Chapqirgʻoq Qorasuv kanali
Chapqirgʻoq Qorasuv kanali | |
---|---|
Chapqirgʻoq Qorasuv kanali (yuqori qismida) | |
Tavsif | |
Uzunligi | 87 |
Suv sarfi | 160 m³/s |
Davlat | Oʻzbekiston |
Chapqirgʻoq Qorasuv kanali — Chirchiq daryosining chap sohilidan chiqarilgan kanal (daryo) (Toshkent viloyati). Yuqori Chirchiq gidrouzelidan boshlanib, Shamalak gidrouzeligacha davom etadi. Uzunligi 87 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 180 m³/s. Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq, Oʻrta Chirchiq, Oqqoʻrgʻon tumanlarida 165 ming ga yerni sugʻoradi. Kanalga koʻpgina soy suvlari kelib qoʻshiladi. Eng yiriklari: Juzuruqsoy, Parkentsoy, Samsaraksoy, Qizilsoy. Qorasuv kanali qadimgi kanallardan biri. Bir necha toʻgʻonli suv olish inshootlari bor. Ularning birinchisi — Nayman toʻgʻoni (kanalning 59 km da). 1926-yilda qurilgan boʻlib, RK7, RK71, Olgʻabos kanallariga suv beradi. 1930—1932- yillarda 74 km da Xontoʻgʻon suv olish inshooti qurildi. Inshoot toʻgʻon va Morgunenkov nomidagi RK8, RK9 kanallariga suv beradigan taqsimlagichlardan iborat. 1960—70-yillarda kanalning 3, 13, 36 va 56 km larida yana 4 suv olish uzellari qurildi. 68 km da kanalga Tuyaboʻgʻiz suv omborits&n kanal orqali suv olinadi. Chapqirgʻoq Qorasuv kanalining 36 km da I. A. Polvonov nomli Toshkent kanali boshlanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |