Kontent qismiga oʻtish

Chimkent

Koordinatalari: 42°18′0″N 69°36′0″E / 42.30000°N 69.60000°E / 42.30000; 69.60000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Shimkentdan yoʻnaltirildi)
Chimkent, Shimkent

qozoqcha: Шымкент
shahar
Chimkent, Shimkent
Gerb
42°18′0″N 69°36′0″E / 42.30000°N 69.60000°E / 42.30000; 69.60000
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Janubiy Qozogʻiston viloyati
Hukumat
 • Akim Murat Aytenov
Ilk eslatilishi XII
Avvalgi nomlari Chimkent, Cherniyaev
Maydon 347 km2 (134 kv mi)
Markazi balandligi 506 m
Rasmiy til(lar)i qozoqcha
Aholisi
 (2020-yil 1-mart)
1 200 000[1]
Milliy tarkib qozoqlar 67.47%
oʻzbeklar 17.69%
ruslar 8.91%
ozarbayjonlar 1.74%
tatarlar 1.01%
boshqalar 3.18%
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 7252[2]
Pochta indeks(lar)i 160000[3]
Avtomobil kodi X, 13
Chimkent, Shimkent xaritada
Chimkent, Shimkent
Chimkent, Shimkent

Chimkent yoki Shimkent (qozoqcha: Шымкент, Şymkent,شىمكەنت) — Qozogʻistondagi respublika ahamiyatidagi shahar[4]. Viloyat markazi boʻlgan (1932—62 yillarda Janubiy Qozogʻiston viloyati, 1962—64 yillarda Janubiy Qozogʻiston oʻlkasi, 1964—92 yillarda Chimkent viloyati, 1992—2018-yillarda Janubiy Qozogʻiston viloyati markazi). Togʻ oldi tekisliklarida, Bodom va Sayram (Sirdaryo havzasi) daryolari oraligʻida. Jambul, Aris, Langar temir yoʻl yoʻnalishlarining chorrahasida joylashgan. Aholisi 1 200 000 kishi (2020-yil 1-mart)[1]. Qozogʻiston Respublikasidagi Olmaota va Ostonadan keyingi uchinchi shahar. Viloyat va shahar rasmiylariga koʻra, Chimkentning millioninchi fuqarosi 2018-yil 17-may kuni tugʻilgan[5]. Shuningdek, Chimkent asosiy korxonalar, savdo va marifat markazi deb ham hisoblanadi. Shahar Olmaotadan 690 kilometr (430 mi) gʻarbda, Ostonadan 1,483 kilometr (920 mi) janubda va Toshkentdan 120 kilometr (75 mi) shimolda joylashgan.

Chimkent 11-asrda Xitoydan Oʻrta Osiyo va Gʻarbiy Osiyoga oʻtgan savdo yoʻli („Ipak yoʻli“) ustida vujudga kelgan. 16-asrdan 18- asr oxirigacha Qozoq xonligining tarkibiga kirgan. 19-asr boshidan Qoʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan, 1864-yil Rossiya bosib olgan va Rossiyaning Oʻrta Osiyodagi maʼmuriy va harbiy tayanch punktiga aylantirilgan. Shaharning sust rivojlanishiga temir yoʻldan uzoqligi ham taʼsir etgan. Faqat 1915-yil Aris — Chimkent liniyasi shaharni Orenburg — Toshkent magistrali bilan bogʻladi. 1924-yilgacha Chimkent Turkiston Respublikasi tarkibida. Oʻrta Osiyoda milliy chegaralanish oʻtkazilgandan keyin Sirdaryo guberniyasining maʼmuriy markazi, soʻng okrug markazi boʻlib Qozogʻiston Muxtor SSR tarkibiga kirdi.

Chimkent shahrining aholisi 2013-yilgi statistikaga koʻra 672 416 kishini tashkil qildi. Aholisi boʻyicha Respublikada uchinchi oʻrinda (Almati va Astanadan keyin). Aholining milliy tarkibi quyidagicha: qozoqlar 55,7 %, ruslar 15,7 %, oʻzbeklar 15 % , ozarbayjonlar 1,86 % , tatarlar 1,54 % , koreyslar 1,00 %, ukrainlar 0,54 % , turklar 0,51 % va boshqalar[6].

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
189711,194—    
190817+51.9%
191319+11.8%
193974+289.5%
1959153+106.8%
1970247+61.4%
1977303+22.7%
1979321,535+6.1%
1989392,977+22.2%
1992405,5+3.2%
1993409,7+1.0%
1994411,4+0.4%
1995414,4+0.7%
YilAholi±%
1996417,9+0.8%
1997417,4−0.1%
1998419,7+0.6%
1999435,3+3.7%
2000482,9+10.9%
2001502,7+4.1%
2002506,7+0.8%
2003513,1+1.3%
2004521,2+1.6%
2005526,1+0.9%
2006535,1+1.7%
2007554,6+3.6%
2008602,3+8.6%
YilAholi±%
2009615+2.1%
2010629,1+2.3%
2011642,6+2.1%
2012662,3+3.1%
2013683,3+3.2%
2015858,147+25.6%
2016885,799+3.2%
2017932,234+5.2%
20181,002,291—    
20191,023,618—    
20201,056,309—    
Chimkent iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 22,2 24,5 30,7 33,0 37,8 43,0 44,6 42,2 39,2 34,4 30,5 25,4 42,6
Oʻrtacha maksimal, °C 4,1 6,6 12,9 19,2 25,1 30,0 32,7 32,1 27,2 18,8 12,1 6,0 18,9
Oʻrtacha harorat, °C 0,7 1,6 7,6 13,6 19,1 23,7 26,3 25,3 19,9 12,3 6,4 0,9 13,0
Oʻrtacha minimal, °C −4,8 −2,7 3,0 8,3 12,9 16,7 19,1 17,9 12,8 6,6 1,7 −3,1 7,4
Mutlaq minimal, °C −31,1 −28,9 −23,9 −5 −2,8 5,5 7,8 7,0 −1,1 −12 −30 −26,1 −31,1
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 73 70 83 69 56 16 12 4 10 41 67 75 576
Manba: Погода и климат

Shahar sanoati mahalliy qishloq xoʻjaligi xom ashyolari va foydali qazilmalarni qayta ishlash negizida rivojlanmoqda. Yirik korxonalari Qoratov va Jungʻariya Olatovidagi konlar asosida ishlaydigan qoʻrgʻoshin zavodi, temirchilikpress uskunalari ishlab chiqaradigan, „Fosfor“ (mineral oʻgʻitlar va boshqa ishlab chiqariladi), „Chimkentshina“ ishlab chiqarish birlashmalari, „Elektroapparat“, neftni qayta ishlash, kimyofarmatsevtika, sement, gʻisht zavodlari va boshqalar ishlab turibdi. Yengil (paxta tozalash, qorakoʻl zdlari), oziq-ovqat (goʻsht kombinati, yogʻ ekstraksiya, sutkonserva, mevakonserva, pivo zavodlari) sanoati korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 3 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Shahardagi 100-ga yaqin sport zallar, 7 stadion, 5 suzish bosseyni, 3 sport kompleksi, engil atletik manej koʻpchilikning koʻnglidan chiqib, faoliyat yuritmoqda.

  1. 1,0 1,1 „stat.gov.kz“. www.stat.gov.kz. 2020-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  2. „Janubiy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari“. 2013-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-noyabr.
  3. „Почтовые индексы Казахстана“. 2013-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-noyabr.
  4. Nurlan Sauranbayev. „Congratulation of Shymkent city akim N. Sauranbayev with the acquisition the city of republican significance“. 2018-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-iyun.
  5. Shymkent's Akimat. „A millionth resident of Shymkent received an apartment as a gift“. 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Численность населения РК по отдельным этносам, 2012-11-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-03-03