Chayon chaqishi
Chayon chaqishi — kishi hayoti uchun xavfli holat. Chayon chaqqan joyda kuchli ogʻriq seziladi, keyinchalik u qon tomirlari va nerv tolalari orqali butun tanaga tarqaladi. Oʻsha joy qizib, baʼzan "muzlab" jonsizlanadi, qichishadi, qizarib shishadi, goho unda pufakchalar paydo boʻladi; kishi holsizlanadi, boshi aylanadi va ogʻriydi, eti uvishadi. Ogʻirroq hollarda tomir tortishib, nafas olish, gapirish qiyinlashadi. Chayon chaqqan joyga nashatir spirti surtib, issiq qilish lozim, unga sarimsoq yoki piyozni ezib qoʻyish, margansovka (kaliy permanganat) eritmasi bilan vanna qilish ham mumkin. Chayon chaqqan kishida behollik alomatlari kuzatilsa, darhol vrachga murojaat etish zarur. Unga iloji boricha koʻp suyuqlik ichirish lozim. Chayon chaqishini oldini olish uchun chayon oʻlja qidirib kirib qolishi mumkin boʻlgan poyabzal, kiyim va boshqalarni qoqib-suqib kiyish maqsadga muvofiqdir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |