Columbo
Columbo | |
---|---|
Fayl:Columbo Peter Falk 1973.jpg | |
Turi | detektiv, kriminal drama |
Muallif(lar) | Richard Levinson, William Link |
Rollarda | Peter Falk |
Mamlakat | AQSh |
Qismlar soni | 69 |
Ishlab chiqarish | |
Prodyuser(lar) | Richard Levinson, William Link |
Qism davomiyligi | 73-98 daqiqa |
Efirga uzatilishi | |
Telekanal | NBC, ABC |
Translyatsiya davri | 20-fevral 1968-yil — 30-yanvar 2003-yil |
Columbo - Richard Levinson va William Link tomonidan yaratilgan Amerika detektiv teleseriali. Ilk namoyishi 1968-yilda boʻlib oʻtgan; 1971—1978-yillarda muntazam ravishda suratga olingan (69 epizoddan 44 tasi), tanaffusdan soʻng 1989—2003-yillar davot ettirilgan.
Los Angeles politsiyasi qotillik boʻlimining tergovchisi leytenant Kolomboning rolini aktyor Peter Falk ijro etgan.
Serial gʻoyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Serialning bosh qahramoni, Los-Anjeles politsiyasining qotillik boʻlimi xodimi leytenant Kolombo oʻz davri uchun juda noodatiy politsiya tergovchisi obraziga ega edi. Oʻsha davrda keng tarqalgan shafqatsiz yoki oʻta aqlli detektiv qahramonlardan farqli oʻlaroq, Kolombo oddiy va hatto biroz begʻubor koʻrinishga ega, juda sodda, garchi doim odobli boʻlsa ham, umuman olganda, yuqori toifali detektiv emas, balki ishchi kasb egasiga oʻxshardi. Kolombo qiyofasi juda muvaffaqiyatli boʻlib chiqdi va darhol tomoshabinlar eʼtiborini tortdi.
Serialdagi jinoyatchilar deyarli faqat aqlli, hurmatli va nufuzli odamlar, nufuzli kasblar va yuqori jamiyat vakillari: muvaffaqiyatli yuristlar va shifokorlar, arxitektorlar, biznesmenlar, siyosatchilar, generallar, yozuvchilar, shoumenlar. Kolombo, oʻzining kamtarona gʻijim yomgʻir paltosida, eski, tez-tez buzilib turadigan mashinasidada, oʻzgarmas arzon sigarasi bilan qimmatbaho kostyumlardagi raqiblari bilan keskin farq qiladi. U unchalik aqlli emasdek koʻrinadi, doyim beoʻxshov boʻlishga harakat qiladi. Vaholanki, bu obraz ortida oʻtkir aql, mushohada, matonat va psixologiyani chuqur bilishi yotadi. Deyarli har doim Kolombo qotil kimligini birinchi uchrashuvdan sezilmaydigan tafsilotlarga koʻra aniqlaydi. Kolomboning tergov usuli - mayda detallargacha sinchikovlik bilan eʼtibor qaratish orqali jinoyatning tasvirini shakllantirishdir.
Yaratilish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avvaliga Peter Falk serialda suratga tushishdan bosh tortdi. U tez-tez televizorda paydo boʻlar va serialdagi advokat yoki politsiyachi obraziga qaram boʻlishni istamas edi. Ammo produserlar bilan uzoq davom etgan muzokaralardan soʻng, Folk 1968-yilda chiqarilgan "Qotillik uchun retsept" nomli ilk sonda rol oʻynashga rozi boʻldi. Ilk taqdimot juda muvaffaqiyatli boʻldi va Kolomboning birinchi epizodlarini suratga olishga tayyorgarlik boshlandi, ammo ular faqat 1971-yilda chiqarilgan. "Kolombo" politsiya detektivi haqidagi oʻsha davrdagi boshqa seriallardan farqi shundaki, uning bosh qahramoni oddiy odam, qotillik boʻlimining tergovchisiga oʻxshamaydi, keng kostyumlar kiyadi, xotini haqida qaygʻuradi va it boqadi.
Produserlar tomoshabinlar murakkab, ammo sekin harakatlanuvchi syujetdan zerikib qolishidan xavotirda edilar va bir necha bor zoʻravonlik bilan bogʻliq elementlarni kiritishga harakat qilishgan. Ammo Falk bu qarorni qatʼiyan rad etdi.
Folk boshqa aktyorlaridan toʻgʻri mashq qilish uchun koʻproq vaqt talab qilishi bilan bilan ajralib turardi. U ssenariy mualliflari va produserlar oldiga qoʻygan yuksak talablari bilan yodda qoldi. William Link'ning eslashicha: «Peter huddi tikandek edi. Bahslashishdan charchaganimiz uchun biz unga bu qanchalik qiyinligini isbotlash uchun oʻz ssenariysini yozishga ruxsat berdik”. Richard Levinson suratga olish rejalashtirilgan oʻn ikki kun emas, balki oʻn uch yoki oʻn toʻrt kun davom etganini eslaydi: "U bizni bu film uchun ancha yaxshi boʻlishiga ishontirdi".
Ssenariy mualliflarining ishidan qoniqmagan Folk 1977-yilda loyihani tark etdi. 1989-yilda qaytib kelgan Folk har bir epizod uchun 600 000 dollardan koʻp haq evaziga ishlashini bildirdi. "Gap pulda emas, tamoyilda", deydi aktyor. "Men ular oʻz ishimga jiddiy yondoshishim va bu ish eng yuqori darajada boʻlishi kerakligini bilishlarini istayman."[1]
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Mukofot | Kategoriya | Laureat | Natija |
---|---|---|---|---|
1972 | «Oltin globus»[2] | Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun | Peter Falk | nomzod |
1973 | gʻolib | |||
1974 | Eng yaxshi dramatik serial | nomzod | ||
Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun | Peter Falk | nomzod | ||
1975 | Eng yaxshi dramatik serial | nomzod | ||
Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun | Peter Falk | nomzod | ||
1976 | Eng yaxshi dramatik serial | {nomzod | ||
Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun | Peter Falk | nomzod | ||
1977 | «Emmy» | Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun | Peter Falk | nomzod |
1978 | Eng yaxshi dramatik serial | nomzod | ||
Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun | Peter Falk | nomzod | ||
Serail uchun eng yaxshi musiqa | nomzod | |||
Teleserialning eng yaxshi montaji uchun | nomzod | |||
«Oltin globus» | Eng yaxshi dramatik serial | nomzod | ||
Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun | Peter Falk | nomzod | ||
1990 | «Emmy» | Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun | Peter Falk | nomzod |
Dramatik serialga taklif qilingan eng yaxshi erkak | Patrick Joseph McGoohan («Qotillik ssenariysi» epizodi) | gʻolib | ||
1991 | «Oltin globus» | Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun | Peter Falk | nomzod |
«Emmy» | Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun | Peter Falk | nomzod | |
Dramatik serialga taklif qilingan eng yaxshi erkak | Dabney Wharton Coleman («Kolombo va rok yulduzning oʻlimi» epizodi) | nomzod | ||
1992 | «Oltin globus» | Kichik serial yoki telefilmdagi eng yaxshi erkak roli uchun | Peter Falk («Kolombo va rok yulduzning oʻlimi» epizodi) | nomzod |
1994 | «Emmy» | Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun | Peter Falk | nomzod |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nick Allen.. „Peter Falk“ (inglizcha). // The Telegraph (24-iyun 2011-yil). 23-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Columbo“ (inglizcha). // Golden Globe Awards. 4-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2020-yil.