Chuchukmiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yovvoyi chuchuk miya

Chuchukmiya - Солодка обыкновенная - Gleyrrhiza glabra L.

Biologik morfologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chuchukmiya (shirinmiya, qizilmiya) - dukkakdoshlar oilasiga mansub bo`lib, ko`p yillik o`simlikdir. poyasi tik o`suvchi, bo`yi 50-200 sm, shoxlangan yoki shoxlanmagan bo`lib, tuklar bilan qoplangan. Barglari toq, patsimon, murakkab. O`simlikning ildiz sistemasi taraqqiy etgan bo`lib, 5–6 m chuqurlikkacha boradi. Gullari ikki jinsli, sariq, mayda, barg qo`ltig`idan o`sib chiqqan bo`lib, yarim soyabon gul to`plamini tashkil qiladi. Mevasi 3-7 urug`li, pishganda ochilmaydigan dukkak. Urug`i qattiq, mayda silliq, moshrang.

Aprelning oxiridan iyungacha gullaydi, mevasi asosan avgust-sentabr oylarida pishadi.

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chuchukmiya, asosan, Yevropa va Osiyoda keng tarqalgan. Uni Yevropaning janubiy-sharqiy qismida, Kavkazda va O`rta Osiyoda tabiiy holatda ko`rish mumkin. O`zbekistonning Amudaryo, Sirdaryo to`qayzorlarida katta maydonlarida o`sadi.

Chuchukmiya to`qayzorlardan tashqari, daryo yoqalari, ariq va zovur bo`ylarida, sho`r va qumli yerlarda, tog` yon bag`irlarida, gohida ekinzorlar orasida ham uchrashi mumkin.

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chuchukmiya tarkibida glitsirizzin deb nomlanuvchi triterpen birikmadan tashqari 27 ta har xil flavonoidlar (likviritin, likviritozid, likviritinenin va boshqa), glyukoza, qand, kraxmal, sististerin, dioksistigmasterin, biroz efir moylari, askorbin kislotasi, asparagin va boshqa moddalar bor. Shuni aytish kerakki, glitserrizinning mazasi yoqimli, u qandga nisbatan 40 barobar shirinroqdir.

Xalq tabobatida qo`llanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Ali ibn Sino chuchukmiya ildizi vositasida buyrak, qovuq, me`da, o`pka kasalliklarini davolagan.

Xalq tabobatida chuchukmiya ildizidan tayyorlanadigan sharbat va kukunlar terlatuvchi, yengil surgi, nafas yo`li shamollashi bilan bog`liq bo`lgan kasalliklarda, balg`am ko`chiruvchi, nafas qisishida yordam beruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Uning ildizidan tayyorlangan qaynatma siydik haydovchi, me`da hamda o`n ikki barmoqli ichak jarohatini davolovchi xususiyatga ega. Ildizining qaynatmasi go`sht va qo`ziqorin bilan zaxarlanganda ichiladi. Shifokorlarning fikricha, chuchukmiya organizmni yoshartiruvchi qobiliyatga ega. U bronxial astma, me`da yarasi kasalliklarni davolashda ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Ildizining sharbati tinchlantiruvchi hamda og`riq qoldiruvchi xususiyatga ega.

Uy sharoitida chuchukmiyadan dori-darmon tayyorlash uchun 16 gr maydalangan ildizi olinib, 1 stakan suvga solinadi va 10 daqiqa davomida qaynatiladi, 1soat davomida qo`yib, quyilgach suziladi. Kuniga 1osh qoshiqdan 4-5 mahal iste`mol qilinadi. Mazkur qaynatma yuqorida ko`rsatib o`tilgan xastaliklarga davo bo`ladi. Yoki 40 gr chuchukmiya ildizi kukuni 80 gr turp, 300 gr asal bilan aralashtirib halim holiga keltiriladi va ikki hafta davomida iste`mol qilinadi. Bu - kishiga kuch-quvvat bag`ishlaydigan omillardan hisoblanadi.

Farmasevtikada qo`llanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy izlanishlar chuchukmiya tarkibidagiglitsirrozin kislotasi o`zining tuzilishi bo`yicha inson buyrak usti bezlarida yetishtiradigan gormon - kortizonga o`xshashligini ko`rsatdi. Klinik tekshiruvlarda shu narsa ayon bo`ldiki, glitserrizin kortizon singari kasalliklarda suv-tuz mutanosibligini me`yorlashtiradi, shamollashdan muhofaza qiladi, allergiyani davolaydi.

Ilmiy tibbiyot amaliyotida chuchukmiya ildizi asosida tayyorlanadigan quyuq va quruq ekstraktlar, ildiz kukuni, sharbati, damlamalar shamollash bilan bog`liq bo`lgan kasalliklarda balg`am ko`chiruvchi, yengil surgi, o`rab oluvchi, teri kasalliklarini davolovchi dori sifatida foydalaniladi. Chuchukmiyadan olinadigan ko`krak eleksiri ("Грудной элексир") balg`am ko`chiruvchi vosita sifatida tavsiya qilinadi.

Chuchukmiyadan tayyorlangan preparatlar yurak faoliyati yaxshi bo`lmaganda, gipertoniya hamda homiladorlikda tavsiya etilmaydi.

Sanoat va qishloq xo`jaligida qo`llanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chuchukmiyadan sanoat miqyosida tush, gutamin hamda ko`nchilik korxonalari uchun qimmatbaho bo`yoqlar olinadi. Hozirda chuchukmiya jahon bozorida juda qadrlanadigan xom ashyo hisoblanib, uni yetkazib beradigan asosiy xo`jaliklar O`rta Osiyo respublikalari, jumladan, Qozog`istondir. Mamlakatimizda esa Amudaryo qayir yerlarida shifobaxsh chuchukmiya yetishtirishga ixtisoslashgan xo`jaliklar tashkil etilgan. Shuningdek Qoraqalpog`iston, Surxondaryo viloyatida ham chuchukmiya ishlab chiqarish korxonalari mavjud.

Chuchukmiya chorva mollari uchun to`yimli ozuqa hisoblanadi. Chunkiuning tarkibida oqsil, klechatka, provitamin A va boshqa foydali moddalar bor. Undan oziq-ovqat sanoatida turli xil ta`m;i sharbatlar, likyorlar, shirinliklar tayyorlanadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shifobaxsh ne`matlar M.Nabiyev, V.Shalnev, A. Ibrohimov Toshkent - «Mehnat» - 1989