Kontent qismiga oʻtish

Chernika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chernika
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Chernika (Vaccinium) — erikadoshlarga mansub buta yoki yarim butalar turkumi. 200 dan ortiq turi bor. Yevrosiyo va Shim. Amerikaning oʻrta va sovuq iklim sharoitlarida, Kavkaz, Gʻarbiy va Sharqiy Sibir hamda Uzoq Sharqsa tarqalgan. Oddiy Ch. (V. myrtillus) turi AQSH va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ekiladi. Boʻyi 15—40 sm. Ildizi uzun, tarqoq. Gullari ochyashil, gulbandlarida yakkayakka joylashgan. May—iyunda gullaydi. Chetdan changlanadi. Mevasi iyul-avgustda yetiladi, tarkibida 12% oshlovchi modda, 44 mg% S vitamini, qand, limon va olma kislotasi, boʻyoq moddalari, siydik va qonda qand miqdorini kamaytiruvchi neomirtillin glikozidi bor. Yangi mevasidan kisel, vino, likyor va boshqa tayyorlanadi. Tibbiyotda Ch.ning quritilgan mevalaridan ich ketishini qoldiruvchi vosita sifatida foydalaniladi. Oq qaragʻay, qaragʻay, eman, qayin, kashtan oʻrmonzorlarida, tundra, oʻrmon tundra, toglarda usadi. Tabiiy holda ildizpoyasidan koʻpayadi.