Kontent qismiga oʻtish

Avliyo Chalabiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chalabiydan yoʻnaltirildi)
Avliyo Chalabiy
Avliyo Chalabiy Muhammad Zalli ibn Darvish
Tavalludi 25-mart 1611-yil
Vafoti 1682-yili
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya

Avliyo chalabiy (usmonli turkcha: اوليا چلبي; 1611–1682) — turkiyalik mashhur sayyoh va olim.

Istanbulda zargar oilasida dunyoga kelgan. U arab, fors va yunon tillarini, tarix, geografiya va she’riyat ilmi (po-etika)ni chuqur egallagan. Avliyo Chalabiy birmuncha vaqt Istanbuldagi Ayo Soʻfiya masjidida hofizlik (qorilik) qilgan. Soʻngra sulton saroyiga xizmatga olinadi, lekin koʻp oʻtmay harbiy xizmatga joʻnatiladi. U bir necha bor Turk armiyasining Azovga (1641) va Vengriyaga (1656) qilgan yurishlarida qatnashgan.

Avliyo Chalabiy Kichik Osiyo, Kurdiston, Suriya, Falastin, Mesopotamiya, Misr va Habashistonning koʻp joylarini kezib chiqqan (1640); u Janubiy Rossiya (1665), Qrim va Kavkaz, xususan, Ozarbayjon (1644—48), Ukraina (1656—58), Bolqon yarim orol (1656, 1680) boʻylab sayohat qilgan.

Bu mamlakatlarning tarixi, iqtisodiy, siyosiy ahvoli va xalqining urf-odati haqidagi qimmatli ma’lumotlar olimning "Sayyohning tarixi" yoki Sayohatnoma asarida keltirilgan. Bu asar tarixiy-etnografik manba sifatida alohida ahamiyatga ega. Asarning qoʻlyozmalari Turkiya, Fransiya, Angliya va boshqa mamlakatlarning qoʻlyozma asarlar fondlarida saqlanmoqda. "Sayohatnoma" 1897—1938-yilllar orasida 10 jildda turk tilida nashr etilgan. Uning ayrim qismlari Gʻarbiy va Sharqiy Yevropa tillariga, Moldova va Ukrainaga oid qismlari rus tiliga tarjima qilinib, 1961, 1979, 1983-yillarda nashr etildi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil