Cal Newport
Cal Newport | |
---|---|
Tavalludi | 23-iyun 1982-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Taʼlimi |
Dartmouth kolleji (BA) Massachusetts Institute of Technology (MS, PhD) |
Kasbi | Georgetown universitetida professor |
Unvoni | Professor, PhD |
Veb-sayti | calnewport.com |
Calvin C. Newport (23-iyun 1982-yil) — amerikalik non-fikshn janrdagi adabiyotlar muallifi va Georgetown universitetining kompyuter fanlari boʻyicha professori[1].
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Newport 2004-yilda Dartmouth kollejida bakalavr darajasidagi oʻqishini tugatgandan soʻng, 2009-yilda Massachusetts texnologiya institutida kompyuter fanlari boʻyicha PhD darajasini oldi[2][3]. 2009-2011 yillar davomida MIT universiteti qoshidagi kamputer fanlari idorasida doktoranturadan keyinggi yordamchi sifatida faoliyat yuritgan. Uning bobosi, John Newport, Baptist ruhoniysi va dinshunos boʻlgan[4].
Ish faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Newport 2011-yilda Georgetown universitetida kompyuter fanlari boʻyicha yordamchi professor sifatida ish boshladi va 2017-yilda toʻliq professor lavozimiga saylandi. Uning ishi murakkab algoritmlarda taqsimlangan tarmoqlarga qaratilgan boʻlib, u tabiatdagi aloqa tizimlarini oʻrganishni ham oʻz ichiga oladi[5]. Newport hozirda Georgetown universitetning komputer fanlari boʻyicha atoqli professorlaridan biri[6] va shuningdek, sakkizta kitobning muallifidir[7].
Newport Study Hacks blogini 2007-yilda boshlagan boʻlib, u „Raqamli zamonda qanday qilib samarali, qimmatli va mazmunli ishlarni bajarish kerakligi haqida“ yozgan[8].
Newport oʻzining „Deep work: chalgʻitilgan dunyoda muvaffaqiyatga yoʻnaltirilgan qoidalar“ (2016) nomli kitobida „chuqur mehnat“ atamasini kiritgan boʻlib, u uzoq vaqt davomida diqqatni jamlab, email yoki ijtimoiy tarmoqlar kabi chalgʻituvchi omillarsiz biror ishni samarali bajarishga qaratilgan[9]. Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish mansab uchun juda muhim degan daʼvoga qarshi chiqadi[10].
2017-yilda u „raqamli minimalizm“ni qoʻllab quvatlashni boshladi[11]. 2021-yilda u chat va elektron pochta roliga[12] „Giperaktiv asalari aqli“ sifatida murojaat qila boshladi[13].
Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Tarjimasi |
---|---|---|
2005 | How to Win at College | Qanday qilib kollejda yutish haqida |
2006 | How to Become a Straight-A Student | Qanday qilib aʼlochi oʻquvchiga aylanish haqida |
2010 | How to Be a High-School Superstar | Qanday qilib yuqori maktabda yulduzga aylanish haqida |
2012 | So Good They Canʼt Ignore You: Why Skills Trump Passion In The Quest For Work You Love | Juda yaxshi, ular sizni eʼtiborsiz qoldirolmaydilar: Ish qidirishda siz yaxshi koʻrgan Nima Uchun Ishtiyoqi koʻnikmalari haqida |
2016 | Deep Work: Rules for Focused Success in a Distracted World | Diqqat: Chalgʻituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari |
2019 | Digital Minimalism: Choosing a Focused Life in a Noisy World | Shovqunli dunyoda intozmli hayotni tanlash haqida |
2020 | The Time-Block Planner | Vaqtni toʻgʻri rejalashtirish haqida |
2021 | A World Without Email | Elektron pochtasiz dunyo haqida |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.penguinrandomh Cal Newport". Penguin Random House. 2023. Retrieved July 15, 2023.
- ↑ https://people.csail.mit.edu/cnewport/pubs/CalvinNewportDissertation.pdf (PDF) (PhD dissertation). Massachusetts Institute of
- ↑ https://people.csail.mit.edu/cnewport/pubs/CalvinNewportCV.pdf Newport, Calvin. Curriculum Vitae.
- ↑ „Retrieved October 12, 2020.“. 2024-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-sentyabr.
- ↑ people.cs.georgetown.edu. /
- ↑ mit.edu Retrieved August 28, 2020.
- ↑ calnewport www.calnewport.com. Retrieved March 12, 2021.
- ↑ calnewport Retrieved December 3, 2016.
- ↑ https://www.entrepreneur.com/article/269805 Entrepreneur. Retrieved May 19, 2021
- ↑ https://www.nytimes.com/2016/11/20/jobs/quit-social-media-your-career-may-depend-on-it.html The New York Times. ISSN 0362-4331. Retrieved May 19, 2021.
- ↑ http://calnewport.com/blog/2017/02/13/facebook-phreaks-and-the-fight-to-reclaim-time-and-attention/ calnewport.com. Retrieved March 23, 2017.
- ↑ https://www.newyorker.com/tech/annals-of-technology/e-mail-is-making-us-miserable The New Yorker. Retrieved May 19, 2021.
- ↑ https://www.fastcompany.com/90610764/completely-had-it-with-email-give-personal-personal-office-hours-a-try Fast Company. Retrieved May 19, 2021.