Ceylon choyi
Sof Ceylon choyining sher tasvirli logotipi | |
Mahsulot turi | Choy |
---|---|
Egasi | Shri Lanka choy kengashi |
Mamlakat | Shri Lanka |
Ishlab chiqariladi | 1867-yil |
Bozorlar | Yaqin Sharq, Rossiya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi, AQSh, Yaponiya |
Shior | Ceylon choyi — sifat ramzi |
Veb-sayt | pureceylontea.com |
Ceylon choyi – bu Shri Lankada ishlab chiqariladigan choy brendi va ushbu mamlakat choyini tavsiflovchi tarixiy atama. Ceylon choyi nafaqat geografik tavsiflovchi atama sifatida, balki Shri Lanka madaniyati, merosi va oʻziga xosligining ustuni sifatida ham tasvirlanadi[1]. Shri Lanka choy kengashi Ceylon choyining sher tasvirli logotipining qonuniy egasi hisoblanadi. 2019-yilda Shri Lanka dunyodagi toʻrtinchi eng yirik choy yetishtiruvchi va uchinchi eng yirik choy eksportchisi boʻlgan[2]. Sher tasvirli logotipi 2016-yil holatiga koʻra 98 ta davlatda roʻyxatga olingan[3]. Ceylon choyi, asosan, ish haqi, yoqilgʻi narxlari va kommunal xizmatlarning oʻsishi tufayli ishlab chiqarish xarajatlarining ham oʻsishiga duch kelmoqda[4].
Qadoqlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Choy paketida Ceylonning sher tasvirli logotipi tushirilishi uchun u toʻrtta mezonga javob berishi kerak: 1) Sher tasvirli logotip faqat Ceylon choyining isteʼmol paketlarida ishlatilishi mumkin. 2) Paketda 100 foiz sof Ceylon choyi boʻlishi kerak. 3) U Shri Lankada qadoqlangan boʻlishi kerak. 4) Brend Shri Lanka choy kengashi tomonidan belgilangan sifat standartlariga mos kelishi kerak[5]. Ceylon choyi nazorat ostida ishlab chiqarilishi tufayli tanilgan choy hisoblanadi va undan yuqori foyda olish uchun uni qayta ishlangan shaklda sotish kerak. Logotipdan foydalanishni faqat litsenziyaga ega kompaniyalarga cheklash orqali choyning sifatini kafolatlash va sertifikatlangan yuqori sifatli mahsulotni qadrlaydigan koʻproq mijozlarning eʼtiborini jalb qilish mumkinligi taʼkidlangan[6].
Bozor va raqobat
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Sof Ceylon choyi“ kabi sof choylar bozori jahon bozorining atigi 10 foizini egallagan ixtisoslashgan bozorlardan biri hisoblanadi[7]. Maʼlumotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, Shri Lanka choyining bozordagi ulushi doimiy ravishda pasayib bormoqda, Keniya choyining ulushi esa yuqori sur’atlarda oʻsib, Shri Lankaning bozor ulushini egallab bormoqda[8].
Shri Lankaning choy eksportining 50 foizdan ortigʻi hali ham anʼanaviy choy (butun choy barglaridan tayyorlanadigan quruq choy) hissasiga toʻgʻri keladi, qolgan qoʻshilgan qiymatli boshqa choy turlari esa umumiy choy eksportining 40-45 foiziga (yashil choy, xushboʻy choy, organik choy, tez eriydigan choy, muzli choy va ichishga tayyor choy) toʻgʻri keladi. Biroq, qoʻshilgan qiymatga ega choy mahsulotlarining barcha turlari anʼanaviy choy eksportiga qaraganda yuqori narxga ega boʻladi[9]. Jahonda isteʼmolchilarning choyga boʻlgan xohish-istaklari oʻzgarib bormoqda, shuning uchun jahon bozorida oʻsib borayotgan talabni yanada takomillashtirilgan choy mahsulotlari bilan qondirish mumkin. Shri-Lanka choy sanoati raqobatbardosh ustunlikka ega boʻlsa-da, xalqaro marketing faoliyati bilan shugʻullana olmasligi tufayli ustunlikdan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda[10].
Homiylik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shri Lanka choy kengashi 2013-yil iyun oyidan boshlab Shri Lanka milliy kriket jamoasi va Shri Lanka ayollar milliy kriket jamoasiga homiylik qilish toʻgʻrisida Shri Lanka kriket tashkiloti bilan kelishuv imzolagan[11]. Ceylon choyi hozirgi kunda ham milliy jamoalarga homiylik qilishni davom ettirmoqda.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Wijesinghe, W. A. S. S. (2015). „The protection on geographical indications in developing countries: The case of Ceylon tea“. Balance - Multidisciplinary Law Journal. 1-jild, № 1. 11-bet. Qaraldi: 5 February 2021.
- ↑ „Annual Report 2019/20“. Ceylon Tea Brokers. Qaraldi: 5-fevral 2021-yil.
- ↑ „Annual Report 2016“. parliament.lk. Sri Lanka Tea Board. Qaraldi: 5-fevral 2021-yil.
- ↑ Hilal, M. H. M. (2020). „Sri Lanka's Tea Economy: Issues and Strategies“. Journal of Politics and Law. 13-jild, № 1. 1-bet. doi:10.5539/jpl.v13n1p1. Qaraldi: 5 February 2021.
- ↑ „Tea from Sri Lanka“. srilankabusiness.com. Sri Lanka Export Development Board. Qaraldi: 5-fevral 2021-yil.
- ↑ Johnsson, S.. The green gold from Sri Lanka - An explorative research of the value chain of raw material in developing countries. Småland: School of Business and Economics at Linnaeus University, 2016 — 72-bet. Qaraldi: 2021-yil 5-fevral.
- ↑ Kelegama, S.. The case for liberalization of tea imports for increasing value addition and enhancing tea exports of Sri Lanka. Colombo: Institute of Policy Studies, 2010-yil mart — 8-bet. Qaraldi: 2021-yil 5-fevral.
- ↑ Kithsiri, K.H.S. K.; Jayamanna, V.S.; Abewickrama, L. M. „Evaluation of Competitiveness of Ceylon Tea in the World Market“. Sri Lankan Journal of Agriculture and Ecosystems. 2-jild, № 1. 89-98-bet. doi:10.4038/sljae.v2i1.31. Qaraldi: 5 February 2021.
- ↑ Herath, H.M.U.N.; De Silva, S. (2011). „Strategies for Competitive Advantage in Value Added Tea Marketing“. Tropical Agricultural Research. 22-jild, № 3. 251–262-bet. doi:10.4038/tar.v22i3.3698. Qaraldi: 5 February 2021.
- ↑ Hilal, M. I. M.; Kaldeen, M. (2016). „International Tea Marketing and Need for Reviving Sri Lankan Tea Industry“. Journal of Management. 9-jild, № 1. 36-bet. doi:10.4038/jm.v9i1.7563. Qaraldi: 5 February 2021.
- ↑ „ʻʻCeylon Tea’’ - The Official Overseas Sponsor of Sri Lanka Cricket“. srilankateaboard.lk. Sri Lanka Tea Board. 2022-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-fevral 2021-yil.