Kontent qismiga oʻtish

Chingiz Yakubov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Chingiz Yakubov
Tavalludi 5-may 1978-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Ukraina bayrogʻi Ukraina Rossiya bayrogʻi Rossiya
Otasi Fevzi Yoqubov

Chingiz Fevziyevich Yakubov (ukraincha: Чингиз Февзійович Якубов, qrim tatarcha: Çingiz Fevzi oğlu Yaqubov, 5-may 1972-yil, Toshkent) – ukraina va rus olimi, mashinasozlik sohasidagi mutaxassis. Qrim davlat muhandislik-pedagogika universiteti rektori (2016). Texnika fanlari nomzodi. Qrim Respublikasi Davlat kengashi deputati (2019). „Yedinaya Rossiya“ partiyasining aʼzosi.

60 dan ortiq ilmiy ishlar, 2 ta monografiya, 1 ta ixtiro va 6 ta deklarativ patentlar muallifi. Bitta texnika fanlari nomzodi tayyorlagan[1].

Sergey Aksenov bilan uchrashuv (2018-yil yanvar)

Chingiz Yakubov 1972-yil 5-mayda Toshkent shahrida tavallud topgan. Otasi Fevzi Yoqubov (1937–2019) – Qrim davlat muhandislik-pedagogika universiteti rektori (1993-2016) va Ukraina Qahramoni (2004) boʻlgan.

Chingiz Fevziyevich 1989–1994-yillarda Toshkent Davlat texnika universitetining mashinasozlik texnologiyasi yoʻnalishida tahsil olgab va „muhandis-mexanik“ sohasi boʻyicha malakasini oshirgan.

Aspiranturani 1998–2001-yillar oraligʻida Xarkov politexnika institutining kunduzgi taʼlimida oʻqigan.

Fevziyevich 2004-yilda KPIda „Yuqori tezlikda ishlaydigan asboblarning eskirishga chidamliligini ularning dastlabki xususiyatlarini maqsadli oʻzgartirish orqali oshirish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning ilmiy rahbari texnika fanlari doktori, professor A. I. Grabchenko boʻlgan.

Yakubov 2007-yilda Qrim Oliy Kengashi Prezidiumining qarori bilan „Metalga ishlov berish jarayonlarida ekologik toza COTSni yetkazib berishni minimallashtirish usuli“ loyihasi uchun ilmiy grant olgan[1].

2012-yilda Magdeburg universitetida nemis tilida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, muhandislik fanlari doktori ilmiy darajasini olgan[2].

Ijtimoiy va siyosiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chingiz Fevziyevich 2018-yilda Qrim Respublikasi rahbari huzuridagi Qrim-tatar xalqi kengashiga aʼzo boʻldi[3].

2019-yil 8-sentyabrda „Yedinaya Rossiya“ partiyasi[4] roʻyxati boʻyicha Qrim Respublikasi Davlat kengashi deputati etib saylandi.

Muhandislik fanlari doktori Yakubov 2020-yildan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar boʻyicha kengash aʼzosi boʻldi[5].

Chingiz oilali, toʻrt nafar farzandi bor[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 „Якубов Чингиз Февзиевич“. 2019-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-mart.
  2. „Новым ректором КИПУ стал сын Февзи Якубова“. 2016-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-mart.
  3. Noviy „organ“ krimskix tatar: dekoratsiya pustoti
  4. „Якубов Чингиз Февзиевич“. Государственный совет Республики Крым. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
  5. Rektor KIPU voshel v Sovet pri Prezidente RF po mejnatsionalnim otnosheniyam