Kontent qismiga oʻtish

Yaltirbosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Choʻchqayolidan yoʻnaltirildi)

Yaltirbosh, choʻchqayoli — gʻalladoshlarga mansub kuzgi bir yillik begona oʻt turi. Oʻrta Osiyo, Rossiyaning Yevropa qismi, Kavkaz va Gʻarbiy Sibirda keng tarqalgan. Poyasi tuksiz, boʻyi 15—40 sm, barglari qalami tukli. Boshchasi yirik (23 sm), 5—10 gulli, toʻq olovrang, mevasi uchi qirrali, mayda don. Urugʻi 5 sm chuqurlikdan qiygʻos unib chiqadi (12 sm dan chuqur boʻlganda unmaydi). Ya faqat urugidan koʻpayadi. Bir oʻsimlik 2 minggacha urugʻ beradi. Urugʻi kuzda unib chiqib, qishlaydi, erta bahorda esa maysasining rivojlanishi davom etadi. Kurash choralari: urugʻlikni saralash, treflan, kotoran va boshqalar gerbipidlarni qoʻllash.