Kontent qismiga oʻtish

Chor baqqoli madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Chor baqqoli madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Amir Yormuhammad devonbegi
Binokorlik tashabbuschisi Amir Yormuhammad devonbegi
Asosiy sana:
XVII asr
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 8 ta


Chor baqqoli madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Chor baqqoli madrasasi XVII asrda Samarqand darvozasi guzarida[1], Buxoro xonligida hukmronlik qilgan ashtarxoniylar sulolasi davrida, Amir Yormuhammad devonbegi ibn amir Jonish tomonidan bunyod etilgan. Olga Suxareva maʼlumotlariga koʻra guzar oldida katta gumbazli masjid va yonida 12 hujrali yogʻochdan madrasa mavjud boʻgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Ushbu madrasaga oid maʼlumotlar Mavlono Miskin madrasasi vaqf hujjatida uchraydi. Hujjatda Chor baqqoli madrasasi uchun 7 ta doʻkon vaqf qilingan. Madrasa masjidga qoʻshilib ketgan boʻlib, yuqori va pastida hujralar, tahoratxona va maydon mavjud boʻlgan. Madrasa gʻarbida koʻcha, shimoli va sharqida hovlilar, janubida esa koʻcha boʻlgan. Amir Yormuhammad devonbegi madrasa uchun Buxoro shahrida oʻndan ortiq doʻkon, shayx Jalol xonaqohi yonidagi Kabadun, Gʻijduvon tumanidagi Varazung mavzesini, Komi Abu Muslim tumanidagi Panjkat kabi hududlarni vaqf qilgan. Madrasaga voqifning oʻzi mutavvali boʻlgan. Agar u vafot etsa, undan soʻng bu ishni uning avlodlari bajargan. Mazkur hujjat hijriy 1017-yil rajab oyining 23-kuni (1608-yil 2-noyabr) kuni rasmiylashtilgan va uning nusxasi Amir Shohmurod muhri bilan tasdiqlangan. Hujjatlarda madrasada mudarrislik qilgan oʻqutuvchilar va ularning maoshlari toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. Jumladan mulla Safar maoshi 30 tilla, mulla qudratulla maoshi 20 tillani tashkil etgan[2]. Chor baqqoli madrasasi 8 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.


  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.