Kontent qismiga oʻtish

Mixail Chernyaev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Chernyaev, Mixail Grigorevichdan yoʻnaltirildi)
Mixail Chernyaev
Tavalludi 22 oktyabr (3-noyabr) 1828
Vafoti 16-avgust 1898
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi
Otasi Q60832428?

Mixail Grigoryevich Chernyayev (ruscha: Михаил Григорьевич Черняев; 3 noyabr 1828 — 16 avgust 1898) — rus mustamlakasi harbiy arbobi, generalleytenant (1882). Dvoryan oilasida tugʻilgan. Harbiy akademiyani tugatgan (1853), Krim va Kavkaz urushlarida qatnashgan. 1864—65 yillarda alohida Gʻarbiy Sibir otryadiga qoʻmondonlik qilib Qoʻqon xonligiga qarashli Avliyoota, Shimkent va Toshkentntl bosib olgan (qarang Alimqul, Darxon jangi) va Rossiya imperiyasi tarkibida yangi tashkil etilgan Turkiston oblasti harbiy gubernatori etib tayinlangan. Toshkent Rossiyaning keyinroq Oʻrta Osiyo xonliklarini bosib olishi uchun tayanch punktiga aylantirilgan. Mansabini suiisteʼmol qilgani uchun 1866 yil isteʼfoga chiqarilgan. 1873 yildan (1878 yilgacha) harbiy publitsist R.A. Fadeyev bilan hamkorlikda Peterburgda "Rus dunyosi" ("Russkiy mir") konservativmillatchilik ruhidagi gaz. nashr qildirgan. Gersegovina Bosniya qoʻzgʻoloni (1875—78) boshlanganda rus hukumatining istagiga qarshi, yashirin ravishda Belgradga ketgan (1876) va serblar armiyasiga qoʻmondon etib tayinlangan. Bu armiya Serbiya va Chernogoriyaning Turkiya bilan boʻlgan urushida magʻlubiyatga uchragan (1876). 1877—78 yillardagi Rossiya—Turkiya urushi boshlanganda Ch. harbiy xizmatga jalb kilingan, birok, harakatdagi armiyada bironbir mansabga tayin etilmagan. 1882—84 yillarda Turkiston generalgubernatori. 1886 yildan isteʼfoda. Ch. Toshkentni bosib olishda xam, gubernatorlik faoliyati davrida ham Rossiya hukumatining mustamlakachilik siyosatini izchil amalga oshirishga harakat qilgan[1].