Bagʻdod tumani
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Fargʻona viloyati |
Maʼmuriy markazi | Bagʻdod (shaharcha) |
Asos solingan sanasi | 1926-yil |
Hokim | G‘anijon Soliyev[1] |
Rasmiy tili | Oʻzbek |
Aholi | 218 903 |
Zichligi | 580 kishi./km² |
Millatlar tarkibi | O'zbek, rus, tatar. |
Dinlar tarkibi | musulmonlar |
Maydoni | 330 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
40°30′14.4″N 71°13′15.6″E / 40.504000°N 71.221000°E |
Bagʻdod tumani — 1926-yilning 29-sentabrida tashkil topgan. 1962-yil 24-dekabrda Uchkoʻprik tumaniga qo’shib yuborildi 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzildi[2] Tuman Fargʻona viloyatining markaziy hududida joylashgan boʻlib, 333,3 km. kv maydonni egallaydi[3]. Chegaralarining umumiy uzunligi: 98,1 km. Janubdan Rishton (34,2 km), sharqdan Oltiariq (21,2 km), shimoldan Buvayda (19,5 km), gʻarbdan Uchko'prik (23,2 km) tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududidan „Qoʻqon-Andijon-Qoʻqon[sayt ishlamaydi]“ yoʻnalishi boʻyicha harakatlanuvchi temir yoʻl oʻtgan. Markazi — Bagʻdod shaharchasi. Hamda Katta Fargʻona kanali ham oqib oʻtgan, Bagʻdod tumani qishloqlari hamda Fargʻona vodiysidagi koʻplab qishloqlar haqida yozuvchi shoir Muqimiy oʻzining „Sayohatnoma“ asarida koʻplab maʼlumotlar keltirilgan.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bagʻdod tumani hududi tekislikdan iborat. Janubi-gʻarbida toshloqli dasht yerlar bor. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi −3°, iyulniki 26°. Yiliga 180 — 220 mm yogʻin tushadi. Tumandan Usmon Yusupov nomli Katta Fargʻona kanali oʻtadi. Tuprogʻi asosan qoʻngʻir-boʻz tuproq, ayrim joylarda shoʻr tuproq uchraydi. Shoʻra, shuvoq, yantoq, qamish, miya, oqbosh, yulgʻun va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Boʻri, tulki, quyon, yumronqoziq va boshqa hayvonlar uchraydi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisi 218 903 kishi (2021-yilning 1-yanvar holatiga koʻra)[4]. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km kvga 580 kishi. Aholisining 110,1 ayollar, 108,8 erkaklardan iborat. Asosan, oʻzbeklar (182.850 kishi), bundan tashqari ruslar (34 kishi), tojiklar (350 kishiga yaqin), qirgʻizlar (75 kishi) va boshqa millat vakillari (100 dan ortiq kishi) tashkil qiladi. Tuman hududida 1 ta shaharcha, 75 ta qishloq boʻlib, undagi 41 546 xonadondan 49 189 oila istiqomat qiladi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bagʻdod tumanida yetakchi tarmoq — paxtachilik. Paxta tozalash zavodi, don mahsulotlari va qurilish materiallari, mahalliy sanoat kombinatlari, mebel va poyabzal fabrikalari, avtobaza bor. Xoʻjaliklarda chorvachilik, bogʻdorchilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik bilan ham shugʻullaniladi. Tumanda 1 qoʻshma korxona, 134 kichik korxona va 1 kooperativ korxona mavjud. Bulardan eng muhimi „Fayz-Yavor“ mebel ishlab chiqarish Oʻzbek-Slovakiya qoʻshma korxonasidir.
Tumanning Ultarma qishlogʻida Oʻzbekiston Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutining Qoʻqon tayanch punkti joylashgan. 48 ommaviy kutubxona, 17 klub, 12 madaniyat uyi, 2 muzey, 745 oʻrinli 5 kasalxona, 62 tibbiyot punkti boʻlib, ularda 192 vrach, 1092 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (2000). 1931-yildan „Bagʻdod hayoti“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 4000).
Mavjud muassasalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda 6 ta kollej, 1 ta akademik litsey, 1 ta (88-sonli) maxsus maktab-internat, 1 ta „Musiqa va sanʼat“ maktabi, 55 ta umumiy oʻrta taʼlim maktab (2 tasi IDUMI, 1 tasi IDUM), 36 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, 4 ta BOʻSM, 1 ta futbol maktabi mavjud. Tumanda 1 ta markaziy va 3 ta qishloq uchastka shifoxonasi 21 ta qishloq vrachlik punkti bor. (2016-yil holatiga koʻra.) Korxona, tashkilot, muassasalar 33 tani tashkil qiladi. Roʻyxatdan oʻtgan xoʻjalik yurituvchilar soni 2783 ta. Yakka tartibda ish yurituvchi tadbirkorlar soni 1268 ta, yirik korxonalar 11 ta. (2016-yil holatiga koʻra.)
Madaniy yodgorliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanning Choʻrindi qishlogʻida „Aʼlam domla“ masjidi, Qorakoʻl qishlogʻida „Usmon ibn Ahmad Oqmozor buva“ ziyoratgohi (1700-yil), Maylovoy qishlogʻida „Suq mozor“ ziyoratgohi (1800-yil), Konizar qishlogʻida „Gʻavz ul-Aʼzam pir“ ziyoratgohi (XV—XVII asrlar), Matqulobod qishlogʻida „Katta masjid“, Ultarma qishlogʻida „Aʼlam buva“ ziyoratgohi kabi madaniy yodgorliklar saqlanib qolgan.[5]
Fuqarolar yigʻinlari faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozir tuman hududida 1 ta shaharcha (Bagʻdod) va 10 ta qishloq fuqarolar yigʻinlari faoliyat yuritadi.[6] Bular quyidagilar:
- Amirobod QFY (hududida 5 ta qishloq)
- Doʻrmancha QFY (hududida 5 ta qishloq)
- Zafarobod QFY (hududida 1 ta qishloq)
- Matqulobod QFY (hududida 9 ta qishloq)
- Paxtaobod QFY (hududida 11 ta qishloq)
- Samarqand QFY (hududida 3 ta qishloq)
- Tinchlik QFY (hududida 5 ta qishloq)
- Ultarma QFY (hududida 15 ta qishloq)
- Chuvalanchi QFY (hududida 14 ta qishloq)
- Xo'ja (hududida 6 ta qishloq)
- Bogʻdod SHFY (hududida 1 ta qishloq)
Ayni paytda QFY va SHFY hududida 56 ta mahalla fuqarolar yigʻini va 75 ta qishloq mavjud. Aholi punktlari 59 ta.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ ҒАНИЖОН СОЛИЕВ БАҒДОД ТУМАНИ ҲОКИМИ ЭТИБ ТАЙИНЛАНДИ
- ↑ „Farg’ona viloyati Bag’dod tumani tashkil etilgan kun“. http://taqvim.uz/uz. Taqvim.uz. Qaraldi: 2023-yil 6-fevral.[sayt ishlamaydi]
- ↑ O'zbekiston milliy ensiklopediyasi
- ↑ Fargʻona viloyati statistika boshqarmasi. www.farstat.uz
- ↑ Karima Ashurova. Bagʻdod va bagʻdodliklar. — T.: 2016;
- ↑ Bagʻdod tumani hokimiyati axborot xizmatihttps://bogdod.uz (Wayback Machine saytida 2021-07-25 sanasida arxivlangan)/
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |