Kontent qismiga oʻtish

Canelones (Urugvay)

Koordinatalari: 34°31′0″S 56°17′0″W / 34.51667°S 56.28333°W / -34.51667; -56.28333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Canelones

Canelones
34°31′0″S 56°17′0″W / 34.51667°S 56.28333°W / -34.51667; -56.28333
Mamlakat Urugvay
Asos solingan 1782
Aholisi
19,865
Vaqt mintaqasi UTC-3:00
Telefon kodi +598 433
Pochta indeks(lar)i 90000
Canelones xaritada

Canelones (ispancha talaffuzi:kaneˈlones) – Urugvaydagi Canelones departamentining markazi. Shahar nomi daryo boʻyida oʻsadigan „kanelon“ deb ataladigan doljin turidan olingan[1].

Shahar Montevideodan 50 km shimolda, 5-marshrut va 64-marshrut kesishgan hududda joylashgan. Shahar Arroyo Kanelon Chiko daryosining gʻarbiy qirgʻogʻi bilan tutashgan.

Canelones shahri 1783-yil 24-aprelda Villa Guadalupe nomi bilan tashkil etilgan. Keyinchalik u respublikaning oldingi toʻqqiz departamentidan birining poytaxtiga aylangan. Bu yerga temir yoʻl 1874-yilda kelgan. 1916-yil 2-martda shahar nomi Canelonesga oʻzgartirilgan va uning maqomi 5.400-sonli Ley qonuni bilan shahar darajasiga koʻtarilgan[2].

2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Canelones shahri aholisi 19,865 kishidan iborat boʻlgan[3]. Canelones xuddi shu nomdagi departamentning markazi boʻlsa-da, departamentning boshqa ikkita shahri, Ciudad de la Costa va Las Piedras bilan solishtirganda aholisi ancha kamroq.

Yil Aholi soni
1908 8,523
1963 14,028
1975 15,988
1985 17,323
1996 19,388
2004 19,631
2011 19,865
2017 32,743

Manba: Urugvay Milliy universiteti[2].

Shaharda koʻplab kichik va yirik uzumzorlar hamda vino zavodlari mavjud. 1987-yilda „Frigorífico Canelones“ omborxonasi tashkil etilgan boʻlib, u oʻsha paytdan beri shahar sanoatiga hissa qoʻshib kelmoqda[1].

Ibodat joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Guadalepu cherkovi.

Mashhur shaxslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Diego Lugano, Urugvay milliy futbol terma jamoasi sardori.
  • Pablo Gabriel Garsiya, PAOK FC futbolchisi.
  • Matias Vecino, futbolchi.
  • Fakundo Peraza (1992-yil 27-iyulda tugʻilgan), futbolchi.
  • Robert Siboldi, sobiq futbolchi va Santos Lagunaning menejeri[4].
  • Sebastyan Rodriges (1992-yilda tugʻilgan), futbolchi.
  • Andrea Trujillo, hamshira.
  1. 1,0 1,1 „ELECCIONES - Canelones“. El Observador. 2012-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-fevral.
  2. 2,0 2,1 „Statistics of urban localities (1908–2004)“. INE (2012). 2009-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-sentyabr.
  3. „Censos 2011 Cuadros Canelones“. INE (2012). 2012-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
  4. ESPN „Santos' Siboldi resigns after staff-player dustup“ (en). ESPN.com (2018-yil 9-avgust).