Kontent qismiga oʻtish

Centaurea tchihtcheffii

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Centaurea tchihtcheffii
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Centaurea
Binar nomi
Centaurea tchihatcheffii

Chixachevaning joʻxori guli yoki Chixachevaning boshchasi (lotincha: Centaurea tchihatcheffii, turkcha: Sevgi Çiçeği; Yanardöner) – joʻxoriguldoshlar oilasiga mansub oʻsimlik. Endemik, Turkiyada oʻsadi va yoʻqolib ketish xavfi ostida.

Yovvoyi holda faqat Anqara, Goʻlboshi mintaqasida, asosan Mogan koʻli yaqinida oʻsadi. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) mezonlariga koʻra, oʻsimlik yoʻqolib ketish xavfi ostida (CR) deb tasniflanadi. Qishloq xoʻjaligida kimyoviy moddalar va gerbitsidlardan foydalanish, dam olish zonalarini yaratish natijasida oʻsimliklar soni kamayib bormoqda.

Dengiz sathidan 900-1000 metr balandlikda, dasht va dehqonchilik dalalarida oʻsadigan bir yillik oʻsimlik[1]. Poyasi tik, barglari tukli[2]. Oʻsimlik qizil va binafsha rangdan pushti-qizil va och pushti ranggacha boʻlgan yorqin rangli gullarga ega. Gullar quyoshda va shamolda porlaydi, shuning uchun mahalliy aholi orasida gul Yanardöner nurli, porloq nomini olgan. Gullash bahor oxirida boshlanadi va yozning boshigacha davom etadi (eng faol davr may-iyun).

Bu tur Centaurea turkumining boshqa vakillarida uchramaydigan gʻayrioddiy va oʻziga xos xususiyatlarga ega. Misol uchun, Centaurea tchihatcheffii silliq, oʻyilgan uchlari boʻlgan yorugʻlikni aks ettiruvchi jingalak bargli gullarga ega. Bundan tashqari, oʻsimlik qurgʻoqchil va unumsiz yerlarda yaxshi oʻsadi.

Gul birinchi marta 1848–yilda rus olimi Pyotr Aleksandrovich Chixachev tomonidan Kichik Osiyoga ilmiy ekspeditsiya paytida topilgan. Hujjatlar Fransiya Botanika Jamiyatiga (Sociéte botanique de France, SBF) taqdim etilgan. 1854–yilda rus sistematik botaniklari F. B. Fischer va K.A Meyer turni Centaurea tchihtcheffii nomini berishgan[2].

Shveytsariyalik botanik Boissier oʻzining Flora orientalis asarida[3] bu oʻsimlikni batafsil tasvirlab bergan, ammo Melanoloma tchihatcheffii nomi bilan. Oʻsimlikshunoslar Gerxard Vagenitz va Verner Greuter ham bu oʻsimlikni Cyanus tchihatcheffii nomi bilan tasniflashgan[4].

Oʻsimlik dastlab Afyonkarahisar viloyatida, Mehmetkoʻy qishlogʻi yaqinida topilgan. 1995–yilda, Goʻlboshi hududida, tadqiqot ishlari paytida yangi oʻsimliklar topildi, shundan soʻng davlat himoyasiga olindi[5].

Hozirda oʻsimlik davlat muhofazasida, populyatsiyani qayta tiklash boʻyicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

2002–yil oktabr oyida Turkiya zarbxonasi noyob gullar tasvirlangan tangalarni chiqardi, ular orasida Chixachevning joʻxori gullari ham bor edi[6].

  1. Centaurea tchihatcheffii Taxon Page“ (tr). Turkish Plants Data Service (TÜBİVES). 2013-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-yanvar.
  2. 2,0 2,1 Annales des sciences naturelles. Botanique. Ser.4, T.1:31 (1854)
  3. Sm. Pierre Edmond Boissier. Flora Orientalis T.3: 704 (1875)
  4. >>„Информация о Centaurea tchihtcheffii на сайте İPNİ“ (en). İPNİ. 2013-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-iyun.
  5. >>„Sadece Gölbaşı'nda açan 'Sevgi Çiçekleri'“ (tr). 2013-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-iyun.
  6. >„Монеты серии "Цветы"“. Монеты СССР, России и мира. 2013-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-yanvar.