Kontent qismiga oʻtish

Chuchmomadoshlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Chuchmomadoshlar
Asparagus officinalis
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Chuchmomadoshlar — piyozboshli va ildizpoyali, hasharotlar yordamida changlanuvchi koʻp yillik oʻtlardan iborat turkumlarni oʻz ichiga olgan oila. Gullari ikki jinsli, toʻgʻri yoki sal qiyshiq. Gulqoʻrgʻoni ikki doyra hosil qilib oʻrnashgan. Mevasi koʻsakcha. Oilaning, asosan, tropik va subtropik oʻlkalarda tarqalgan 90 turkumi (1000 turi) mavjud. Shundan Oʻzbekistonda 4 turkumi (8 turi) usadi. Ch.ning barcha vakillari manzarali (istirohat bogʻlari, xonadonlar va oranjereyalarda oʻstiriladi). Dorivor turlari (maye., omonqora) ham bor.