Kontent qismiga oʻtish

Cosmin Olăroiu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cosmin Olăroiu
Olăroiu Steaua București klubida (2007-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Cosmin Aurelian Olăroiu
Tavallud sanasi 10-iyun 1969-yil (1969-06-10) (55 yosh)
Tavallud joyi Bucharest, Ruminiya
Boʻyi 1.87 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sharjah
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—1988 Steaua București
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1988—1989 Carpați Nehoiu
1989—1990 Gloria Buzău
1990—1991 MECON București
1991—1992 Girueta București
1992—1995 Naţional București 80 (8)
1995—1997 Universitatea Craiova 37 (2)
1997—2000 Suwon Samsung Bluewings 98 (7)
2000JEF United Ichihara (ijara) 10 (0)
Boshqargan klublari
2001—2002 Naţional București
2002—2003 Steaua București
2003—2005 Naţional București
2005—2006 Politehnica Timişoara
2006—2007 Steaua București
2007—2009 Al Hilal
2009—2010 Al Sadd
2011—2013 Al Ain
2013—2017 Al Ahli
2014—2015 Saudiya Arabistoni
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Cosmin Aurelian Olăroiu (talaffuzi: Cosmin Avrelian Olyoroiu) (10-iyun 1969-yilda tugʻilgan) — ruminiyalik professional futbol menejeri va BAA Pro-ligasi „Sharjah“ klubining sobiq futbolchisi[1]. Cosmin Olăroiu murabbiy sifatida "Steaua București" futbol klubini 2006-yilda Ruminiya Ligasi chempionligiga va Ruminiya Superkubogiga olib chiqdi. Shuningdek, Cosmin Olăroiu o‘sha yili o‘z jamoasining UEFA kubogining yarim finaliga chiqishiga yordam berdi[2]. Cosmin Olăroiu Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklarining eng sovrindor klublari — „Al Hilol“, „Al Sadd“, „Al Ain“ va „Al Ahli“ni yangi sovrinlar sari yetaklagan Arab yarim orolidagi eng buyuk menejerlardan biri hisoblanadi. 2020-yilda Cosmin Olăroiu „Jiangsu Suning“ futbol klubini Xitoyda birinchi marta chempion boʻlishiga yordam berdi.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchi sifatida Cosmin Olăroiuning eng mashhur klublari „Universitatea Craiova“ va „Naţional București“ futbol klublari hisoblanadi. Shuningdek, Cosmin Olăroiu „Suwon Samsung Bluewings“ futbol klubi uchun K ligasida ham muvaffaqiyat bilan oʻynadi. K ligasida Cosmin Olăroiu klubga 1998 va 1999-yillarda ikkita K Liga chempionligini qoʻlga kiritishda yordam berdi. Shuningdek, Cosmin Olăroiu Koreya Ligasi kubogi va ikki marta Superkubogini qoʻlga kiritdi[3]. Cosmin Olăroiu futbolchilik faoliyatini 2000-yilda „JEF United Ichihara“ futbol klubi bilan yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cosmin Olăroiu oʻzining murabbiylik faoliyatini 2000—2001-yilgi mavsumda „Naţional București“ futbol klubi safida boshlagan. Cosmin Olăroiu klubdagi birinchi mavsumidayoq ularni 7-oʻringa olib chiqqan[3]. Keyingi mavsumda Cosmin Olăroiu klubni ligada ikkinchi oʻringa olib chiqdi. Bu natija bilan "Naţional București" klubi „Steaua București“ va „Rapid Progresul“ kabi futbol klublaridan yuqori oʻrinni egalladi[4].

2002-yilning yozida Cosmin Olăroiu „Steaua București“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[5]. Cosmin Olăroiu bor-yoʻgʻi yettita liga oʻyinidan soʻng klubni tark etdi. Cosmin Olăroiu oʻzining bu qarorini boshqaruv kengashi va futbolchilar tomonidan qoʻllab-quvvatlanmagani bilan izohladi. Bunga sababa klub prezidenti Viorel Păunescu 2002-yilgacha sobiq murabbiy, Victor Piţurcă bosh murabbiylikka qaytishini istagan. Chunki uning faoliyati hali ham futbolchilar tomonidan yuqori baholangan edi[6].

„Steaua București“ futbol klubidan ketganidan soʻng, Cosmin Olăroiu „Național București“ futbol klubi safiga qaytib keldi. Lekin Cosmin Olăroiu bu safar klub safida bosh menejer sifatida ish boshladi. 2003-yilda Cosmin Olăroiu Walter Zenga oʻrniga bosh murabbiy etib tayinlandi[7].

2004-yilning qishida Cosmin Olăroiu „Politehnica Timişoara“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Cosmin Olăroiu yangi klub safiga oʻzi bilan „Național București“ futbol klubining eng yaxshi futbolchilarini olib keldi. Cosmin Olăroiu yangi klubni A Diviziayasi tarixida deyarli tarixiy toʻrtinchi oʻringa olib chiqdi. Ammo 2005-yilning noyabrida Cosmin Olăroiuni klub xoʻjayini Marian Iancu ishdan boʻshatdi[3].

Steaua București

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oradan bir necha kun oʻtgach, Cosmin Olăroiu Oleh Protasovning oʻrniga yangi prezident va bu safar „Steaua București“ futbol klubi egasi Gigi Becali tomonidan menejer etib tayinlandi[8]. Cosmin Olăroiuning murabbiy sifatida birinchi chempionlik unvoni 2006-yil iyun oyida qoʻlga kiritilgan. Bu voqeadan bir oy oʻtgach, Cosmin Olăroiu klub bilan Superkubokni ham qoʻlga kiritgan edi. 2006-yilning may oyida Cosmin Olăroiu shogirdlari 2005—2006-yilgi UEFA kubogi yarim finaliga chiqdi[9]. Cosmin Olăroiu, shuningdek, „Steaua“ futbol klubiga UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishda yordam berdi[10]. UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida Cosmin Olăroiu shogirdlari "Dinamo Kiev", "Real Madrid" va " Olympique Lyonnais " futbol klublariga qarshi oʻynadi[3]. Shundan soʻng, „Steaua“ futbol klubi uchinchi oʻrinni va UEFA kubogining pley-off bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Cosmin Olăroiu

2007-yil iyun oyida Cosmin Olăroiu „Al Hilol“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. 2008-yilda Cosmin Olăroiu oʻzining murabbiylik mahorotini yana bir bor isbotladi. Cosmin Olăroiu oʻzining birinchi mavsumida klub bilan Saudiya Arabistoni Premyer-ligasi va Crown Prince kubogini qoʻlga kiritdi. Cosmin Olăroiu 2009-yil fevral oyida klubni tark etishdan oldin oʻz jamoasini ikkinchi marta Crown Prince kubogini qoʻlga kiritishiga yordam berdi. Shu bilan birga Cosmin Olăroiu klubni ligada birinchi oʻringa olib chiqdi[11].

2009-yilning aprel oyida Cosmin Olăroiu "Al Sadd" futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[12]. Cosmin Olăroiu oʻz jamoasini Qatar Stars kubogini qoʻlga kiritishiga yordam berdi. Shundan soʻng, 2010-yil dekabr oyida Cosmin Olăroiu darhol klub boshligʻi lavozimidan ketishini eʼlon qildi[13].

2011-yilning 5-mayida Cosmin Olăroiu 2010—2011-yilgi mavsumda I Liganing soʻnggi uchta oʻyinida va 2011-yilgi Cupa României finalida „Steaua București“ futbol klubi jamoasining nazoratchisi etib tayinlandi. „Steaua București“ futbol klubining yordamchi murabbiyi Gabriel Caramarin qolgan soʻnggi oʻyinlarda jamoani vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida boshqardi[3].

2011 yilning yozida Cosmin Olăroiu ikki yillik shartnoma asosida „Al Ain“ futbol klubining bosh murabbiyi sifatida ishga qabul qilindi. Cosmin Olăroiu klubni 2011—2012-yilgi mavsumda BAA Pro-Liga chempionligiga olib chiqishdi. Bundan oldin,Cosmin Olăroiu klubni quyi ligaga tushish zonasidan uzoqlashtirdi[14]. 2012-yil 18-sentyabrda Cosmin Olăroiu „Al Ain“ futbol klubi bilan BAA Superkubogini ham qo‘lga kiritdi[15].

Cosmin Olăroiu keyingi mavsumda oʻtgan mavsumdagi gʻalabalrini yana takrorladi. Shuning uchun „Al Ain“ futbol klubi ketma-ket chempionlikni qoʻlga kiritdi[16]. 2013-yilning iyun oyida Cosmin Olăroiu „Al Ain“ futbol klubi bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi. Bu shartnomaga koʻra, Cosmin Olăroiu klub safidagi har bir mavsumi uchun 4 million yevro haq oladigan boʻldi[17]. Biroq, shartnoma 2013-yil 1-iyulda bekor qilingan.

2013-yilning 6-iyulida Cosmin Olăroiu Dubayning „Al Ahli“ futbol jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi[18]. 30-avgust kuni Cosmin Olăroiu „Al Ahli“ futbol klubi boshqaruvidagi ilk uchrashuvini Superkubok finalida sobiq jamoasi „Al Ain“ futbol klubiga qarshi oʻtkazdi[19]. 2014-yil aprel oyida Cosmin Olăroiu matematik tarzda ketma-ket uchinchi liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu chempionlikni qoʻlga kiritish uchun „Al Ahli“ futbol jamaosi oʻzining azaliy raqibi „Al Wasl“ futbol klubi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq boʻldi[20]. O‘zining birinchi mavsumi davomida Cosmin Olăroiu klub bilan uchta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Shundan soʻng, 2014-yilda Cosmin Olăroiu Arab-Fors ko‘rfazi ligasi tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida taqdirlandi[21].

Cosmin Olăroiu „Al Ahli“ futbol klubini 2015-yilgi AFC Chempionlar Ligasi doirasida Xitoyning „Guangzhou Evergrande“ futbol klubiga umumiy hisobda 1:0 hisobida magʻlub etib, klubini Osiyo Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqdi.

2016—2017-yilgi mavsumda Cosmin Olăroiu dunyo futbolidagi eng koʻp maosh oluvchi murabbiylardan biriga aylandi[22]. Cosmin Olăroiu yiliga 6,5 million yevro maosh olar edi[23].

Saudiya Arabistoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 15-dekabrida Saudiya Arabistoni milliy futbol terma jamoasini 2015-yilgi Futbol boʻyicha Osiyo kubogiga vaqtinchalik murabbiy sifatida tayyorlashi maʼlum boʻldi[24]. Cosmin Olăroiuning bosh murabbiyligidagi birinchi o'rtoqlik uchrashuvi oʻyinida Saudiya Arabistoni milliy futbol terma jamoasi Bahrayn milliy futbol terma jamoasiga 4:1 hisobida magʻlub boʻlgan edi. Shundan soʻng, Cosmin Olăroiuning shogirdlari navbatdagi ikkita oʻyinda ham magʻlub boʻlishdi. Jumladan, 2015-yil Osiyo kubogida Saudiya Arabistoni milliy futbol terma jamoasi turnirdagi birinchi oʻyinida Xitoy milliy futbol terma jamoasiga 1:0 hisobida magʻlub boʻlishdi. Saudiya Arabistoni milliy futbol terma jamoasi navbatdagi o‘yinda Shimoliy Koreya milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘yinda 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ammo, jamoa O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi o‘yinda 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi va guruh bosqichidan chiqib ketishdi. Bu natijalar Cosmin Olăroiuning oʻz futbolchilarini yaxshi bilmasligi, faqat shoshilinch vaqtinchalik kelishuvga koʻra tayinlangani natijasidir deb izohlandi. Turnir yakunida Cosmin Olăroiu yana klubdagi pozitsiyasiga qaytdi.

Jiangsu Suning

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 28-martida Cosmin Olăroiu Fabio Capello o‘rniga Xitoy Superligasi vakili „Jiangsu Suning“ futbol klubiga murabbiy etib tayinlandi. Cosmin Olăroiu oʻzining birinchi oʻyinini 1-aprel kuni „Tianjin Teda“ futbol klubiga qarshi oʻz uyida oʻtkazdi. Bu uchrashuvda „Jiangsu Suning“ futbol klubi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[25].

Cosmin Olăroiu klub safidagi oʻzining uchinchi mavsumida „Jiangsu Suning“ futbol klubi tarixida birinchi marta Superliga chempionligini qoʻlga kiritdi[26]. Biroq, Cosmin Olăroiu klubdan 2021-yilgi mavsum boshlanishidan oldin ishdan ketdi.

2021-yil 10-noyabrda Cosmin Olăroiu „Sharjah“ futbol klubining BAA Pro-ligasida raqobatbardosh bo‘lib qolishiga yordam berish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga qaytib keldi[27].

=== Oʻyinchi ===; Suwon Samsung Bluewings

Steaua București
  • Ruminiya ligasi: 2005—2006
  • Ruminiya superkubogi: 2006-yil; Al Hilol
  • Saudiya ligasi: 2007—2008
  • Crown Prince kubogi: 2007—2008, 2008—2009; Al Sadd
  • Qatar Stars kubogi: 2010-yil; Al Ain
  • BAA ligasi: 2011—2012, 2012—2013
  • BAA Superkubogi: 2012-yil; Al Ahli
  • BAA ligasi: 2013—2014, 2015—2016
  • BAA Liga kubogi: 2013—2014, 2016—2017
  • BAA Superkubogi: 2013, 2014, 2016
  • Osiyo Chempionlar Ligasi 2-oʻrinchisi: 2015-yil; Jiangsu Suning
  • Xitoy Superligasi: 2020[28]; Sharjah FC
  • BAA Prezidenti kubogi: 2021—2022
  1. „United Arab Emirates - Sharjah FC - Results, fixtures, squad, statistics, photos, videos and news - Soccerway“.
  2. „Portretul lui Olăroiu, antrenorul adus de Becali să salveze Steaua: cifre, culise, imagini“ (ro). Gazeta Sporturilor (2011-yil 5-may).
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Portretul lui Olăroiu, antrenorul adus de Becali să salveze Steaua: cifre, culise, imagini“ (ro). Gazeta Sporturilor (2011-yil 5-may).„Portretul lui Olăroiu, antrenorul adus de Becali să salveze Steaua: cifre, culise, imagini“. Gazeta Sporturilor (in Romanian). 5 May 2011.
  4. „Romania round-up: Dinamo snatch title on final day“. UEFA (2002-yil 1-iyun).
  5. „Olaroiu makes capital move“. UEFA (2002-yil 25-iyun).
  6. „Unhappy Olaroiu quits Steaua“. UEFA (2002-yil 18-oktyabr).
  7. „All change at National“. UEFA (2003-yil 10-sentyabr).
  8. „Romania gears up for restart“. UEFA (2006-yil 8-mart).
  9. „Steaua's tower of strength“. UEFA (2006-yil 11-aprel).
  10. „Steaua fulfil Becali's dream“. UEFA (2006-yil 24-avgust).
  11. „Al Ain appoint Romanian Cosmin Olaroiu as coach“. The National (2011-yil 7-iyun).
  12. „Qatar: Al Sadd appoint Cosmin Olaroiu as Coach“. Goal.com (2009-yil 17-aprel).
  13. „Trio of coaches leave Middle East“. FIFA (2010-yil 23-dekabr). 2010-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „Al Ain coach Cosmin Olaroiu hails 'perfect' players after clinching UAE Pro-League title“. Goal.com (2012-yil 28-aprel).
  15. „Super Cup: Goalkeeper is hero for Al Ain after penalty drama“. The National (2012-yil 18-sentyabr).
  16. „Asamoah Gyan hat-trick wins Al Ain an 11th Etisalat Pro League title“. Gulf News (2013-yil 18-aprel).
  17. „Cosmin Olaroiu extends Al Ain contract“. gulfnews.com (2013-yil 9-iyun).
  18. „Cosmin Olaroiu confirmed as Al Ahli coach on three-year deal“. alahliclub.ae (official website) (2013-yil 6-iyul). 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-iyul.
  19. „Majed Nasser the penalty shootout hero for Al Ahli“. gulfnews.com (2013-yil 30-avgust).
  20. „Al Ahli clinch Arabian Gulf League title with win over Al Wasl“. The National (2014-yil 10-aprel).
  21. „Al Hammadi, Grafite and Olaroiu rewarded for Al Ahli's fine season“. Sport 360 (2014-yil 18-may).
  22. „Al Ahli's coach is paid higher than every single coach of Euro 2016 teams.“. Goal.com (2016-yil 15-iyun).
  23. „Olăroiu, salariu uriaş la arabi! Câştigă mai bine decât Simeone“ (ro). Fanatik (2017-yil 26-sentyabr).
  24. „Saudi Arabia opt for Olaroiu ahead of AFC Asian Cup“. The AFC (2014-yil 16-dekabr).
  25. „Jiangsu Suning FC 2–1 Tianjin Teda“. Sky Sports (2018-yil 1-aprel). Qaraldi: 2018-yil 2-aprel.
  26. „Teixeira shines as Jiangsu Suning edge Guangzhou Evergrande for first CSL title“. The AFC (2020-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  27. „كوزمين في الإمارات للمرة الثالثة عبر الشارقة“ (ar). Qaraldi: 2021-yil 10-noyabr.
  28. „Inspired Teixeira drags Jiangsu to first Chinese Super League title“ (en). France 24 (2020-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
  • Cosmin Olăroiu WorldFootball.net saytida
  • Cosmin Olăroiu at J.League (yaponcha)
  • Cosmin Olăroiu — K League stats at kleague.com (Koreyscha)