Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniri
Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniri | |
---|---|
Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirining logosi | |
2009-yilgi turnir o'yinidan | |
Janri | o'smirlar xokkeyi |
Oʻtkazilishi | Har yili fevral oyida o'tkaziladi |
Oʻtkazilgan joyi | Videotron markazi |
Lokatsiya | Quebec |
Mamlakat | Kanada |
Ochilish | 1960-yil |
Founders | Gérard Bolduc, Paul Dumont va boshqalar |
Veb-sayt | tournoipee-wee.qc.ca/en/ |
Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniri Quebec shahridagi har yili oʻtkaziladigan kichik xokkey tadbiridir. Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniri 1960-yilda Quebec qishki karnavalida 12 yoshgacha boʻlgan oʻyinchilarga xalqaro musobaqalarda qatnashish imkoniyatini berish uchun tashkil etilgan. Turnir mahalliy Patro Roc-Amadour jamg'armasi uchun mablagʻ toʻplaydi va asosan koʻngillilar va bir nechta xodimlar tomonidan boshqariladi. Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniri har yili fevral oyida Videotron markazida boʻlib oʻtadi. 2018-yil holatiga koʻra, tadbir Milliy xokkey ligasi yoki Butunjahon xokkey assotsiatsiyasidagi 1200 dan ortiq boʻlajak mutaxassislarning isteʼdodini namoyish etgan edi.
Turnir tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1960—1974-yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gérard Bolduc Goderich, Ontario, Duluth, Minnesota turnirlariga jamoalar bilan sayohat qilganidan soʻng, yoshlar oʻrtasida xokkey turnirini boshlash gʻoyasini ilgari surgan va keyin 1960-yilda Paul Dumont, Jacques Boissinot, Edmond de la Bruere va Pat Timmons bilan birga Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniriga asos soldi[1]. Bolduc turnirning dastlabki prezidenti boʻlib faoliyat olib borgan. U bu lavozimda 1974-yilgacha ishlagan. Shundan soʻng, Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniri fevral oyida har yili oʻtkaziladigan Quebec qishki karnaval bayramlarining bir qismiga aylandi[2][3].
Birinchi turnirda asosan mahalliy ishtirokchilar boʻlgan 28 jamoa ishtirok etdi, ammo ular orasida Boston, Scarborough va Nyufaundlend jamoalari ham bor edi[4]. Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniridagi birinchi oʻyin 1960-yil 20-fevralda Parc Victoriadagi Quebec arenada boʻlib oʻtdi[5]. Quebec shahridagi ommaviy axborot vositalari turnirning xayriya tabiati tufayli voqeani tezda yoritib berishdi. Tadbir oʻzining dastlabki yetti kunida 12 500 tomoshabinni jalb qildi va Bolduc turnirning final oʻyinini 7 235 muxlisni sigʻdira oladigan Quebec kolizeyiga koʻchirish boʻyicha muzokaralar olib bordi. 1960-yilda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirining birinchi grand chempioni „Scarborough Lions“ xokkey jamoasi edi[6].
1960-yildan boshlab har bir Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniri Quebec kolizeyida boʻlib oʻta boshladi[7]. 1960-yildan 1972-yilgacha Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniri tarkibi toʻrtta divizionni (AA, A, B va C) va bitta umumiy grand chempionni oʻz ichiga olgan edi[8]. 1962-yilda turnirdagi Ontario, Alberta va AQShdan kelgan jamoalar soni 54 ta yetdi. Xokkeychi Guy Lafleur 1962-yildan 1964-yilgacha ketma-ket uchta turnirda ishtirok etib, jami 64 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan[9][10]. Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniriga „Quebec Beavers“ jamoasining qoʻshilishi tomoshabinlar sonining koʻpayishiga olib keldi, chunki ular murabbiy sifatida Martin Madden bilan mahalliy oʻgʻil bolalardan tashkil topgan olomonning sevimli jamoasiga aylangan edi[11].
1965-yilda turnir 2001-yilgacha AA divizioni gʻoliblariga topshirilgan Gérard Bolduc kubogini tashkil qildi[12]. 1969-yilda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirining 10 yilligi munosabati bilan Jacques Revelin „The story of a fantastic tournament: which each year makes the Quebec Coliseum vibrate during the Winter Carnival“ (tarjimasi: "Fantastik turnirning hikoyasi, bu har yili qishki karnaval paytida Quebec kolizeyini tebranadi") nomli kitobini yozdi[13][14]. „Princeville“ (Quebec) xokkey jamoasi 1969-yilda birinchi chempionlikni qoʻlga kiritdi (bu mezbon provinsiyaning birinchi gʻalabasi edi)[15].
1970-yillar Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida 102 ta jamoa, jumladan, Fransiya va Gʻarbiy Germaniyadan yangi ishtirokchilar ishtirok etisha boshladi. Shundan soʻng, Bolduc 1971-yilga kelib Sovet Ittifoqidan ham jamoani turnirga olish boʻyicha muzokaralar olib borayotganini eʼlon qildi. 1971-yilgi Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida 102 ta jamoa, jumladan, Kanadaning olti provinsiyasi, shimoli-gʻarbiy hududlar, AQSh va Yevropadan kelgan jamoalar ishtirok etdi. 1974-yilgi turnirda yosh Wayne Gretzky „Brantford“ xokkey klubi uchun oʻynab 26 ta gol urishga erishdi[16]. 1974-yilda Bolduc (1960-yildan buyon bu lavozimda ishlab kelayotgan) turnir prezidenti lavozimini tark etdi[17][18].
1975-1999-yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1975-yilda Alex Legare Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniri prezidenti lavozimini egalladi va 1999-yil yakuniga qadar ushbu lavozimda faoliyat olib bordi[19][20]. 1976-yilda turnirda Xalqaro kubok divizioni taʼsis etildi[21]. 1977-yilda turnir prezidenti Legare turnir uchun koʻproq avtonomiyaga intildi va Quebec qishki karnavali bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikdan voz kechdi[22][23]. Legare 1980-yilda Amerika kubogini, keyin esa 1981-yilda Quebec kubogini tashkil qildi. Keyinchalik ular Xalqaro kubokga birlashtirildi.
Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniri 1984-yilda oʻzining 25 yilligini nishonladi. Bu tadbir tufayli Quebec kolizeyida yangi lavha osildi. Oʻsha yili Manon Rheaume turnirda oʻgʻil bolalar jamoasida oʻynagan birinchi ayol darvozabonga aylandi[24][25]. Uning turnirda oʻynashiga ruxsat berish uchun alohida yangi qoidalar ishlab chiqildi[26]. 1989-yilda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Sovet Ittifoqi va Yaponiya jamoalari ishtirok etishdi. 1990-yilgi final oʻyiniga 8000 ga yaqin tomoshabin tashrif buyurdi[27].
1994-yilda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniridagi jamoalar soni 12 mamlakatdan 115 ta jamoani tashkil etdi. Bu turnir oʻsha yili 200 000 ga yaqin tomoshabinni jalb qildi[28]. 1999-yilgi Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida tadbir davomidagi tomoshabinlar soni 211 178 kishi boʻlib, tomoshabinlar soni boʻyicha yangi rekord oʻrnatildi[29].
2000-yildan hozirgi kungacha
[tahrir | manbasini tahrirlash]2001-yilda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirining oʻtkazilish sanasi Quebec qishki karnavaliga toʻgʻri kelmasligi uchun oʻzgartirildi. Bundan koʻzlangan maqsad esa tomoshabinlarni koʻpaytirish edi[30]. 2009-yilda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirining 50 yilligi afsonaviy oʻyinlar bilan nishonlandi. Unda professional xokkeydan nafaqaga chiqqan sobiq ishtirokchilar ishtirok etdi[31]. 2011-yilda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida ishtirok etish uchun kelgan Avstraliya va Okeaniyadan ilk jamoasini qabul qildi.
2016-yilda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniri oʻtkaziladigan joy Quebec kolizeyidan Videotron markazidagi yangi binoga koʻchirildi[32][33]. 2016-yilgi turnirda (Quebecning barcha yulduzli ayollar jamoasi AA divizioniga qabul qilinganidan soʻng) butunlay qizlardan tashkil topgan birinchi jamoa ishtirok etdi. Qizlar jamoasini kanadalik olimpiada xokkeychilari Caroline Ouellette, Marie-Philip Poulin va Kim St-Pierrelar boshqargan[34][35][36]. Qizlar jamoalari 2016-yilgacha koʻrgazmali oʻyinlarda oʻynashgan, ammo turnirning oʻzida ishtirok etishmagan. 2016-yilga kelib Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida ishtirok etish istagini bildirgan jamoalar soni 300 tani tashkil qildi[37].
2020-yil 31-avgust kuni Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniri tashkilotchilari Shimoliy Amerikadagi COVID-19 pandemiyasi sababli 2021-yilgi turnir bekor qilinganini eʼlon qildi[38][39].
Jamiyatga taʼsiri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanada Virtual muzeyi turnir koʻngillilarini tadbir xodimlari bilan hamkorlikda uning dunyo miqyosidagi obroʻsiga katta hissa qoʻshayotganini taʼkidlaydi[40]. Canoe.com veb-sayti tadbir tashkilotchisi Patrick Dom turnir haqida „Ushbu turnirning ruhi koʻngillilar, homiylar va olomondir“ deb taʼkidlagan edi[41]. Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniridan tushgan tushum 1960-yildan beri Patro Roc-Amadour jamg'arma tashkilotiga ajratiladi[42]. Turnirning dastlabki 50 yilida fondga 2 133 000 AQSH dollaridan ortiq mablagʻ ajratilgan[43]. Patro Roc-Amadour shuningdek, turnirning muzeyiga, jumladan, voqealar rasmlari va uning kuboklariga ega hisoblanadi. Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirining jamiyatga qoʻshgan iqtisodiy hissasi 2008-yilda 14 million dollar va 2016-yilga kelib 17 million dollarga baholangan[44].
Oʻyinchi tajribasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xokkeychilar Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirini „hayotda bir marta beriladigan imkoniyat“ deb taʼriflashdi[45][46][47][48][49]. Koʻpchilik uchun bu turnir 10 000 yoki undan ortiq muxlislarga ega arenada oʻynash uchun birinchi imkoniyatdir[50]. Yevropalik xokkeychilar uchun bu baʼzan Shimoliy Amerikaga birinchi safari boʻladi. Turnir xalq tilida „Pee-Wee jahon chempionati“ deb nomlanadi[51].
Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniri tashkilotchilari sayohatning yuqori narxini qoplash maqsadida, tadbir davomida tashrif buyurgan sportchilar bilan birga yashashlari uchun mezbon oila izlaydilar[52]. Hattoki,Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniri tashkilotchilari baʼzi jamoalar uchun turnirda ishtirok etish va ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlar tufayli keng koʻlamli mablagʻ yigʻishni ham oʻz zimmalariga olishadi[53].
Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turniri, shuningdek, fransuz-kanada madaniyati va turnir davomida Quebec madaniyati bilan tanishish imkoniyatini beradi[54][55]. Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida oʻyinchilarga Eski Quebec, Quebec qalʼasi va qishki karnavalni koʻrish va boshqa qishki sport turlarida qatnashish uchun turistik imkoniyatlar beriladi[56]. Shuningdek, turnirda oʻyinchilar dunyoning boshqa burchaklaridan kelgan yoshlar bilan uchrashish va pinlarni almashish va yigʻish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Taniqli ishtirokchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turnir qoʻmitasi oʻz veb-saytida keyinchalik Milliy xokkey ligasida yoki Butunjahon xokkey assotsiatsiyasida oʻynagan sobiq ishtirokchilar roʻyxatini eʼlon qilib boradi. 2018-yil holatiga koʻra, roʻyxatdagi kishilar soni 1246 kishini tashkil qildi[57]. 2017-yilgi NHLning 100 ta eng zoʻr oʻyinchilari roʻyxatidan 20 nafari turnirda ishtirok etgan[58].
Turnirda ishtirok etgan NHLning 100 ta eng zoʻr oʻyinchisi
Oʻyinchi | Fasl(lar) | Jamoa(lar) |
---|---|---|
Brad Park | 1960-yil | Scarborough Lions |
Gilbert Perreault | 1961, 1962, 1963-yillar | Victoriaville |
Guy Lafleur | 1962, 1963, 1964-yillar | Rockland / Thurso |
Marcel Dionne | 1962, 1963, 1964-yillar | Drummondville |
Mike Bossy | 1969-yil | Montreal C. J. M. S. |
Mike Gartner | 1972-yil | Christie |
Denis Savard | 1973, 1974-yillar | Verdun |
Wayne Gretzky | 1974-yil | Brantford |
Paul Coffey | 1974-yil | Christie |
Adam Oates | 1975-yil | Kings |
Ron Frencis | 1975, 1976-yillar | Sault Ste. Marie |
Scott Sevens | 1976-yil | Kitchener |
Pat LaFontaine | 1977-yil | Waterford |
Steve Yzerman | 1977-yil | Nepean |
Mario Lemieux | 1977, 1978-yillar | Ville-Émard |
Brett Hull | 1977-yil | Winnipeg Monarchs |
Patrick Roy | 1977, 1978-yillar | Québec Centre |
Mike Modano | 1982-yil | Detroit Little Caesars |
Brendan Shanahan | 1982-yil | Mississauga Reps |
Eric Lindros | 1985-yil | Toronto Marlboros |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Gérard Bolduc“. Réseau des Sports (2002-yil 3-may). 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ Foisy. „Gérard Bolduc“ (fr). RDS.ca (2009-yil 9-fevral). 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Quebec Pee-Wee“. Amateur Hockey in Canada. Virtualmuseum.ca (2001). 2022-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Gérard Bolduc“. Réseau des Sports (2002-yil 3-may). 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Tournoi international de hockey pee-wee - Unique et mystique“ (fr). Canoe Sports (2009-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 3-oktyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Winners since 1960“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). Qaraldi: 2019-yil 19-yanvar.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament“. U.S. Embassy & Consulates in Canada (2016-yil 13-fevral). Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.

- ↑ Dubé. „Tournoi pee-wee de Québec: plusieurs légendes ont joué à Québec“ (fr). Le Journal de Montréal (2017-yil 11-fevral). Qaraldi: 2018-yil 29-dekabr.
- ↑ Labbé. „Des changements profitables en 50 ans“ (fr). Le Soleil (2009-yil 13-fevral). Qaraldi: 2018-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Gérard Bolduc“ (fr). Planète Généalogie. Qaraldi: 2018-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Tournoi international de hockey pee-wee - Unique et mystique“ (fr). Canoe Sports (2009-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 3-oktyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ The story of a fantastic tournament: which each year makes the Quebec Coliseum vibrate during the Winter Carnival. WorldCat. OCLC 1007338891.
- ↑ „Winners since 1960“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). Qaraldi: 2019-yil 19-yanvar.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Dubé. „Tournoi pee-wee de Québec: plusieurs légendes ont joué à Québec“ (fr). Le Journal de Montréal (2017-yil 11-fevral). Qaraldi: 2018-yil 29-dekabr.
- ↑ „Gérard Bolduc“. Réseau des Sports (2002-yil 3-may). 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Quebec Pee-Wee“. Amateur Hockey in Canada. Virtualmuseum.ca (2001). 2022-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Gérard Bolduc“. Réseau des Sports (2002-yil 3-may). 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Quebec Pee-Wee“. Amateur Hockey in Canada. Virtualmuseum.ca (2001). 2022-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Winners since 1960“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). Qaraldi: 2019-yil 19-yanvar.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Foisy. „Gérard Bolduc“ (fr). RDS.ca (2009-yil 9-fevral). 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-oktyabr.
- ↑ „History“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament. 2021-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-dekabr.
- ↑ „Quebec Pee-Wee“. Amateur Hockey in Canada. Virtualmuseum.ca (2001). 2022-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ „History“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament. 2021-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-dekabr.
- ↑ Labbé. „Des changements profitables en 50 ans“ (fr). Le Soleil (2009-yil 13-fevral). Qaraldi: 2018-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Gérard Bolduc“. Réseau des Sports (2002-yil 3-may). 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Gérard Bolduc“. Réseau des Sports (2002-yil 3-may). 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ „History“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament. 2021-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-dekabr.
- ↑ „Quebec Pee-Wee“. Amateur Hockey in Canada. Virtualmuseum.ca (2001). 2022-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ „History“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament. 2021-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-dekabr.
- ↑ „Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament“. U.S. Embassy & Consulates in Canada (2016-yil 13-fevral). Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ Houde-Hébert. „Jouer au Centre Vidéotron : un rêve devenu réalité pour des jeunes magnymontois“ (fr). CMATV (2015-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 3-oktyabr.
- ↑ Brien. „Living the dream on the biggest stage“. Hockey Canada (2016-yil 12-fevral). Qaraldi: 2020-yil 15-may.
- ↑ „CCM Partners with First-Ever All Girls Team to Participate in Quebec Pee-Wee Tournament“. Business Wire (2016-yil 11-fevral). Qaraldi: 2020-yil 15-may.
- ↑ „All-girl peewee hockey team competes at international meet in Quebec City“. CBC News (2016-yil 12-fevral). Qaraldi: 2020-yil 15-may.
- ↑ „Russian peewee hockey teams banned from Quebec City tournament“. CBC News (2016-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Annual Quebec peewee hockey tournament cancelled for 2021 due to COVID-19“. Sportsnet (2020-yil 31-avgust). Qaraldi: 2020-yil 29-noyabr.
- ↑ „Coronavirus pandemic forces cancellation of Quebec International Peewee Hockey Tournament“. Global News (2020-yil 31-avgust). Qaraldi: 2020-yil 29-noyabr.
- ↑ „Quebec Pee-Wee“. Amateur Hockey in Canada. Virtualmuseum.ca (2001). 2022-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Tournoi international de hockey pee-wee - Unique et mystique“ (fr). Canoe Sports (2009-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 3-oktyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Gérard Bolduc“. Réseau des Sports (2002-yil 3-may). 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ „History“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament. 2021-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-dekabr.
- ↑ Fletcher. „Chicoutimi team advances at Quebec City International Pee-Wee hockey tournament“. Globalnews.ca (2016-yil 19-fevral). Qaraldi: 2018-yil 31-dekabr.
- ↑ Hatchard. „Dieppe team heads to international hockey tournament“. Bugle Observer (2017-yil 2-fevral). Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Peewee Quebec History“. Atlanta Fire Hockey Hockey. 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ White. „Kelowna peewee team to compete in 60th annual Quebec tournament“. Kelowna Now (2018-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 31-dekabr.
- ↑ Ball. „Bobcats' experience at Quebec Pee Wee tournament proves memorable“. AZ Rubber Hockey (2017). Qaraldi: 2019-yil 4-yanvar.
- ↑ „A memorable experience for Syracuse Stars in Quebec City“. Utica Comets (2018-yil 22-fevral). Qaraldi: 2019-yil 4-yanvar.
- ↑ Hendrick. „Quebec Peewee Reflections“. National Hockey League (2015-yil 15-fevral). Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
- ↑ „Quebec Tournament“. Hershey Jr. Bears (2019). Qaraldi: 2019-yil 4-yanvar.
- ↑ „Lodging“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2019). Qaraldi: 2019-yil 4-yanvar.
- ↑ Ball. „Bobcats' experience at Quebec Pee Wee tournament proves memorable“. AZ Rubber Hockey (2017). Qaraldi: 2019-yil 4-yanvar.
- ↑ „A memorable experience for Syracuse Stars in Quebec City“. Utica Comets (2018-yil 22-fevral). Qaraldi: 2019-yil 4-yanvar.
- ↑ „Quebec Tournament“. Hershey Jr. Bears (2019). Qaraldi: 2019-yil 4-yanvar.
- ↑ Hendrick. „Quebec Peewee Reflections“. National Hockey League (2015-yil 15-fevral). Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
- ↑ „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
- ↑ Dubé. „Tournoi pee-wee de Québec: plusieurs légendes ont joué à Québec“ (fr). Le Journal de Montréal (2017-yil 11-fevral). Qaraldi: 2018-yil 29-dekabr.