Kontent qismiga oʻtish

Choʻlbair togʻlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Cho`lbair tog`laridan yoʻnaltirildi)

Choʻlbair togʻlari — Surxondaryo viloyatidagi togʻlar. Hisor togʻ tizmasining janubi-gʻarbiy tarmoklaridan biri. Surxondaryoning ung irmoklari Holxanjar va Toʻpolondaryo orasida joylashgan. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa 60 km dan koʻproq masofaga choʻzilgan. Bal. 1500-2500 m. Eng baland joyi 3812 m. Yon bagʻirlari asimmetrik tuzilishga ega. Janubi-sharqiy yon bagʻirlari ancha tik (1500 m gacha). Koʻplab daryo tarmoqlari bilan kesilgan. Choʻlbair togʻlari antiklinal tuzilishga ega, asosan, toshkoʻmir, perm, boʻr, paleogen, neogen davri choʻkindi togʻ jinslaridan tashkil topgan. Iqlimi kontinental. Yogʻin shimoli-sharqiy qismida 800 mm dan koʻproq. Yon bagʻirlaridagi boʻz, jigarrang, qoʻngʻir tuproklarda bugʻdoydoshlar, turli butalar oʻsadi, archazorlar, yongʻoqzorlar bor. Hududidan yaylov sifatida foydalaniladi[1].

  1. "Choʻlbair togʻlari" OʻzME. Ch-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil