. Popular Mechanics (5-fevral 2019-yil). Qaraldi: 6-sentabr 2022-yil.
- ↑ „CGP Grey & Brady Haran – 'Hello Internet' American iTunes Chart Performance“. iTunesCharts.net. 14-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2014-yil.
- ↑ 24,0 24,1 „The 50 best podcasts of 2016“ (21-dekabr 2016-yil). 22-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Top 3 Podcasts You Must Listen To in 2016“. Intention Deficit (31-dekabr 2015-yil). 22-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2016-yil.
- ↑ Oremus, Will (17-iyul 2015-yil). „Facebook's Piracy Problem“. Slate. The Slate Group LLC. 18-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-iyul 2015-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Dillet, Romain „How Relay FM Proves That Podcasts Aren't An Overnight Success“ (inglizcha). TechCrunch (18-avgust 2015-yil). Qaraldi: 20-iyul 2022-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Dewey, Caitlin. „This fascinating video explains everything you never understood about the Vatican“ (inglizcha) (11-aprel 2013-yil). Qaraldi: 30-iyun 2022-yil.
- ↑ Gans, Joshua. The Disruption Dilemma (inglizcha). MIT Press, 18-mart 2016-yil — 55-bet. ISBN 978-0-262-33384-9.
- ↑ Krulwich, Robert. „Wrong! Deconstructing 5 Famous History Stories“ (inglizcha). NPR (20-iyun 2014-yil). Qaraldi: 30-iyun 2022-yil.
Birlamchi manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Matnda bu havolalar oldidan qoʻsh xanjar (‡) qoʻyilgan:
- ↑ 1,0 1,1 „About CGP Grey“. YouTube.
- ↑ 2,0 2,1 „About CGPGrey2“. YouTube.
- ↑ 3,0 3,1 „About CGP Play“. YouTube.
- ↑ Grey, C.G.P. „One Year & 100,000 Subscribers Later (Thank You!)“. CGP Grey (30-yanvar 2012-yil). 1-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2013-yil.
- ↑ Grey, C.G.P. „Q&A with Grey #2 (One Million Subscribers)“ (20-noyabr 2013-yil). 10-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2019-yil.
- ↑ „Q&A With Grey for 500,000 Subscribers“. 21-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel 2017-yil.
- ↑ „#26: Pick your Poison“. Relay.FM. 2-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2017-yil.
- ↑ „Q&A With Grey #3: Millennia of Human Attention“. 7-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2017-yil.
- ↑ Haran, Brady; Grey, CGP „Nobody Owns the Facts“. Hello Internet. Hellointernet.fm (28-may 2014-yil). 15-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2014-yil.
- ↑ Grey, C. G. P.; Hurley, Myke „Cortex #10: Zero Artistic Skills“. Cortex. Relay FM (14-avgust 2015-yil). 16-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust 2015-yil.
- ↑ Andoza:Cite podcast
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wikimedia Commonsda CGP Grey mavzusiga oid fayllar bor. |