Choʻponota
Cho‘ponota | |
---|---|
Cho‘ponota kanalining istirohat bog‘iga burilish joyi | |
Tavsif | |
Uzunligi | 5,218 |
Suv sarfi | 400 m³/s |
Suv oqimi | |
Boshlanishi | Anhor |
Quyilishi | Bo‘zsuv |
Davlat | Oʻzbekiston |
Choʻponota, Choponota[1] – Toshkent shahrining Chilonzor va Uchtepa tumanlaridan oqib oʻtuvchi kichik sugʻorish kanali (ariq). Anhor kanalining oʻng tarmogʻi hisoblanadi. Ariq 1936-yilda qazib ishga tushirilgan. Quyilish joyi Quyi Bo‘zsuv kanali.
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Choʻponotaning uzunligi 5 km 218 m. Kanal tubi butun uzunligi boʻylab betonlangan[2][3]. Maksimal suv sarfi 400 l/s[2][4]. Toshkent ensiklopediyasiga koʻra 300 gektar [2], Q. Xolmatov va P. Baratovlar maʼlumotlariga koʻra kanal suvidan 500 gektar[4] yer maydoni sugʻoriladi.
Choʻponota kanalining boshlanishi Chilonzor restorani orqasida (Anhorning chap sohilida) joylashgan[2]. Ariq Anhordan oʻng tomonga oqib Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻini kesib oʻtadi[5]. Dastlab, kanal shimoli-gʻarbiy tomonga oqadi[5] va Chilonzor massivining 6, 8, 9, 13 va 12- kvartallari hududidan oʻtadi, Chilonzor tumanidan Uchtepa tumaniga oʻtadi. Bunyodkor shoh koʻchasi, Qatartol [4] koʻchalarini (chorrahada kichik qabriston [5]), Chapanota, Lutfiy, Farhod, Katta Xirmontepa va Foziltepani kesib oʻtadi[4]. Quyi oqimida gʻarbiy yoʻnalishda oqadi[5], qolgan suv Toshkent halqa yoʻli yaqinida, Oʻrikzor bozori[5] janubida joylashgan Boʻzsuv kanaliga[4] quyiladi. Ariqning butun yo‘nalishi butunlay betonlangan, kanal boʻylab 10 ta dyuker va 10 ta quvurli koʻprik bor[4].
1983—yilga kelib Choʻponota kanali 13 ta sugʻorish ariqlarini suv bilan taʼminlagan[4].
K.Xolmatov va P. Baratovning yozishicha, kanal qazish ishlari 1939—yilda olib borilgan[4][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sokolov Yu. A. Tashkent, tashkentsi i Rossiya. – Tashkent: „Uzbekistan“, 1965.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Тошкент: энциклопедия 2008.
- ↑ „Постановление № 282 Кабинета Министров Республики Узбекистан о мерах по улучшению санитарного состояния и благоустройства каналов на территории города Ташкента от 16 октября 2013 года. Приложение № 3. Перечень передаваемой в ведение Специализированного управления части системы магистральных каналов и сооружений, расположенных на территории города Ташкента“. 2014-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-yanvar.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 Холматов, Баратов 1983.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Атлас «Ташкент» малый 2007.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xolmatov Q., Baratov P. Toshkent shahrining irrigatsiya shoxobchalari. – Toshkent: „Fan“ UzSSR, 1983. – S. 31.(oʻzb.)
- Toshkent: ensiklopediya. / bosh tahrir hayʼati A. Akromov, B. Sh. Alimov, M. N. Aminov va boshq. – Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. – S. 495. – 784 s. – ISBN 978-9943-07-096-7. (st. „Suv xoʻjaligi“)(oʻzb.)
- Atlas „Tashkent“ maliy. / Chernyavskaya T. B. – Tashkent: Goskomgeodezkadastr, 2007. – 122 s. – ISBN 978-9943-15-128-4.