Kontent qismiga oʻtish

Cosmopolitan Club

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Cosmopolitan Club (shuningdek Cos Club[1]) — Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi jentelmenlar ijtimoiy klubi; Park Avenyudan sharqda, 122 East 66th Street'da joylashgan.

Tarixi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1909-yili tarbiyachilar uchun East 33rd Street koʻchasida joylashgan Gibson Building binosidan joy ijaraga olgan holda Cosmos Club tashkil etildi. Keyingi yili klub Womenʼs Cosmopolitan Club'ga aylantirildi, „The New York Times“ gazetasiga koʻra, klub „sanʼat, fan, taʼlim, adabiyot va xayriya ishlariga qiziquvchi yoki xayrixoh Nyu-York ayollari uchun“ tashkil etilgan edi[2]. Klub 1911-yil 22-martda[3] oʻsha vaqtlarda uning prezidenti sifatida ish olib borayotgan Helen Gilman Braun boshqaruvi davrida rasman roʻyxatdan oʻtkazildi. Taʼsischilar orasida Ebbi Oldrich Rokfeller, Edit Karpenter Meysi (Edith Carpenter Macy), Adel Herter (Adel Herter) va Nyu-Yorkning boshqa taniqli ayollari ham bor edi. Aʼzolik toʻlovi yiliga 20 dollarni tashkil qilgan.

Klubning dastlabki taniqli aʼzolari qatoriga yozuvchilar Uilla Keser va Ellen Glazgo, skripkachi Ketlin Parlou, haykaltarosh Anna Xayatt, raqqosa Andelina Jeni, filantroplar Greys Doj va Elizabet Kasterlar (general Jorj Armstrong Kasterning bevasi) kirishgan. 1913-yilda klub aʼzolari ilon raqqoslari va fors sheʼrlari oʻqish bilan "Fors bogʻidagi oqshom" bazmini tashkillashtirganlar. Ushbu tadbirning muvaffaqiyati klub aʼzolari sonining koʻpayishiga olib kelgan va u 1914-yilda kattaroq binoga koʻchib oʻtgan. Tez orada klub nomi Cosmopolitan Club deb qisqartirgan. 1917-yilga kelib, klub aʼzolari soni 600 kishiga ketgan, yana 400 kishi kutish roʻyxatida boʻlgan. Oʻsha yilning dekabr oyida klubda Pablo Pikassoning suratlari koʻrgazmasi ochilgan. Taklif qilingan mehmon notiqlar va maʼruzachilar orasida shoirlar Emi Louell, Veychel Lindsi va Zigfrid Sassun, oʻqituvchi Mariya Montessori va birinchi xonim Lou Genri Guverlar ham bor edi.

1932-yilda klub oʻzining hozirgi joyiga, 122 East 66th Streetʼda joylashgan oq marmarli va temir balkonli, oʻn qavatdan iborat boʻlgan gʻishtin binoga koʻchib oʻtdi. Bino meʼmori Tomas Ellet edi — u mazkur ishi uchun 1933-yilda Nyu-York Arxitektura Ligasining oltin medali bilan taqdirlangan. Ushbu binoda koʻplab musiqachilar, jumladan, Sergey Prokofyev, Nadiya Bulanje, Kaunt Baysi va Lotte Lenyalar chiqish qilishgan.

Cosmopolitan Club hali ham faoliyat olib boradi. Klubda maxsus dress-kod mavjud: uning aʼzolariga koʻk jinsi shim va krossovka kiyish taqiqlanadi[4].

Tarixiy galereya

  1. „Inside the Upper East Side Member’s Only Cosmopolitan Club“. 2021-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-dekabr.
  2. "Behind the Scenes with Author Shaw", The New York Times, April 7, 1910.
  3. "New Club for New York Women", The New York Times, March 22, 1911.
  4. "General Information, " Cosmopolitan Club website.