Chjan Syan
Chjan syan (? miloddan avvalgi taxminan 103) — xitoylik diplomat va sayyoh. Miloddan avvalgi 138 yil imperator Udu tomonidan garbga, yuyechjilar bilan hunnularga qarshi ittifoq tuzish maqsadida yuborilgan. Hunnular qoʻliga tushib qolib, faqat 10 yil oʻtgachgina qochishga muvaffaq boʻlib sayohatini davom ettirgan. Qaytishda yana hunnular qoʻliga tushgan, lekin tez orada qochishga erishgan. Miloddan avvalgi 115 yil elchilarga bosh boʻlib Xitoy chegaralaridan gʻarbdagi koʻchmanchi usun qabilasi hukmdori (gunmo) huzuriga joʻnatilgan. Ch.S. uni Xitoy bilan ittifoq tuzishga koʻndirgan. Ch.S. tomonidan Xitoydan Oʻrta Osiyoga bosib oʻtilgan yoʻl keyinchalik Yevropada Buyuk ipak yoʻli nomini olgan.
Gʻarbiy oʻlkalar — Oʻrta Osiyo va Sharqiy Turkiston Ch.S. sayohatigacha xitoyliklarga nomaʼlum boʻlib kelgan. Xitoyning Gʻarbiy oʻlka bilan diplomatik aloqalar oʻrnatishiga asosiy sabab miloddan avvalgi 1-asrning 1yarmida hunnular bilan yuyechjilar (toxarlar) oʻrtasidagi urush boʻlgan. Bu urushda yuyechjilar yengilib, ularning aksari kismi hozirgi Gansu viloyatidan Yettisuvga koʻchgan, biroq bu yerda ham hunnular ularga tinchlik bermay quvgʻin qilganlar. Ular Oʻrta Osiyoning jan.ga, Baqtriyaga ketishga majbur boʻlishgan, u yerda YunonBaqtriya podsholigitl vayron etishda boshqa qabilalar bilan ishtirok etishgan. Keyinchalik yuyechjilarning avlodlari Kushon podsholigini barpo etishgan.
Yuyechjilar hunnularga qarshi kurashda oʻzlariga ittifoqchi izlashgan. Xitoyning Xan sulolasi ham hunnularga qarshi kurash olib bormoqda edi. Ch.S. gʻarb safarida unga hun yoʻlboshlovchisi Tani Xunuganfu hamriugik qilgan. Biroq yoʻlda u xunnular tomonidan qoʻlga olinib ularning hukmdori huzuriga keltirilgan. Ch.S.ni hunnu qizga uylantirganlar, undan bir oʻgʻil farzand kurgan. Pekin qulay fursat kelishi bilan u hamroxlari bilan asirlikdan qochib, sayohatini davom ettirgan. U qad. Fargona — Davanta kelgan. Davan hokimi Xitoy bilan diplomatik aloqalar oʻrnatish niyati borligini aytgan. Ch.S. Davan aholisi mashgʻuloti haqida qimmatli maʼlumotlar qoddirgan. Imperator Udiga, ayniqsa, Davan tulporlari yoqib qolgan. Ch.S. Davandan Kangyuyga (qarang Qang davlati) oʻtgan, soʻng jan.ga Daxya (Baqtriya)ga borgan. U yerda bir yil turib orqaga qaytgan, lekin yoʻlda yana hunnular qoʻliga tushib qolgan. Biroq 1 yildan keyin, hunnular oʻrdasidagi ichki nizolardan foydalanib Xitoyga qochib borishga muvaffaq boʻlgan. Uning gʻarbiy oʻlkalarga qilgan 1sayohati 13 yil davom etgan. U bilan yoʻlga chiqqan 100 ta hamrohidan atigi 2 kishi — oʻzi va yoʻlboshlovchisi sogʻsalomat qaytib kelishgan. Xitoyga qaytib kelgach, Ch.S. imperatorga batafsil hisobot tayyorlagan. Oʻz hisobotida Oʻrta Osiyodagi davlatlar, mulklar — Davan, Usun, Kangyuy, Daxya, Yansay, Katta Yuyechji va boshqa haqida maʼlumot keltirgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rtveladze E. V., Velikiy shyolkoviy put, T., 1999.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |