Christopher Durno
Christopher Durno | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
31-oktyabr 1980-yil Scarborough, Ontario, Kanada | ||
Boʻyi | 6 ft 4 in (193 cm) | ||
Ogʻirligi | 205 lb (93 kg; 14 st 9 lb) | ||
Pozitsiyasi | hujumchi | ||
Oʻynagan jamoalari |
Colorado Avalanche Ritten-Renon | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2003—2013 |
Christopher Scott Durno (talaffuzi: Kristofer Skot Durno) (1980-yil 31-oktyabrda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Christopher Durno Milliy xokkey ligasida (NHL) „Colorado Avalanche“ xokkey klubi safida oʻynagan.
Oʻyin faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshligida Christopher Durno 1994-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida 'North York" kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[1].
Christopher Durno toʻrt yil davomida „Michigan Tech“ xokkey jamoasi bilan kollejda xokkey oʻynadi. Professional boʻlganidan soʻng, Christopher Durno ECHLda „Gwinnett Gladiators“ va Amerika xokkey ligasi (AHL) vakili „Milwaukee Admirals“ xokkey jamoalari safida oʻynadi. 2006—2007-yilgi mavsumni boshlash uchun Christopher Durnoni „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga taklif qilinganidan soʻng, u 2006-yil 25-sentyabrda klub bilan shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Christopher Durno klubning filiali „Norfolk Admirals“ xokkey jamoasiga yuborildi.
2006-yil 28-dekabrda Christopher Durno Sebastien Caron va Matt Keith bilan birga Bruno St. Jacques va P. A. Parenteau evaziga „Anaheim Ducks“ xokkey klubiga sotildi[2]. Keyinchalik, Christopher Durno 2007-yil 26-yanvarda „Nashville Predators“ xokkey klubi safiga qoʻshild[3].
Christopher Durno 2007—2008-yilgi mavsumni AHLning „San Antonio Rampage“ xokkey jamoasida oʻtkazdi. 2008-yil 3-iyulda Christopher Durno „Colorado Avalanche“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi[4]. Shundan keyin, Christopher Durno 2008—2009-yilgi mavsumni „Lake Erie Monsters“ xokkey klubi bilan boshladi[5]. 2009-yilning 18-yanvarida Christopher Durno NHLdagi debyutini „Calgary Flames“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (6-2 hisobida gʻalaba) o‘tkazdi[6].
2010-yil 25-iyulda Durno „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi[7].
Durno 2011-yil 15-iyulda „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Keyin Christopher Durno klubning AHLdagi filiali „Charlotte Checkers“ xokkey klubi safiga yuborildi[8]. 2011-yil 6-oktyabrda Christopher Durno yangi jamoaning muqobil sardori etib tayinlandi.
2012-2013-yilgi mavsumning oʻrtalarida Durno 2012-yil 20-noyabrda Italiyaning „Sport Ritten-Renon“ xokkey klubi bilan Yevropadagi birinchi shartnomasini imzoladi[9].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
1999—2000 | Michigan Tech | WCHA | 24 | 1 | 1 | 2 | 30 | — | — | — | — | — | ||
2000—2001 | Michigan Tech | WCHA | 35 | 9 | 6 | 15 | 46 | — | — | — | — | — | ||
2001—2002 | Michigan Tech | WCHA | 36 | 7 | 8 | 15 | 48 | — | — | — | — | — | ||
2002—2003 | Michigan Tech | WCHA | 35 | 5 | 11 | 16 | 60 | — | — | — | — | — | ||
2003—2004 | Gwinnett Gladiators | ECHL | 68 | 20 | 26 | 46 | 46 | 13 | 7 | 5 | 12 | 10 | ||
2004—2005 | Gwinnett Gladiators | ECHL | 66 | 20 | 36 | 56 | 101 | 8 | 5 | 2 | 7 | 8 | ||
2005—2006 | Gwinnett Gladiators | ECHL | 13 | 12 | 10 | 22 | 19 | — | — | — | — | — | ||
2005—2006 | Milwaukee Admirals | AHL | 57 | 20 | 20 | 40 | 52 | 21 | 2 | 2 | 4 | 18 | ||
2006—2007 | Norfolk Admirals | AHL | 22 | 4 | 1 | 5 | 61 | — | — | — | — | — | ||
2006—2007 | Portland Pirates | AHL | 12 | 1 | 1 | 2 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2006—2007 | Milwaukee Admirals | AHL | 29 | 13 | 3 | 16 | 24 | 4 | 1 | 2 | 3 | 10 | ||
2007—2008 | San Antonio Rampage | AHL | 80 | 23 | 26 | 49 | 109 | 7 | 0 | 2 | 2 | 26 | ||
2008—2009 | Lake Erie Monsters | AHL | 76 | 18 | 27 | 45 | 131 | — | — | — | — | — | ||
2008—2009 | Colorado Avalanche | NHL | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2009—2010 | Lake Erie Monsters | AHL | 17 | 10 | 8 | 18 | 20 | — | — | — | — | — | ||
2009—2010 | Colorado Avalanche | NHL | 41 | 4 | 4 | 8 | 47 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
2010—2011 | Norfolk Admirals | AHL | 73 | 19 | 17 | 36 | 120 | 3 | 0 | 0 | 0 | 4 | ||
2011—2012 | Charlotte Checkers | AHL | 53 | 5 | 7 | 12 | 58 | — | — | — | — | — | ||
2012—2013 | Ritten-Renon | ITL | 22 | 10 | 12 | 22 | 40 | 7 | 3 | 3 | 6 | 6 | ||
NHL jami | 43 | 4 | 4 | 8 | 47 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-fevral.
- ↑ „Blackhawks send Caron to Ducks in multi-player deal“. ESPN (2006-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2008-yil 10-noyabr.
- ↑ „Durno traded to Predators“. ESPN (2007-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2008-yil 10-noyabr.
- ↑ „Avalanche sign Tjarnqvist,Durno“. ESPN (2008-yil 3-iyul). Qaraldi: 2008-yil 10-noyabr.
- ↑ „Practise report:Chasing 300“. avalanche.nhl.com (2008-yil 30-dekabr). 2008-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-yanvar.
- ↑ „Durno Debut“. denverpost.com (2009-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2009-yil 27-yanvar.
- ↑ „Lightning sign free agent Left-winger Durno“. The Sports Network (2010-yil 25-iyul). 2010-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-iyul.
- ↑ „Hurricanes sign Chris Durno to one-year contract“. Carolina Hurricanes (2011-yil 15-iyul). Qaraldi: 2011-yil 25-iyul.
- ↑ „Ritten find replacement for Coassin in Durno“ (Italian). Sportverein Ritten-Renon (2012-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 20-noyabr.