Kontent qismiga oʻtish

Chakka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chakkasuzmaga oshkoʻklar aralashtirib tayyorlanadigan xushxoʻr parhez taom. Bu taom koʻproq Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida yoz oylarida tayyorlanadi. Chakka tayyorlash uchun suzma yaxshilab iylanib tuz, tuyilgan murch, mayda toʻgʻralgan koʻkpiyoz, kashnich, ukrop, rayhon qoʻshib aralashtiriladi. Chakka salat sifatida dasturxonga tortiladi.