Caitlin Yankowskas
Caitlin Yankowskas | |
---|---|
Yankowskas va John Coughlin | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Birlashgan Qirollik |
Oldin vakil boʻlgan | AQSh |
Tavalludi |
6-may 1990-yil Nashua, New Hampshire |
Boʻyi | 1.60 m (5 ft 3 in) |
Sherigi | Hamish Gaman |
Oldingi sheriklari | John Coughlin |
Uchishni boshlagan | 1994 |
Yakunlagan | 2015 |
Caitlin Yankowskas (talaffuzi: Keytlin Yankovskas; 1990-yil 6-mayda tugʻilgan) — amerikalik sobiq figurali uchuvchi. 2007-yildan 2011-yilgacha John Coughlin bilan juftlikda Amerika Qoʻshma Shtatlari vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan. Juftlik 2010 Cup of China musobaqasining bronza medali sovrindori boʻlgan va 2011-yilgi AQSh milliy chempionatining gʻoliblari hisoblanadi. Yankowskas sherigi Hamish Gaman bilan birga Buyuk Britaniya vakili sifatida konkida uchgan. Ular 2015-yilgi Challenge Cup turnirining kumush medali sohiblari va 2015-yili Britaniyaning milliy chempioni boʻlgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Coughlin bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yankowskas 2007-yil iyun oyida Colorado shtatining Colorado Springs shahrida oʻzining yangi murabbiyi Dalilah Sappenfild qoʻl ostida musobaqalarda qatnashish uchun tayyorgarlik koʻrgan. Sappenfild John Coughlinni sherik sifatida Yankowskasga taklif qilgan va ular 2007-yil avgust oyining boshida juftlik hosil qilishgan. Juftlik 2008-yilgi AQSh chempionatida 6-oʻrinni egallagan va Gran-pri doirasidagi 2008 Skate America musobaqasida oʻzining debyutini amalga oshirgan[1].
2010 — 2011-yilgi mavsumda juftlikning „Ave Maria“ dastur namoyishi 2010-yilning fevralida vafot etgan Coughlinning onasi sharafiga bagʻishlangan edi. Juftlik 2010-yilda NHK Trophy musobaqasida ishtirok etib, 4-oʻrinni egallagan va Cup of Chinese turnirida birinchi Gran-pri medali - bronzani qoʻlga kiritgan. 2011 U. S. Nationals musobaqasida juftlik qisqa dastur namoyishi uchun birinchi oʻrinni egallab, oʻzlarining birinchi milliy unvonini qoʻlga kiritish uchun erkin dastur namoyishida ham gʻolib chiqqanlar[2].
Yankowskas va Coughlin juftligi 2011-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan oʻzlarining Jahon chempionati debyutida oltinchi oʻrinni egallagan; bu natija 2006-yildan beri amerikalik juftlikning eng yaxshi natijasi boʻlgan. Musobaqadan soʻng Coughlin Yankowskasga u bilan juftlik faoliyatini toʻxtatish istagini bildirgan. 4-may kuni juftlik hamkorligini tugatganini eʼlon qilgan[3].
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Coughlin bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2010 — 2011 |
|
|
2009 — 2010 |
|
|
2008 — 2009 |
|
|
2007 — 2008 |
|
|
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Amerika Qoʻshma Shtatlar vakili sifatida Coughlin bilan juftlikda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro | ||||
---|---|---|---|---|
Musobaqa | 2007 — 08 | 2008 — 09 | 2009 — 10 | 2010 — 11 |
Jahon chempionati | 6 | |||
Toʻrt qitʼa | 4 | 4 | ||
Cup of China | 3 | |||
GP NHK Trophy | 4 | |||
GP Skate America | 6 | |||
GP Skate Canada | 7 | |||
Ice Challenge | 1 | |||
Nebelhorn Trophy | 6 | |||
Milliy | ||||
AQSh chempionati | 6 | 7 | 6 | 1 |
Midwestern Sections | 1 | 1 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Walker, Elvin. „Yankowskas and Coughlin win gold with stirring tribute“. GoldenSkate.com (2011-yil 29-yanvar). 2011-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-fevral.
- ↑ „2011 U.S. Pairs Champions Yankowskas and Coughlin Announce End of Partnership“. U.S. Figure Skating (2011-yil 4-may). 2011-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-may.
- ↑ „After finishing 6th at worlds, US champs split“. Associated Press. usatoday.com (2011-yil 4-may). Qaraldi: 2011-yil 4-may.