Chen Ir Son (Andrey Buirovich)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Chen Ir Son
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Chen Ir Son (Andrey Buirovich)
Tavallud sanasi 6-avgust 1921-yil (1921-08-06) (102 yosh)
Tavallud joyi Vladivostok Uzoq Sharq Respublikasi
Vafot sanasi 25-fevral 1981-yil(1981-02-25)
(59 yoshda)
Vafot joyi Olmaota Qozogʻiston SSR Sovet Ittifoqi SSSR
Ampluasi Hujumchi
Mukofotlari „Oʻzbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan murabbiy“ koʻkrak nishoni
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1946 Sovet Ittifoqi Dinamo (Olmaota)
1947 Sovet Ittifoqi Spartak (Olmaota)
1948—1953 Sovet Ittifoqi Dinamo (Olmaota)
1954—1955 Sovet Ittifoqi Urojay (Olmaota) 16 (0)
Boshqargan klublari
- Koreya Xalq Demokratik Respublikasi KHDR
1965—1967 Sovet Ittifoqi Politodel
1968 Sovet Ittifoqi Vostok
1969 Sovet Ittifoqi Qayrat
1974 Sovet Ittifoqi Dinamo (Selinograd)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Chen Ir Son Andrey Buirovich (Chen Ir-Song, Chen-Irson; 6-avgust 1921-yil, Vladivastok – 25-fevral 1981-yil, Olmaota, Qozogʻiston SSR) – koreys millatiga mansub sovet futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida toʻp surgan. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1966).

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1921-yil 6-avgustda Vladivostokda tugʻilgan.

1937-yilda Stalinning koʻchirish siyosati natijasida u Qozogʻistonda kelib qoldi. 1943-yilda „Dinamo“ (Olmaota) klubida oʻynay boshladi[1].

SSSR chempionatlarida u Olmaotaning „Dinamo“ (1946, uchinchi guruh, 1948—1953, „B“ toifasi, „Spartak“ (1947, ikkinchi guruh), „Lokomotiv“ / „Hosil“, keyinroq „Qayrat“ nomi ostida faoliyat yuriytgan (1954—1955, „B“ toifasidagi) jamoalarida oʻynagan.

1955-yilgi mavsumni futbolchi sifatida boshlagan Chen, mavsum boshidayoq bosh murabbiy Arkadiy Xoxmanning yordamchisi sifatida murabbiylikka oʻtdi. 1955-yilda „Urojay“ „B“ toifasidagi 2-zonaning 16 jamoasi ichida 10-oʻrinni egalladi. 1956-yilgi mavsumda jamoa juda past natijalar bilan boshlandi. Natijada 1-turdan soʻng Xoxman oʻrniga Moskvadan bosh murabbiy lavozimiga taniqli mutaxassis Pyotr Grigoryevich Zenkin taklif qilindi. Chen yanggi murabbiy bilan ishlashda davom etdi. Amaldagi „Qayrat“ning murabbiylar shtabi (Jamoa oʻz nomini 1956-yil 1-iyulda olgan). 1956-yilda 18 ishtirokchidan 15-oʻrin, 1957-yilgi SSSR chempionatining 3-chi zonasi „B“ toifasida 16 jamoadan 7-oʻringa yuqorilishida katta ishni bajardi[1].

1958-yil 5-iyunda Shimoliy Koreya sport tashkilotlarining iltimosiga binoan u Pxenyan shahriga yuborildi va u yerda bir necha yil Shimoliy Koreya milliy, yoshlar va boshqa terma jamoalarida maslahatchi murabbiy boʻlib ishladi. 1959-yilda u SSSR boʻylab turnega chiqqan Pxenyan terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan. 1966-yilgi jahon chempionatida sensatsion tarzda chorak finalga qadar yetib borgan KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi Myung Rye-hyun, Chen Ir Sonning shogirdlaridan edi[2].

1965—1967-yillarda Oʻzbekiston SSR futbol jamoasi „Politotdel“ (Doʻstlik kolxozi) klubi bosh murabbiyi boʻlib, klub bilan 1966-yilda „A“ toifasining ikkinchi guruhi final turnirida ishtirok etib, jamoa 3-oʻrinni egallagan. 1966-yilgi mavsum yakunida Politodel futbolchilari SSSR sport ustasi, Chen Ir Son esa Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoniga sazovor boʻldi.

1968-yilda Chen Ir Son „A“ toifasining 2-guruhida Qozogʻistonning boshqa ikkita jamoasi (Qaragʻandining „Shaxtyor“ va Chimkentning „Metallurg“) bilan birga oʻynagan „Vostok“ (Ust-Kamenogorsk) jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Gennadiy Kostyuchenko Chenning yordamchisi boʻlib ishlagan. Oʻsha davrda „Vostok“ unchalik yaxshi oʻyin koʻrsatmadi: 4-kichik guruhda 21 nafar turnir ishtirokchisi ichida atigi 15-oʻrin bilan kifoyalandi. Biroq, 1968-yilgi mavsumda jamoa QazSSR Vazirlar Kengashi sovrini uchun kubokni qoʻlga kiritdi. 7-aprel kuni Olmaota shahrida boʻlib oʻtgan final bahsida „Vostok“ jamoasi „Jambul Vosxod“ni 2:1 hisobida magʻlub etdi.

1969-yilda „Qayrat“ jamoasiga ustozlik qilgan. Birinchi bosqichda jamoa 1-14-oʻrinlar uchun kurashgan guruhga kirish uchun yetarli ochkoga ega boʻlmagan, autsayder turnirda esa „Qayrat“ 20 ta oʻrindan 17-oʻrinni egallab, „A“ toifasi birinchi guruhini tark etgandi.

Keyinchalik Chen Ir Son yana bir bor oʻzini professional jamoa murabbiyi sifatida sinab koʻrdi. 1974-yilda u 2-liganing 1-zonasida oʻynagan „Dinamo“ (Tselinograd) klubini boshqargan. Tselinograddagi ishlar yaxshi ketmadi va jamoa turnir jadvalida doimiy quyi pogʻonada edi. Musoboqaning 1-davrasi yakuniga yetganidan soʻng murabbiy almashdi. Iyulda Chen Ir Son oʻrniga Vladimir Kotlyarov keldi.

1970-yillarda oʻzining professional murabbiylik faoliyatini yakunlab, M.Kirov nomidagi Qozoq milliy universiteti jismoniy tarbiya kafedrasi oʻqituvchisi boʻldi.

U 1984-yil 25-fevralda Olmaotada vafot etdi, shaharning Shimoliy qabristoniga dafn qilindi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 100-letiyu Chen Ir Sona posvyaщaetsya
  2. „Chenovskaya zakalka“. 2015-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]