Kontent qismiga oʻtish

Chorbogʻ masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Chorbogʻ masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Fargʻona viloyati
Shahar Bagʻdod tumani


Chorbogʻ masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi, Fargʻona viloyatining Bogʻdod tumanida joylahgan masjid. Bu masjid 1298-yilda bunyod etilgan hamda 1880 – 1881-yillarda qaytadan tiklangan[1].

Tashqi koʻrinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid qurilishida qatnashgan usta, meʼmor hamda homiylik qilgan isnolar haqida manba saqlanib qolmagan. Chorbogʻ masjidining janubiy va sharqiy tomonida ayvoni, xonaqohi hamda uning oldida kichikroq boʻlgan bogʻ ham mavjud boʻlgan. Hozirgacha hovuz hamda minora saqlanib qolmagan. Masjid xonaqohiga sharq va janub tomondan oʻymakorlik bilan bezatilgan eshiklar orqali kiriladi. Xonaqoh ichki devorlarida oddiy suvoqdan foydalanilgan boʻlib, shift qismiga ham bezak berilmagan. Bundan tashqari, bagʻalida 3 ta doira hamda toʻrtburchak shakldagi kitobadan iborat bezak mavjud. Bu kitobalar masjidning oxirgi taʼmirlanisi davrida qoʻyilgan degan tahmin bor. Bunga asosiy sabab qilib taxtachadgi soʻzlarni aniqlikda yozilmaganidir.

Mehrobdagi bezakda koʻkimtir rangdagi doira ichiga „ﷲ‎“ (Alloh) hamda „مُحَمَّد“ (Muhammad) soʻzlari yozilgan. Huddi shu rangdagi kitobaga esa Allohga nisbatan maqtovlar yozilgan. Masjid xonaqohining sharq tomondagi ayvoni 2 ta ustunga tiralgan. Ayvon devorlariga turli islimiy naqshlar hamda handasaga oid yozuvlar yozilgan.

Xonaqoh janubida joylashgan ayvonda sharq tomondagisiga qaraganda yaxshiroq bezaklar berilgan. Unga kirish qismida kayvon ham ishlatilgan hamda shifti 4 ta ustunga tiralib turgan. Xonaqoh devorlari va shift qismi Fargʻona naqsh va ganch maktablariga oid uslublar orqali bezalgan. Devorga 3 qator sharafa ishlatilgan[2].

  1. O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Farg'ona viloyati. Toshkent, UZBEKISTAN TODAY. — 185-bet. ISBN 978-9943-4510-2-5. 
  2. Azimov. Oʻzbekiston naqshu nigorlari. 113-bet. 

Oʻzbekiston obidalaridagi bitiklar Fargʻona viloyati. Toshkent, Uzbekistan today, 2016 — 353-bet. ISBN 978-9943-4510-4-9.